Biotexnologik bosqich
- Ekish materialini olish
- Melassani achish uchun tayyorlash
Melassa eritmalarini limon kislotagacha achishi va mitselliyni ajratish
Texnik maxsulotni tozalash bosqichi
- Achigan eritmalardan texnik limon kislotasini ajratib olish
- Limon kislotasini konsentrlash
- kristallizatsiya
- quritish
1.18-jadval
Limon kislotasini ishlab chiqarilishini biotexnologik bosqichlari
1.19-jadval
Limon kislotasini ishlab chiqarilishini biotexnologik bosqichlari asosiy tavsifi
Bosqich parametrlari
|
Parametr ko‘rsatkichlari
|
Produtsentlar
|
Aspergillus niger
|
Ozuqa muhit komponentlari
|
Melassa, glyukoznыy sirop, gidrolizatы kraxmala, xlorid ammoniya, sulfat magniya, difosfat kaliya
|
Muhitdagi qandlar konsentratsiyasi
|
14–24 %
|
Azota konsentratsiyasi
|
0.2 %
|
Fosfatlar konsentratsiyasi
|
0.01–0.-2 %
|
Ozuqa muhiti rn
|
7,0-7,2
|
Kislota hosil bo‘lish jarayonidagi rn
|
1.7–2.0
|
Kultivatsiyalash xarorati
|
34-36 → 32-34 0S
|
aeratsii rejimi
|
15-30 m3\ch
|
Kultivatsiyalash davomiyligi
|
5-7 sutok
|
Muhitdagi limon kislotasi miqdori
|
5-12 %
|
Produtsentni o‘sishi va sintezi odatda muhit tarkibi bilan boshqariladi (qand, P, Mn, Fe, Zn). Ishqoriy muhitda jarayon щavel va glyukon kislotalarini hosil bo‘lish tomonga siljiydi. Ko‘pikni bosuvchilar sifatida yog‘ kislotalari miqdori ko‘p bo‘lgan tabiiy moylardan foydalaniladi. Bunda kulturaning aeratsiya darajasi muhim axamiyatga ega.
Limon kislotasini ishlab chiqarishda jarayonning bir necha variantlari qo‘llaniladi. YUza qatlamli suyuq fazadagi fermentatsiya jarayonida ozuqa muhiti kyuvetalarga 8 dan to 18 sm qalinlikda quyilib chiqiladi. Kyuvetalar achitish kameralaridagi avvaldan formalin parlari bilan sterillangan stellajlarga quyib chiqiladi32
Maxsus xavo uzatish uskunalaridan steril xavo oqimi orqali muxit yuzasi boshlang‘ich kultura bilan ekiladi. Quritilgan sporalar (konidiylar) kyuvetaning 1 m2 maydoniga 50–75 mg xisobida ekiladi.
Jarayon variantlari: almashadigan, almashmaydigan, almashmaydigan davriy oziqlantirib turiluvchi va plyonkali usullar.
Almashmaydigan usulda jarayon sporalar ekilgan vaqtdan to kislota hosil bo‘lgungacha bir muhitda amalaga oshiriladi
Plyonkali usulda 7 sutkadan so‘ng kislota hosil bo‘lish jarayoni tugagandan so‘ng achigan melassa eritmasi kyuvetalardan quyib olinadi, mitsella steril suv bilan yuviladi va kyuvetalarga yangi muhit quyiladi.
Quyib turish bilan amalga oshiriladigan almashmaydigan usul kislota hosil bo‘lish bosqichida zamburug‘li plyonka ostiga maydalangan melassa qo‘shimchasi qo‘shib turish bilan amalga oshiriladi (boshlang‘ich materialdan 30–35 %), ya’ni substrat bilan muhit davriy ravishda oziqlantirilib turadi. Bu o‘z navbatida boshqa usullarga nisbatan qandlarni 10–15% sarflanishini kamaytirgan xolda yuza birligidan limon kislotasini 15–20 % ko‘proq chiqishini ta’minlaydi. Fermentatsiya jarayonining birinchi bosqichda (birinchi 24–36 soatda) mitselliyning jadal o‘sishi kuzatiladi. Bu davrda muhit harorati 32–34°C darajada ushlab turiladi, aeratsiya intensivligi mitseliyniga 3–4m3havo oqimini tashkil etadi. Nisbatan jadal termogenez natijasida xaroratni 30–32° S ga pasaytiriladi. Kislota hosil bo‘lish jarayonini pasayishiga ko‘ra aeratsiya rejimi intensivligi pasayib boradi. Jarayon nazorati muhit ko‘rsatkichlarini kislotalik darajasi titrlanish orqali olib boriladi. Jarayon muhitda qandlar qoldiq konsentratsiyasi 1–2 % qolganda va titrlanayotgan kislotalik darajasi 12–20 % bo‘lganda to‘xtatiladi. Achigan eritma quyib olinadi va qayta ishlashga yo‘naltiradi; yuvib olingan mitselliy hayvonlar ozuqa sanoatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |