TEXNIK LIMON KISLOTASINI TOZALASH
So‘nggi mahsulot – tozalangan kristall xoldagi limon kislotasi fermentatsiyadan so‘nggi jarayonlarda olinadi.
Achigan eritma limon kislotasi, glyukon va shovul kislotasini aralashmasidan, achimagan qand va mineral aralashmalardan tashkil topgan bo‘ladi. Limon kislota miqdori umumiy kislota miqdoridan 80-98% ni tashkil etadi.
Eritmadan limon kislotasi kalsiy kationlari bilan bog‘lab olib kam eruvchi kalsiy sitratning tuzlari hosil qilish yo‘li bilan ajratib olinadi.
TEXNIK MAXSULOTNING TOZALASH BOSQICHLARI
Achigan eritma neytrallangandan so‘ng limon, glyukon va shovul kislotalarining kalsiy tuzlari hosil bo‘ladi:
2S6N8O7 + 3Sa(ON)2 = Sa3(C6H5O7)2↓+ 6N2O
2S6N12O7 + Sa(ON)2 = Sa(S6N11O7)2 + 2N2O
S2N2O4 + Sa(ON)2 = CaS2O4↓+ 2N2O
Limon va shovul kislotasining kalsiy tuzlari cho‘kmaga tushadi, glyukonat kalsiy va melassaning organik va mineral komponentlarning asosiy qismi eritmada qoladi.
CHo‘kma vakuum-filtrda ajratib olinib, yuvib quritiladi.
Limon kislotasini erkin xolatga o‘tkazish va oksalat kalsiydan ajratish uchun cho‘kma sulfat kislota bilan qayta ishlov beriladi.
Limon kislota eritmasi filtrlanadi, vakuum-parlatish orqali konsentrlanadi va harorat 8–10°S gacha asta pasaytirilib kristallanadi. Hosil bo‘lgan kristallar sentrifuga yordamida ajratib olinadi va 30–35°S da quritiladi.
Tayyor mahsulot 99.5% limon kislotasini tutadi (monogidrat hisobida), zollanish darajasi – 0.1–0.35 % dan oshmaydi.
Sirka kislotasini olinishi
Sirka kislotasi (SN3SOON) – oziq–ovqat, kimyoviy, mikrobiologik sanoatda va tibbiyotda keng qo‘llaniladi.
Spirt tutuvchi eritmalardan sirka kislotasini ajratib olish 10 ming yil avval ham ma’lum bo‘lgan.
Usha vaqtlarda qadimgi yunonlar va rimliklar sirkani tetiklashtiruvchi ichimlik sifatida qo‘llab kelishgan va vinoni ochiq xolatda qoldirib olishgan.
Katta masshtablarda sirka kislotasi uzoq vaqt davomida yassi bochkalarda olingan, bunda bakteriyalar plyonkasi yuzada qalqib yurgan33.
XIX asrda yuza qatlamli jarayonlar nisbatan samarali jarayonlarga almashtirildi. SHunday qilib, oqimli generator jarayonlari ishlab chiqildi. XX asr o‘rtalarida fermentatsiyaning chuqur qatlamli jarayonlari ishlab chiqildi.
Mukamallashtirilgan Frings generatori hozirgi vaqtda qo‘llanmoqda. Sirka kislotali achish jarayoni sirka kislotali bakteriyalarining havodagi kislorod yordamida alkogoldegidrogenaza ishtirokida etil spirtini sirka kislotaga oksidlashga asoslangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |