O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet55/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Hiqildoq
Hiqildoq - larynx tog‘aylar qo‘shilishidan hosil bo‘lib, xoana teshigining pastki qismida joylashadi. Hiqildoq nafas yo‘lining boshlang‘ich qismidir, bu nafas olishdan tashqari, ovoz chiqarish yo‘li sifatida ham muhim rol o‘ynaydi. Hiqildoq beshta tog‘ay, bir qancha muskullar va ovoz payidan tuzilgan.
Hiqildoq tog‘aylari
Halqasimon tog‘ay - cartilago cricoidea hiqildoqning orqa qismida, kekirdakning birinchi halqasi bilan qo‘shilgan holda turadi, unda yoysimon tog‘ay, old tomonida bo‘g‘im chuqurchasi va ustida muskul o‘simtasi bo‘ladi.
Qalqonsimon tog‘ay – cartilago thyreoidea yaltiroq bo‘lib, hiqildoqning yon devorini hosil qiladi. Qalqonsimon tog‘ayning o‘rta tanasiga o‘ng va chap plastinkalar - lamina thyreoidea dextra et sinistra kelib qo‘shiladi. YUqori qismida oldingi va keyingi shoxchalar - cornu craniale et caudale bo‘lib, ular cho‘michsimon tog‘ay bilan va til osti suyagining katta shoxi bilan birlashadi. Qalqonsimon tog‘ay plastinkasining teshigi pay bilan to‘lgan, unda hiqildoqning oldingi nervi o‘tishi uchun teshik - foramen thyreoidea bo‘ladi.
CHo‘michsimon tog‘ay - cartilago arytaenoidea hiqildoqning ustki tomonida juft bo‘lib joylashgan. Uning tanasi - corpus va ilmoqsimon tog‘ay shoxchasi - cartilago corni bor. Tananing pastki qismida o‘simta - processus vocales bo‘lib, unga ovoz payi va muskuli birlashadi.
Hiqildoq usti tog‘ayi - cartilago epiglottidis qalqonsimon tog‘ayning old tomoni yuqorisida joylashib, shakli yaproqsimon old qismi uchliroq, elastik bo‘ladi. Bu tog‘ay harakatlanganda hiqildoqning teshigi ochilib – yopilib turadi.
YUqorida tog‘ay plastinkalarining hammasi bir – biri bilan va til osti suyagi bilan bo‘g‘imlar yordamida birlashib turadi. Qoramollarning qalqonsimon tog‘ayi to‘rtburchak bo‘lib, tanasi uzun, halqasimon tog‘ayining yoyi o‘tkir burchak hosil qiladi. CHo‘michsimon tog‘ayining tovush o‘simtasi yaxshi rivojlangan, hiqildoq usti tog‘ayi oval shaklda bo‘ladi. CHo‘chqalarning hiqildog‘i uzunroq, xalqasimon tog‘ayining yoyi anchagina qiyshiq, qalqonsimon tog‘ayi uzun, cho‘michsimon tog‘ayida muskul birlashishi uchun yaxshi rivojlangan tarog‘i bo‘ladi. Hiqildoq usti tog‘ayi keng va yumaloqdir. Bir tuyoqli hayvonlarda halqasimon tog‘ayning yoyi to‘g‘ri burchak hosil qiladi. Qalqonsimon tog‘ayning orqa tomonida chuqur kesik - incisura thyreoidea caudalis bor, tog‘ayning tanasi kalta va qalin, cho‘michsimon tog‘ayning tanasi katta, hiqildoq usti tog‘ayi uzun, yaproqsimon bo‘lib, undan o‘ng va chap tomonga ponasimon tog‘aylar - cartilago cuneilformis ketadi.
Hiqildoq bo‘shlig‘i - cavum larynx yuqorida ko‘rsatilgan beshta tog‘ay plastinkaning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Hiqildoq bo‘shlig‘ining ichki yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan bo‘lib, unda tebranuvchi silindrsimon va qadoqsimon epiteliy bor. Hiqildoqqa zardobsimon bezlar joylashgan. Undagi tovush pardalarining burmasi ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan.
Hiqildoqning boshlanish - aditus laryngis qismini pastdan hiqildoq tog‘ayi, yon tomondan qalqonsimon tog‘ay va ustki tomondan cho‘michsimon tog‘ay hosil qiladi. Bu tog‘aylarning ichki yuzasida shilimshiq pardadan burmalar hosil bo‘ladi. Hiqildoqning har ikkala yon devoridagi shilimshiq pardalar xaltasimon burma, tovush labi, ular orasida esa hiqildoqning yon xaltachasi - ventriculus laryngis lateralis ni hosil qiladi. Bu xaltachaning old tomonida xaltachasimon burma - plica ventricularis bo‘ladi. Tovush labida elastik to‘qimadan iborat tovush payi va tovush muskuli - lig. vocale et m. vocalis bo‘ladi. Tovush lablari orasida kichik yoriqcha - rima glottidis bor, uning ustki tomoni havo o‘tkazish, pastki tomoni esa tovush hosil qilish vazifasini bajaradi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda yon xaltacha bo‘lmaydi, tovush lablari tik joylashadi. CHo‘chqalarda tovush lablari qiyshiq, yon xaltachaning teshigi juda tor bo‘ladi. Bir tuyoqlilarda yon xaltacha yaxshi rivojlangan, tovush lablari qiyshiq, ya’ni oldinga, so‘ngra pastga tomon qaragan bo‘ladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish