BFM ni olishning biotexnologik usullarini shartli ravshda uch kategoriyaga bo‘lishimiz mumkin: 1. Tabiiy xom ashyodan olinadigan (o‘simlik, hayvon, mikrorganizmlar) va ularning kimyoviy modifikatsiyalangan biotexnologik maxsulotlari
2 . Gen muxandisligi usullari bilan o‘zgartirilgan shtamlardan olingan ikkinchi avlod biotexnologik maxsulotlari, (inson insulini).
3. BFM ni hujayra retseptorlari bilan o‘zaro ta’sirlashuviga va prinsipial yangi preparatlarni yaratishga asoslangan uchunchi avlod biotexnologik maxsulotlari (ma’nosiz nuklein kislotalar). Ular bevosita genlarga ta’sir etib, ularni boshqaradi va shu bilan almashinuvni to‘g‘irlab turadi.
Biotexnologik maxsulotlarani ishlab chiqarishda jaxon bo‘yicha birinchi o‘rinni AQSH egallaydi, davlat har yili tibbiyot sohasidagi fundamental tadqiqotlarni qo‘llash uchun 3 mlrd. dollar ajratadi,shulardan 2,5 mlrd. dollari biotexnologik sohadagi tadqiqotlarga tegishlidir. Ikkinchi o‘rinni YAponiya, uchinchi o‘rinni Isroil egalliydi.
Davolash maqsadida olingan BFM larhaqida qisqacha tarixiy ma’lumot.
Ko‘pgina BFM birinchi bo‘lib tabiiy o‘simlik va hayvon xom ashyosidan maxsus qayta ishlash usulari bilan olingandir.
Qadigi davrda vrach Klavdiy Galen (131-201 yy.) bfm ni dori vositasi sifatida qo‘llab kelgan, hozirda ham bu vositalar keng qo‘llanib kelinmoqda. Ko‘pincha bunday preparatlar galen preparatlari dib atalib, ular o‘zida tirik organizmga turli ta’sir etuvchi kimyoviy moddalar kompleksini tutadi
Davolash maqsadida BFM qo‘llash va olishda Abu Ali ibn Sino (980-1037 yy.) ning xissasi kattadir. BFM olishda u nafaqat o‘simlik va hayvon xom ashyosini qo‘lladi balki mineral xom ashyolardan ham foydlandi (achchiq tosh).
BFM ni biotexnologik usul bilan nafaqat tabiiy hom ashyo o‘simlik va hayvon to‘qimalaridan balki tabbiy bo‘lmagan xom ashyolardan va kimyoviy sintez mahsulotlaridan ham olish mumkin.
Birinchi xoldao‘simlik va hayvon to‘qimalaridan foydalanish o‘rniga biosintez usuliga almashtiriladi (gen muxandisligi)
Masalan jen-shen ildizidan panaksozidlarni olishda:
− tabiiy sharoitlarda (yovvoyi xolda o‘sganda) o‘simlikni yig‘ib olish faqatgina o‘simlik vegetatsiyasining 60 yilida amalga oshiriladi;
− plantatsiyalarda o‘stirish sharoitida esa – 6 yilida amalga oshiriladi;
− o‘simlik to‘qimasi xujayra kulturalarini o‘stirish sharoitida esa, ishlab chiqarish rentabelligini ta’minlagan xolda 15-20 kunda panaksozidlarni etarli miqdorda olish mumkin, bunda
Ikkinchi xolda esa dori vositalarini substansiyasini tirik bo‘lmagan xom ashyodan yoki kimyoviy sintez orqali olish usullarini biotexnologiyaga raqobatli usullar sifatida qarab kelingan.
Sorbitni sorbozaga o‘tkazishda, yoki sitosterinni 17-ketoandrostanga aylantirishda, yoki fumar kislotasini asparagin kislotasiga o‘tkazishda va x.k. bu xollarda biotexnologiya dori vositalarini ishlab chiqarishning alohida etaplarida kimyoviy texnologiyalar bilan bemalol raqobatlasha oladi. Masalan, vitamina V12 ni sintezlashda boshlangich moddaning (5,6 dimetilbenzimidazola) so‘nggi maxsulotga – sianokobalaminga o‘zgarishini biotexnologiya barcha nozik kimyoviy reaksiyalar ketma ketligini ta’minlab bera oladi.
Barcha texnologik jarayon zanjirini sun’iy sharitdagi bioob’ekt ta’minlab beradi. Uning normal ishlpashi uchun qulay sharoitlarni ta’minlab berish zarurdir (ozuqa manbai, tashqi noqulay omillardan saqlashva muvofiq keluvchi uskunalar bilan ta’minlash).