O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet52/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Tana bo’shliqlari
Hayvon tanasi organizmdagi bo’shliq ko’rinishidagi alohida sohalarga bo’linadi. Ular ichki organlar va suyuqliklar bilan to’liq to’lgan bo’lishiga qaramasdan, juda kamgina qismi ochiq bo’shiliqdan iborat. Tana bo’shlig’ining barcha qismi zardob parda va endoteliy bilan qoplangan. Uzluksiz yaxlit epiteliy suyuq yoki zardob-moylovchi suyuqlik ishlab chiqarish xususiyatiga ega. Bu ichki muhit suyuqligidan oqsil tabiatli shilimshiqligi bilan farqlanib, himoya vazifasini bajaradi. Zardob suyuqligi bo’shliq yuzasi va organlar oralig’ini namlab turadi.
Tanada uchta: ko’krak, qorin, tos bo’shliqlari farq qilinadi.
Ko’krak bo’shlig’ining kirish qismi birinchi ko’krak umurtqasi, birinchi juft qovurg’alar va to’sh suyagi dastasidan tashkil topgan va chiqish yoki kaudal qismi diafragma bilan chegaralanadi. Ko’krak qafasi yuzasi hamda unda joylashgan organlarni qoplab turuvchi zardob parda plevra deb yuritiladi. Ko’krak bo’shlig’i ikkita plevral bo’shliqqa bo’lingan. Har bir bo’shliq bitta o’pka hamda plevral zardob suyuqligidan tashkil topgan. O’pkalar visseral plevra bilan o’ralgan bo’lib, u o’pka plevrasi deb yuritiladi. Ko’krak bo’shlig’i biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan vertikal to’sqich orqali o’ng va chap qismlarga bo’linadi va u oraliq deb yuritiladi. Oraliq plevral bo’shliqni ikkiga bo’lib turuvchi va pariyetal plevraning ikki qatlamidan hosil bo’lgan bo’shliq hisoblanadi. U yurakning perikardi, yurak, kekirdak, qizilo’ngach va yosh hayvonlarda ayrisimon bezni saqlaydi.
Perikard ko’krak bo’shlig’ining oraliq chegarasida bo’lib, unda yurak joylashadi. U ikki qavatli parda bo’lib, ikkala qavatning oralig’i zardob suyuqligi bilan to’lgan va bu suyuqlik namlab turuvchi material sifatida xizmat qiladi hamda yurakni erkin ishlashiga imkon yaratadi.
Ayrim kasalliklar jarayonida mazkur bo’shliqqa suyuqlik to’planib qolishi mumkin. Bunga misol tariqasida plevrit, ya’ni zardob pardaning yallig’lanishini keltirish mumkin. Buning natijasi nafas jarayonida muammo keltirib chiqaradi.
Nafas olish organlari organizm bilan tashqi muhit o’rtasida gazlar almashinuvini ta’minlaydi. Quruqda yashovchi hayvonlar havo kislorodi, suvda yashovchi hayvonlar esa suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Tirik organizmning kislorodga bo’lgan ehtiyoji juda katta. Masalan, itlar ovqatsiz uch hafta, suvsiz uch kungacha yashashi mumkin, ammo kislorodsiz uch minut yashay olmaydi.
Nafas olish organlari orqali gazlar almashinuvidan tashqari, ular yana bir qancha vazifalarni bajaradi: burun bo’shlig’i hid bilish, hiqildoq ovoz chiqarish, o’pka esa suv bug’latish uchun xizmat qiladi.
Qorin bo’shlig’i ko’krak bo’shlig’ining kaudal tomonida joylashib, kranial tomondan diafragma bilan, kaudal tomondan esa tos bo’shlig’i bilan chegaralangan. Umuman olganda, qorin bo’shlig’i bilan tos bo’shlig’i o’rtasida aniq chegara yo’q. Qorin bo’shlig’ining ichki yuzasi zardob parda bilan qoplangan bo’lib, u qorin pardasi deb yuritiladi. Ushbu yaxlit varaq qorin bo’shlig’ida yopiq bo’shliqni hosil qiladi. Qorin pardasi ikki qavatdan iborat bo’lib, tashqi pariyetal pardasi qorin bo’shlig’ini, ichki visseral bo’shlig’i esa ushbu bo’liqda joylashgan organlarni qoplab turadi. Qorin bo’shlig’i kam miqdorda namlab turuvchi zardob suyuqligini saqlaydi va qorin pardasi suyuqligi deb yuritiladi hamda organlarning erkin harakatini ta’minlaydi, organlarni qorin pardasiga yopishib qolishining oldini oladi. Qorin pardasining visseral qavati organlarni bir-biridan ajratib turish, qorin bo’shlig’ida ushlab turish, organlarga tomirlar va nervlarni o’tkazish vazifasini bajaradi. Bularning barchasi ichak tutqichi nomini olgan. Burma tutqichlari joylashuviga ko’ra turlicha nomlanadi. Masalan, o’n ikki barmoq ichak tutqichi mesoduodenum, tuxumdonni tutib turuvchi burma mesovarium deyiladi.
Qorin pardasining ayrim joylarida mayda tomirlar va yog’dan tashkil topgan charvi hosil qilib, u katta va kichik charvilarga bo’linadi. Katta charvi oshqozonning katta burmasidan, kichik charvi esa oshqozonning kichik burmasidan kelib chiqadi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish