Nazorat uchun savollar:
1.Muskul hujayralari yoki tolalari tarkibida qaysi ipchalar borligi bilan xarakterlanadi?
2. Silliq muskulning struktur elementi nima?
3. Ko`ndalang-targ`il muskul to`qimaning struktur birligi nima?
4. Yurak muskullar tolasi skelet muskul tolasidan farqi?
5. O`simtalari soniga qarab nevrotsitlar xillari?
6. Refleks yoyiga nima deyiladi?
6.Mavzu:.Ixtiyoriy harakat organlari. Skelit va muskullarning morfofunksional tuzilishi.
Reja
1.Ixtiyoriy harakat organlariga umumiy tavsif.
2.O’q suyaklarining bo’limlarga bo’linishi va anatomik tuzilishi.
3.O’q suyaklarining filo-ontogenezi.
4.Periferik skeletni bo‘linishi. Oldingi va keyingi oyoqlarning kamar va erkin harakat qiluvchi suyaklarini anatomik tuzilishi.
5. Oyoq suyaklarini filo-ontogenezi
Tayanch iboralar. Suyak, o‘q suyaklari, umurtqalar, ko‘krak qafasi, bel umurtqalari, uzun naysimon suyak, kalta naysimon suyak, uzun egik suyak. Oldingi oyoq suyaklari, kurak, elka, bilak tirsak, bilakuzuk, kaft, barmoq, falang, tos, son, boldir, tovon, tovon usti, stilopodiy, zeygopodiy, bazipodiy, metapodiy, akropodiy.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Dilmurodov N.B “Hayvonlar anatomiyasi” fanidan amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2014 y
1. Юдичев Ю. Ф. и др. «Анатомия домашних животных». Учебник. Омск. 2003г.
3. Victoria Aspinall, Melanie Cappello «Introduction to Veterinary anatomy and Physiology» textbook Edinburgh London New York Oxford philadelphia st louis sydney toronto 2015
1.Ixtiyoriy harakat organlariga umumiy tavsif
Suyaklarning organ sifatida tuzilishi. Skelet tizimi organizmda tayanch vazifani bajaradi. Skeletga muskullar birikadi. Skelet yumshoq to’qimalarni himoya qiladi. Skelet uch qismga bo’linadi:
-o’q skeleti – hayvon tanasining markaziy o’qi hisoblanadi va unga kalla suyagi, umurtqa pog’onasi, ko’krak qafasi kiradi.
- appendikulyar skelet- oldingi va keyingi oyoqlarning tanaga biriktiradigan kamar suyaklari;
- visseral skelet- bunga it va mushuklarning jinsiy a’zosi yumshoq to’qimasidagi suyak kiradi.
Skeletning har bir qismi ko’plab suyaklardan tashkil topgan bo’lib, ularning har biri muhim vazifani bajaradi.
Suyaklar do’ngliklardan, teshikchalardan iborat. Ularning har biri o’zining nomi va vazifasiga ega bo’lib, harakatlanishga yoki to’qimalarning normal holatda bo’lishini ta’minlaydi.
Suyaklar bir-biri bilan choklar yordamida birikadi. Choklar to’qimaning xiliga va harakatlanishiga qarab har xil bo’ladi ( tolali, tog’ayli).
Skelet tizimi bu hayvon tanasi joylashgan “ramka” hisoblanib, tayanch va himoyasini, hayvonning harakatlanishini ta’minlaydi.
Bo’g’imlar skeletning ajralmas qismidir. Skelet tizimi maxsus biriktiruvchi to’qimalardan, suyaklardan va tog’aylardan tuzilgan. Skelet tizimining vazifalariga:
Suyak - os passiv tayanch va harakat organi bo’lib, skelet tarkibida murakkab tuzilishga ega. Bunday tuzilish uning funksiyasi va rivojlanishi bilan bog’liqdir. Suyakning asosiy qismini plastinkasimon suyak to’qimasi tashkil etadi. Suyakning sirti biriktiruvchi to’qimadan hosil bo’lgan parda – suyak usti pardasi bilan qoplangan. Ichki naysimon bo’shlig’ida ilik bo’ladi. Suyakda qon tomirlari va nervlar ko’p.
Bajaradigan funksiyasiga qarab suyaklarning shakli har xil bo’ladi. Ular shakliga qarab: uzun – nay shaklidagi va egik, qisqa – simmetrik va asimmetrik hamda plastinkasimon suyaklarga bo’linadi.
Uzun – nay shaklidagi suyaklar - ossa longa asosan, oyoqlarning erkin bo’limlarida uchraydi. Ularning o’rtasi kovak bo’ladi, bu ularga yengillik hamda chidamlilik beradi. Uzun suyaklarning o’rta qismi – tanasi, ya’ni diafiz – diaphysis va bo’g’im uchlari, ya’ni epifizlar – epiphysis bo’ladi. Bo’g’im uchlari tanasiga qaraganda yo’g’onroq bo’ladi.
Uzun egik suyaklar (qovurg’alar - costa) ko’krak qafasini hosil qilib, himoya vazifasini bajaradi. Ko’krak qafasi ichida yurak va o’pka joylashgan. Nafas olingan va chiqarilgan vaqtda bu suyaklar ko’tarilib – tushib, ko’krak qafasining kengayib – torayish harakatlarini vujudga keltiradi.
Kalta suyaklar - os. brevia xilma – xil bo’lib, simmetrik va assimetrik holda joylashadi. Umurtqalar simmetrik, kaft usti va kaft oldi suyaklari esa asimmetrik suyaklarga kiradi. Bu suyaklar ikki yoki ko’p qator bo’lib joylashadi va har xil funksiya bajaradi, shu bilan birga amortizasiya rolini ham o’ynaydi. Kalta suyaklarning devori yupqa bo’lib, zich moddadan tuzilgan, uning ichki qismida ko’mik modda juda ko’p bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |