NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1. Lipidlarga ta’rif va tavsif bering.
2. Lipidlarning asosiy manbalarini sanab o‘ting.
3. Lipidlarni qo‘llanishi xaqida ma’lumot bering.
4. Lipidlar klassifikatsiyasi.
5. Lipidlarning organizmdagi biologik funksiyalari nimadan iborat?
6. Lipidlarni ajratib olish usullari haqida gapirib bering.
7. O‘simlik tabiatli lipidlarni ajratib olish.
8. Mikrob lipidlarini olish texnologiyasining o‘ziga xos jihatlari.
9. Mikroorganizmlar – lipid produtsentlari sifatida.
10. Lipidlarni ajratib olish uchun ozuqa muhitlari.
11. Kultivatsiyalash usullari haqida ma’lumot bering.
14 – MA’RUZA KARBON KISLOTALARI. KARBON KISLOTALARI BIOTEXNOLOGIYASINING ASOSLARI
Ma’ruza rejasi 1. Karbon kislotalari. Karbon kislotalarini olinish texnologiyasi. 2. Karbon kislotalari biotexnologiyasi asoslari. 3. Karbon kislotalarini olinishini xususiy texnologiyasi. 3.1. Limon kislotasini olinish texnologiyasi.
3.2. Sirka kislotasining olinish texnologiyasi.
3.3. Sut kislotasini olinish texnologiyasi.
3.4. Propion kislotasini olinish texnologiyasi.
3.5. Glyukon kislotasini olinish texnologiyasi.
3.6. Fumar kislotasini olinish texnologiyasi.
Tayanch iboralar:Biotexnologiya, biologik faol moddalar, karbon kislotalari.
Karbon kislotalari tibbiyotda, oziq-ovqat, farmatsevtika, kimyoviy va to‘qimachilik sanoatida tayyor yoki kimyoviy hom ashyo sifatida qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda 50 dan ortiq karbon kislotalari mikrobiologik sintez asosida olinishi mumkin, ularning texnologiyalari batafsil ishlab chiqilgandir (limon kislotasi, sirka kislotasi, propion va glyukon kislotalari).
Sut va sirka kislotalari kimyoviy sintez orqali ham ishlab chiqariladi.
Limon va olma kislotalarini tabiiy o‘simlik xom ashyosidan ekstraksiyalash orqali olish mumkin.
Mikrobiologik sintez yo‘li bilan olingan karbon kislotalari kimyoviy sintez orqali olingan karbon kislotalaridan ko‘ra inson faoliyati uchun zararsizroq bo‘lib, ularning tarkibidagi qo‘shimchalar inson organizmi uchun zararsizdir.
Karbon kislotalari mikrob metabolizmi tizimida parchalanishi orqali energiya va uglerod manbai hisoblanadi31.
Limon, izolimon, ketoglutar, qaxrabo, fumar va olmakislotalari – ko‘pgina aerob mikroorganizmlarning uch karbon kislotalari siklining intermediatorlari hisoblanadi.
Glyukon, ketoglyukon va uzum kislotalari – ba’zi bakteriya va zamburug‘larning glyukoza oksidlanishini oraliq maxsulotlaridir (fosforlanishsiz).