O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet88/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Oxirgi miya - telencephalon o‘ng va chap miya yarim sharlari - hacmisfaerae dextra et sinistra dan iborat bo‘lib, ular uzun ariqcha - fissura longitudinalis cerebra orqali o‘rtasidan bo‘linib turadi. Miya yarim sharlari bir – biri bilan qadoqsimon tana - corpus colosum orqali birikadi. Har qaysi yarim sharning usti yopqich - pallium pastki yuzasi hidlov miyasidan iborat. YArim sharlarning ichki qismida miyaning yon qorinchalari bo‘ladi. Miya yopqichi - pallium ning yuqorigi, yon va ichki yuzalarida bir qancha pushta - gyri bo‘lib, ular bir – biridan kichik yoriqchalar - fissurae orqali ajralib turadi. Bu ariqchalarning ba’zilari doimiy saqlanib, maxsus nom olgan. Masalan, asosiy chegaralovchi ariqcha - sulcus basalis s.rhinalis miya asosining yon tomon yuzasida joylashib, miya qoplag‘ichi va hidlov miyasi chegrasida bo‘ladi. O‘rta chegaralovchi yoriqcha - s.fossura hippocampi yarim sharning o‘rta qismiyada joylashib, noksimon bo‘lakning orqadagi o‘rta chegarasini hosil qiladi.
Yarim sharlarning yuqori tomon yon qismidagi ariqchalar: yon tomon silviev ariqchasi - sulcus lateralis sylvii da miyaning o‘rta arteriyasi joylashadi. Tashqi tomon silviev ariqchasi - sulcus ectocylvius yuqoridagi ariqchaning orqa qismida yoy shaklida joylashadi. Ustki tomon silviev ariqchasi - sulcus supra sylvius ikki ariqchadan iborat bo‘lib, silviev ariqchasining old qismida joylashadi. Ektomarginal ariqcha sulcus ectomarginalis ikkita bo‘lib, hidlov miyasining yuqorigi chetidan o‘tadi. Bulardan tashqari, yana bir qancha mayda yoriqchalar ham uchraydi.
Hidlov miyasi - rhinencephalon miyaning tubida joylashib, bir necha qismga: hidlov piyozchasi, hidlov burmasi, hidlov uchburchagi, noksimon bo‘lak, ammon shoxi va dumsimon yadroga bo‘linadi.
Hidlov piyozchasi - bulbus alfactorius bosh miyaning eng old qismida joylashib, juft o‘simtadan iborat bo‘ladi. Uning yuqori va o‘rta qismi kularng, yon hamda pastki qismi oq modda bilan qoplangan. Hidlov piyozchasining pastki qismida juda ko‘p hidlov nerv tukchalari - fila olfactoria bo‘lib, ular bir juft hidlov nervi - n.olfactorius ni hosil qiladi. Hidlov piyozchasining ichki qismida qorinchasi - ventriculus bulbi olfactoria bor, uning ichki yuzasi tebranuvchi epiteliy bilan qoplangan, bu piyozchaning orqa qismidan umumiy hdlov yo‘li - tractus olfactorius communis boshlanib, u yon va o‘rta hidlov yo‘li - tractus olfactorius medialis et lateralis ga aylanadi. Bularning o‘rtasida hidlov uchburchagi - trigonum olfactorium bo‘ladi. Hidlov yo‘llari miyaning oq moddasidan tashkil topgan.
Noksimon bo‘lak - lobi piliformes s.lobi hippocampido‘nglik bo‘lib, katta miya oyoqchalarining yon qismida joylashadi. Noksimon bo‘lakning ichki qismida bo‘shliq bor. CHo‘chqa va itlarda bular tekis bo‘ladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish