NIKOH SHARTNOMASI - oila mustahkamligi omilidir. Oila kodeksining 29-moddasiga binoan, nikoh shartnomasi-nikohlanuvchi SHaxslarning yoki Yer va xotinning nikohda bo‘lgan davrda yoxud Yer va xotin nikohdan ajralgan taqdirda, ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvdir. Oila huquqiy asoslarining uzviy bir qismi nikoh shartnomasi, nikohning rasmiy qayd etilishi, unda ishtirok etayotgan yigit va qizning SHaxsiy hamda mulkiy huquqlarini yuzaga keltiradi.
ODOBLILIK – Kundalik hayotdagi axloqiy qoidalariga rioya qilish – odob hisoblanadi. Odob axloqiy fazilatlar insonning kundalik faoliyatiga singib borayotganini ko‘rsatuvchi mezondir. Odob – jamiyat qabul qilgan axloq normalarini inson faoliyatida, xatti – harakatida, muomala va muloqotida namoyon bo‘lishidir. Muayyan odob doirasida bo‘lish, yaxshi nom qoldirishga intilish insoniyat paydo bo‘libdiki, mavjud. Insonning eng yaxshi fazilatlari nasl – nasabi, bilimi bilan emas, balki odobi bilan belgilanadi.
OILA – kishilik jamiyatining ijtimoiy poydevoridir. Unda jismonan sog‘lom, manan barkamol, axloqan pok va yuksak madaniyatli insonni voyaga etkaziladi. Oila hayotining asosiy maqsadi aholini qayta tiklash va bolalar tarbiyasidir.
OILADA FARZAND TARBIYASI – oila baxti, farzandlarning tarbiyali etuk inson bo‘lib etishidagi ota–onaning say harakati hisoblanadi.. Oiladagi farzand tarbiyasi uning kelajakda kim bo‘lib etishishida muhim o‘rin tutadi. Demak, bola oilada jamiyatning qiyofasini ko‘radi, bo‘lajak fuqaroning tabiati, dunyoqarashi va axloqiy qiyofasi oilada shakllanadi hamda shunga ko‘ra kamol topib boradi. Axloqiy tarbiyaning mohiyati kishini hayotga tayyorlashdan iborat.
OILANING MUSTAXKAMLIGI – oiladagi tinchlik, xotirjamlik, bir- biriga bo‘lgan samimiy munosabat hisoblanadi. U oila azolarining axloqiy tarbiyasiga ham bog‘liq. Xalqimizda bejiz “Sog‘lom turmush tarzi mustaxkam oilaning garovidir” deb aytilmagan. Sog‘lom turmush tarzi deganda biz nafaqat oiladagi Yer va xotinning bir – biriga bo‘lgan munosabati balki, ulardagi axloqiy fazilatlar, imonlilik, poklik, halollik, rostgo‘ylik, shirinso‘zlik, kabi axloqiy meyorlarga amal qilgan xolda urf – odatlarga asoslangan, zamonaviy oiladagi iqlimni tushunamiz. Bunday iqlimda tarbiya topgan bola manaviy va axloqan etuk inson bo‘lib shakillanadi.
OILA MADANIYATI – jamiyatning muhim ijtimoiy instituti bo‘lgan oilaning to‘laqonli va mukammal faoliyat yuritishi uchun uning azolari (er va xotin, ota-ona va farzandlar) o‘rtasida birgalikda hayot kechirish va zarur munosabatlar o‘rnatish ko‘nikmalarining majmuasi.
Oila madaniyati - Oilaning tarbiya muhiti sifatidagi xususiyati, uning o‘ziga hosligi va tamoyilan muhimligi, undagi munosabatlarning bevositaligi va mustahkamligini umumiy muhitning emotsionalligi b-n uyg‘unlikda ekanligi b-n shartlanadi. Faqat oilada farzandlar kattalardan malaka, bilimlarni o‘zlashtiradilar, kattalar esa o‘z hayotlarida bosib o‘tgan yo‘llarini farzandlari orqali qayta barpo etadilar. Oilaviy muhit o‘ziga xos, unikal bo‘lib, uning har bir azosi YAngi avlodda mustahkam va barqaror sog‘lom oilani barpo etishga masuldir.
OILA MANAVIYATI – oilaning to‘laqonli va barkamol rivojlanishi va faoliyat yuritishini belgilab beruvchi axloqiy, ruhiy, psixologik va g‘oyaviy omillarning birligi, oila azolari ichki dunyosining uyg‘un tarzda namoyon bo‘lishi.
Oila manaviyati - Jamiyatning asosiy ijtimoiy vazifalaridan biri bo‘lgan sog‘lom avlodni tarbiyalash, oilaning faoliyati b-n chambarchas bog‘liqdir. Jismonan sog‘lom, manan kuchli va aqlan etuk sog‘lom avlodni yaratish – oilaning eng asosiy ijtimoiy vazifalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |