NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1.1. Fermentlarga ta’rif bering va klassifikatsiyasini keltiring.
1.3. Biologiya va tibbiyotda fermentlarni qo‘llanish sohalarini sanab o‘ting.
2.Moddalar almashinuvi jarayonida fermentlarning roli.
3. Fermentlarni ta’sir mexanizmi xaqida gapiring.
4. Fermentlarni qo‘llashda chegaralanishlarni aytib bering.
5. Fermentlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonini bayon eting.
6. Tibbiyotda ferment preparatlarini qo‘llanishi.
21-MA’RUZA
BFM AJRATIB OLISHDA MIKROORGANIZMLAR SELEKTSIYASI.
Ma’ruza rejasi
1. Mikroorganizmlar. Ta’rifi. Mikroorganizmlarning klassifikatsiyasi va morfologiyasi.
1.1. Bakteriyalar.
1.2. Viruslar.
1.3. Zamburug‘lar.
1.4. Achitqilar.
2. Mikroorganizmlarni biotexnologiyada qo‘llanishi.
2.1. Sanoatda qo‘llaniladigan mikroorganizmlar.
2.2. Mikroorganizmlarni sanoatda kultivatsiyalashning o‘ziga xosliklari.
Tayanch iboralar: Biotexnologiya, biologik faol moddalar, mikroorganizmlar.
Mikroorganizmlar, (mikroblar) – bu mayda, ko‘pincha bir xujayrali tirik organizmlar bo‘lib, faqatgina mikroskop ostida ko‘rinadi.
Biroq mikroorganizmlar bir hujayrali, ko‘p xujayrali va xujayrasiz ham bo‘lishi mumkin.
Mikroorganizmlarning o‘lchamlari – mkm larda (1/1000 mm) va nanometrlarda – nm (1/1000 mkm) o‘lchanadi.
Mikroblar golland olimi A. Levenguk tomonidan XVII asr oxirlarida (1632-1723), 200 barobar kattalashtiruvchi mikroskop yaratilgandan so‘ng kashf etilgan46.
Mikroblarni o‘ziga xosliklari:
- tur xilma-xilligi;
- tuzilishi bilan farqlanishi;
- xususiyati bilan farqlanishi;
-turli muxit sharoitlarida yashash xususiyati.
Mikroblar quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
- bakteriyalar;
- viruslar;
- faglar;
- zamburug‘lar;
-chitqilar.
Bakteriyalarning alohida guruxlari ham farqlanadi - rikketsiyalar, mikoplazmalar, va alohida guruxni sodda tuzilishdigi protozoilar tashkil etadi.
Bakteriyalar – ko‘pincha bir xujayrali mikroorganizmlar bo‘lib, kattaligi mikrometrning o‘ndan bir qismini tashkil etadi. Masalan mikoplazmalar, bir necha mikrometrni tashkil etib, spiroxettalar esa 500 mkm ni tashkil etadi.
Bakteriya hujayrasi xujayra devoriga ega bo‘lib (qobiq), ko‘pincha shilliq bilan qoplangan bo‘ladi. Ayrim vaqtlarda shilliq moddasi kapsulani hosil qiladi.
Xujayra ichidagi sitoplazma bilan qobiqni xujayra membranasi ajratib turadi.
Sitoplazma shaffof oqsil massasi hosil qilib, kolloid holatda bo‘ladi.
Sitoplazmada ribosomalar, DNK molekulalarini tutgan yadro apparati, zaxira ozuka moddalarini tutugan (glikogen, yog‘ va b.q.) turli tuzilmalar mavjud.
Bakteriyalar
Bakteriyalar ikkiga bulinish yuli bilan ko‘payadi.
Bo‘linish tezligi juda yuqori bo‘lishi mumkin (xar 15-20 dakikada), bunda bakteriyalar soni tezda oshib boradi.
Bakteriyalarning tez kupayishi oziqa mahsulotlarida va ozuka moddalariga boy bo‘lgan boshka substratlarda kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |