ATTESTATSIYA-11
1.Berilgan xususiyatlarni tana qismlariga juftlab ko'rsating :
a) hujayralari zich, tez ko'payadi b) hujayralararo moddasi ko'p bo'ladi c) ko'p yadroli d) ixtiyorsiz qisqaradi 1. endokard 2. miokard 3. ichak devori muskuli 4. axil payi 5. traxeya yarim aylana tog'aylari
6. nog'ora parda 7. fassiya 8. periost 9.limfa tomiri devori muskuli 10. kapillar 11. tikuvchi muskul 12. teri epidermisi
A)a-12 b- 1,4,5,7,8 c-11,2 d- 3,9,10
B) a-12,1 b- 3,4,7,8 c-11 d-2,3
C) a-1,10 b-4,5,6,7,8 c-2,11 d-2,3,9
D) a-12 b-4,5,6,8 c-11 d- 2,3,9
2. Kalta naysimon (1), kalta g'ovak (2), yassi (3), g'alvirsimon (4) suyaklar turiga mos suyaklarni juftlang: a) barmoq; b) kaft; c) umurtqa; d) kaftusti; e) ensa; f) ponasimon suyak; j) kurak; h) peshona
A) 1 - a, b; 2 - c, d; 3 - e, j; 4 - f, h
B) 1-c,d; 2-a, b; 3 - e, j; 4 - f, h
C) 1 - a, b; 2-c,d; 3- f, j; 4 - e, h
D) 1-b, d; 2-a,c; 3- e, j; 4 - f, h
3. Qovurg'a (1), o'mrov (2) suyaklari qaysi suyaklar turiga mansub?a) uzun naysimon; b) uzun g'ovak;
c) yassi; d) g'alvirsimon
A) 1-b, 2-a B) 1-b, 2-b C) 1-c, 2-d D) 1-c, 2-b.
4. Suyaklar kimyoviy tarkibida anorganik (1), organik (2) birikmalar, fosfat (3), kalsiy karbonat (4) tuzlari va tish emali tarkibida suv miqdori (5) taxminan necha foizni tashkil etadi?
a) 67%; b) 33%; c) 60%; d) 5,9% e) 12% f)10%
A) 1 - a, 2 - b, 3 - c, 4 – d, 5-f B)1-b, 2-a, 3-c, 4-d, 5-e
C) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c, 5-f D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c, 5-e
5.Sholi o’simligi 158 ta urug’ hosil qildi. Uning spermatozoididagi xromosomalar soni makkajo’xorinikidan 1 taga ko’p ekanligi ma’lum bo’lsa,urug’lanishda qatnashgan spermatozoidlardagi jami xromosomalar sonini aniqlang?
A)3476 B)6636 C)1738 D)6000
6.Blastomerlari 16 taga yetgan tulki embrionida jami xromasomalar soni 608 ta bo’lsa,tulki tana hujayrasida interfazaning G2 davrida hujayra yadrosida nechta xromatid bo’ladi?
A)38 B)76 C)19 D)152
7.Dengiz tulkisi qon aylanish tizimining qaysi qismlarida karbonat angidridga to’yingan qon uchraydi?
1-yurak bo’lmachasi; 2-yurak qorinchasi; 3-qorin aortasi; 4-yurak venasi; 5-orqa aortasi.
A)5 B)2,3,4 C)1,5 D)1,3,5
8.800 ta birlamchi spermatozoidlar meyoz va mitoz bo’lingandan so’ng hosil bo’lgan spermalarning 20 % i tuxum hujayrani urug’lantirishda qatnashdi. Urug’lanishda qatnshgan spermalar sonini aniqlang?
A)1280 B)3840 C)6400 D)2560
9.Arpa o’simligidan 400 ta urug’ olindi. Endospermidagi xromosoma soni 33 taga teng ekanligi ma’lum bo’lsa, urug’ hosil bo’lishida qatnashgan spermatozoidlardagi jami xromosoma sonini aniqlang?
A) 8000 B)8800 C)7600 D)4400
10.Bir turkumga mansub bo’lgan hayvonlarni belgilang.1-biy=falanga; 2-manta=dengiz tulkisi; 3-butli o’rgimchak=biy 4-delfin=kit akulasi; 5-falanga=chayon; 6-ilvirs=norka; 7-suvsar=sug’ur; 8-chivin =so’na.
A)4,1,7 B)6,3,2 C)1,8,3 D)5,2,6
11. Qaysi javobda yelka suyagiga xos xususiyatlar to’g’ri keltirilgan?
1) uzun naysimon suyak; 2) bo’g’im hosil qilib birikadi; 3) yuqori qismi kurak va to’sh suyagiga birikkan; 4) qo’lning erkin suyagi; 5) qo’lning kamar suyagi; 6) unga uzun muskullar birikadi; 7) unga keng muskullar birikadi.
A) 1, 2, 3, 7 B) 3, 5, 7 C) 1, 3, 4, 6 D) 2, 4, 6
12. Fotosintez jarayonida 180 gr glukoza sintezida hosil boʼlgan fosfat kislota va sarflanmay qolgan CO2 nisbati 2:1 boʼlsa, CO2 necha foizi sarflanmagan?
A) 60 B) 70 C) 80 D) 90
13. Agar bir kunda to’qima va organlar hayotiy jarayonlarning normal o’tishi va ish bajarish uchun 2660 kkal energiya sarflangan bo’lsa, oziq moddalarning parchalanishi natijasida hosil bo’lgan energiya (kkal) miqdorini toping?
A) 3990 B) 3000 C) 4000 D) 3500
14. Arxar uchun xos belgilarni tanlang:
1) qushlar sinfi vakili; 2) sutemizuvchilar sinfi vakili; 3) tanasi pat bilan qoplangan; 4) tanasi jun bilan qoplangan; 5) rivojlanishi metamarfozli; 6) yo’ldoshlilar kenja sinfiga mansub; 7) issiq qonli hayvon;
8) sovuq qonli hayvon;
A) 1,3,5,7 B) 4,6,7 C) 1,5,8 D) 2,5,7
15. Parmeliyaga xos xususiyatni belgilang:
1) tayoqchasimon bakteriya; 2) yopishqoq lishaynik; 3) bargsimon lishaynik; 4) tarkibida mezosoma bor; 5) tarkibida lixenin bor; 6) qobig’i murein moddasidan iborat; 7) tarkibida xitin moddasi bor;
A) 3,5,7 B) 3,4,6 C) 2,5,7 D) 1,4,6
16. Sebarga o’simligida aerob sharoitda 38 molekula ATF hosil bo’lgan bo’lsa, shu vaqtning o’zida yorug’lik ta’sirida sintezlangan ATF miqdorini aniqlang.
A) 2720 B) 1520 C) 45600 D) 1140
17. Hasva qandalasi (a) va to’shak qandalasining (b) qanoti tuzilishini belgilang
A) a-birinchi juft qanotining oldi qalin, keyingi qismi yupqa va shaffof; b- qanotlari bo’lmaydi;
B) a-ikkinchi juft qanoti qalin, uchki qismi yupqa va shaffof; b- birinchi juft qanotining uchki qismi qalin, asosi yupqa va shaffof;
C) a- qanotlari bo’lmaydi; b- birinchi juft qanotining keyingi qismi qalin, oldi yupqa va shaffof;
D) a- birinchi juft qanotining uchki qismi qalin,asosi yupqa va shaffof; b- birinchi juft qanotining ososi qalin,uchki qismi yupqa va shaffof
18. Qo’g’a osimligi uchun xos xususiyatlarni aniqlang:
1) mevasi qanotchali, suv yordamida tarqaladi; 2) mevasi shamol yordamida tarqaladi;
3) kserofit o’simlik; 4) hayotiy shakli o’t; 5) to’qaylarda tarqalgan; 6) namsevar o’simlik;
A) 1,4,5,6 B) 2,4,5,6 C) 1,3,6 D) 1,3
19. Odamlarda sut tishlarining umumiy soni qaysi doimiy tishlar yig‘indisiga teng keladi?
A) qoziq, kichik oziq, katta oziq
B) kurak, qoziq
C)katta oziq, kichik oziq
D) katta oziq, qoziq
20. Quyida berilgan o’simliklarni barglarining hili bo’yicha panjasimon (a), uch yaproqchali (b), toq patsimon (c), juft patsimon (d), ikki karra patsimon (e) bo’lganlarga ajrating.
1) soxta kashtan; 2) yeryong’oq; 3) mosh; 4) yong’oq; 5) na’matak; 6) shoyi akatsiya; 7) burchoq;
A) a-1;b-3;c-5;d-2;e-6 B) a-1;b-7;c-4;d-3;e-5
C) a-5;b-4;c-3;d-2;e-6 D) a-3;b-1;c-5;d-6;e-2
21. Qaysi qon guruhli odamlar qonida aglyutinogen B uchraydi (a) va uchramaydi (b)?
A) a-IV va III;b- II va I B) a-IV va II; b-I va III
C) a-II va III; b-I va IV D) a-IV va I; b-III va II
22. Odam bosh miyasidagi faqat chap yarimsharlar po‘stlog‘ining oliy nerv markazlarini ko‘rsating
1) hid bilish 2) siypalash 3) eshitish 4) gapirish 5) intonatsiya 6) hisoblash 7) mo‘ljal olish 8) o‘qish 9) geometrik shakllarni aniqlash 10) ko‘rish
A) 2, 4, 6, 7, 8 B) 4, 6, 8
C)1, 2, 3, 5, 7, 9, 10 D) 1, 2, 3, 4, 6, 8, 10
23. Qaysi javobda dengizda (a) va chuchuk suvda (b) tarqalgan qisqichbaqasimonlar keltirilgan?
1) daryo qisqichbaqasi; 2) siklop; 3) dafniya; 4) omar; 5) karakatitsa; 6) zahkash; 7) langust;
8) krevetka; 9) kalmar;
A) a-4,5,7,8; b-1,2,3,6 B) a-4,7,8; b-1,2,3
C) a-4,5,7,8,9; b-1,2,3 D) a-2,3,4,7,8,9; b-1
24. Vorsinkalarga xos bo’lmagan (a) va xos bo’lgan (b)ma’lumotlarni ajratib korsating.
1) oziq moddalarni ichak devorida hazm bo’lishini ta’minlaydi; 2) parchalangan oziq va yog’lar qon kapillyarlariga,karbon suvlar limfa kapillarlariga so’riladi; 3)devori bir qavat yassi epiteliydan iborat; 4) ichakning butun sathida 4 mingga yaqin vorsinka bo’ladi; 5)vorsinkalar funksiyalari A.I. Pavlov tomonidan o’rganilgan; 6)vorsinkalar ichak devorida bir tekis joylashgan.
A) a-2,3,4; b-1,5,6 B) a-4,5,6; b-1,2,3
C) a-3,5,6; b-1,2,4 D) a-2,3,4; b-1,6
25. Odamlarda o’pkalar tuzilishiga ko’ra qaysi guruh suyaklar bilan chegaralangan?
1) uzun g’ovak suyaklar; 2) kalta g’ovak; 3) uzun naysimon; 4) kalta naysimon; 5) yassi
A) 2,4 B) 1,3 C) 1,2 D) 3,4
26. Periferik nerv sistemasi kasalliklarini juftlab ko’rsating?
1-nevrit; 2-ganglionit; 3-poliomiyelit; 4-nevralgiya;
a)nerv tugunining yallig’lanishi b)sezuvchi nerv tolasining yallig’lanishi c)nerv markazlarining yallig’lanishi d)harakatlantiruvchi nerv tolasining yallig’lanishi
A)1-d,2-a,4-b B)1-b,2-a,4-d
C)1-d,2-c,3-a D)1-d,2-a,3-c
27.Hukmron bez funksiyasi markaziy nerv sistemasining qaysi qismidan ajralgan gormonlar orqali boshqarilishini belgilang?
A)thalamus-intermidin gormoni B)miya ko’prigi-paratgormon C)orqa miya –melatonin gormoni D)gipotalamus -neyrogormon
28.Baqa tomog’i pastga tortilganda havo o’pkaga nima orqali o’tadi?
A)faqat og’iz bo’shligi B)faqat burun teshigi
C) og’iz bo’shligi va burun teshigi
D) burun teshigi va o’rta quloq
29. Soni hujayraning funksional faolligiga bog’liq bo’ladigan organoidning spiral shakli quyidagilardan qaysi birida uchraydi?
A)odamning somatic hujayralarida
B)odamning barcha jinsiy hujayralarida
C)prokariotlarda
D)urugdonda hosil bo’luvchi hujayrada
30.Yog’da eruvchi vitaminlarni ko’rsating?
1-B1;2-E; 3-A; 4-PP; 5-D; 6-C; 7-K; 8-B6
A)1,2,3,4 B)2,4,6,8 C)3,5,2,7 D)8,5,3,2
jAVOBLARI
1 D
2 A
3 B
4 A
5 A
6 B
7 B
8 A
9 B
10 b
11 D
12 A
13 A
14 B
15 A
16 D
17 A
18 B
19 C
20 A
21 A
22 B
23 B
24 B
25 B
26 A
27 D
28 B
29 D
30 C
Do'stlaringiz bilan baham: |