Fermentlarni ajratish va tozalash – ko‘p mehnat sarflanadigan va qimmatli jarayonlardan biridir. SHuning uchun agar fermentni tozalanmagan holda qo‘llash imkoniyati bo‘lsa u holda ferment tozalanmaydi.
Masalan, pivo ishlab chiqarish sanoatida qo‘llanadigan fermentlar, mog‘or zamburug‘larining quritilgan biomassasini tashil etadi.
Oziq−ovqat sanoatining qo‘pgina sohalarida tozalangan va ballast moddalardan qisman yoki to‘liq tozalangan ferment preparatlari qo‘llaniladi.
Ferment preparatlarini olish uchun boshlag‘ich xom ashyo sifatida quyidagilar qo‘llaniladi:
- produtsent biomassasi;
- kultura suyuqligi filtrati;
- mikroorganizmlar kulturasi ekstrakti.
Tozalanmagan ferment preparatlarimikroorganizmlarni ozuqa muhit qoldiqlari bilan birgalikda yumshok sharoitda quritish orqali olinadi.
Bunday preparatlar yuza qatlam usulida o‘stirilgan produtsent kulturasidan ekstraktni bug‘latish yo‘li bilan olinadi yoki agarda mikroorganizmlarni chuqur qatlam usulida o‘stirilgan bo‘lsa kultural suyuqlik filtratidan olinadi.
Fermentlarning texnik preparatlari kukun shakligacha quritilgan maxsulotlarni yoki tarkibida 50% gacha quruq massani saqlagan suyuq konsentratlarni tashkil etadi.
Tozalanmagan ferment preparatlarini ishlab chiqarishning eskizli sxemasi
Hujayradan fermentlarni ajratib olish uchun dastlabki materialni subxujayra strukturalari bilan birgalikda maydalash zarur bo‘ladi.
Buning uchun maxsus tegirmonlar va gomogenizatorlardan, ultratovushlardan, biomassani almashinib muzlatish va eritish usullaridan foydalaniladi.
Hujayraning membrana strukturasidan fermentlarni ajratib olish uchun gemogenatga ma’lum miqdorda detergentlar qo‘shiladi yoki biomassa ma’lum fermentlar bilan ishlov beriladi bular – lizotsim, sellyulaza, letsitinaza.
Fermentlarni ajratib olishda asosiy e’tibor barcha operatsiyalarni o‘tkazishda oqsilni denaturatsiyaga uchratmasdan olinishiga qaratilishi kerak bo‘ladi (rn ning neytral ko‘rsatkichlari, himoyalovchi oqsil ko‘rinishidagi turg‘unlashtiruvchi qo‘shimchalar, tuzlar va h.k.).
Ajratib oligan ferment xususiyati va undagi ballast moddalarga karab tozalangan ferment preparatlarini olishda turli amallar va usullardan foydalaniladi (termik fraksiyalash, organik erituvchilar va tuzlar bilan cho‘ktirish, molekulyar elaklardagi tozalash, ion almashinuv xromatografiyasi, elektroforez va b.q.).
Do'stlaringiz bilan baham: |