O’quv materiallar mavzu: Ijtimoiy ishda etikani ahamiyati (4 soat) Reja



Download 361,64 Kb.
bet2/57
Sana03.02.2022
Hajmi361,64 Kb.
#427977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Ijtimoiy ishda etikani

Ijtimoiy ish kasbi ijtimoiy o ‘zgarishlarga insoniy munosabatlar muammolarini hal qilishga, shuningdek, odamlarning farovonligini oshirish uchun imkoniyatlarning taqsimlanishiga va
ozod bo‘lishiga ko ‘maklashadi. Insoniy xulq-atvor va ijtimoiy tizimlar haqidagi nazariyalardan foydalanib, ijtimoiy ish odamlarning atrofidagilar bilan o ‘zaro aloqadorlikka kirishgan joylarda yuzaga keladi.
Inson huquqlari va ijtimoiy adolat tamoyillari ijtimoiy ishning asosi hisoblanadi. Ijtimoiy ish xodimlari insonparvarlikka, halollikka xizmat qilish y o ‘li bilan inson qadr-qimmatini hurmat qilishga, ijtimoiy adolatni ta ’minlashga ko‘maklashishi kerak.
Fan sifatidagi ijtimoiy ishning predmeti alohida shaxs, muayyan ijtimoiy guruh yoki shaxs hayotiga bevosita aloqador bolgan ijtimoiy jarayonlar va ijtimoiy hodisalar, ularning psixologik-pedagogik,
iqtisodiy va boshqaruv omillari ta’sirida o‘zgarish tamoyillaridir. Ijtimoiy ish fanining predmeti, o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida uni boshqa fanlar predmetlari, avvalo sotsiologiya, psixologiya, kontliktologiya, ijtimoiy tarix predmetlari bilan qiyoslab so‘z yuritish mumkin.
Ijtimoiy ish ko‘proq amaliy xususiyatga ega. U faqat nazariyadan iborat emas, balki o‘z tarkibiga uzviy ravishda muayyan amaliy tajribaning ma’lumotlarini ham qamrab oladi. Hayot bilan, aholi turli guruhlari va qatlamlari hayotining muayyan shartsharoitlari bilan mustahkam aloqa ijtimoiy ish sohasidagi ilmiy
tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini oshirishdagi muhim shartdir.
Ijtimoiy ishning eng muhim tizim tashkil qiluvchi elementlaridan biri ijtimoiy ishdagi voqea va hodisalar mohiyati o'rtasidagi mustahkam, takrorlanib turuvchi obyektiv aloqadorlikni ilodalaydigan qonuniyatlardir. Ijtimoiy ish qonuniyatlarini nazariy asoslash va eksperimental jihatdan tasdiqlash hozirgi zamon olimlari va tadqiqotchilari oldida turgan asosiy vazifalardan biri.
Hozirgi kunda quyidagi qonuniyatlar to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin:
1) ijtimoiy ish jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarga odamlarning ehtiyojlari, muayyan vaziyat talablari asosida ta'sir o‘tkazish bo‘yicha faoliyat turi bo‘lib, u barcha odamlarning manfaatlariga, ulaming ma’naviy uksalishlariga va ijtimoiy munosabatlarning yangilanishiga, ijtimoiy salomatlikning saqlanishi va reabilitatsiya qilinishiga xizmat etadi;
2) individning shakllanishi ≪ijtimoiy dastur≫ bo‘yicha - shaxsning o‘z rivojida o‘zining faolligi hal qiluvchi rol o‘ynaydigan ijtimoiy muhit ta’sirida yuz beradi;
3) ijtimoiy xizmatlarning shakllanish va iste’mol qilish manbalari ijtimoiy determinatsiyalashga (lotincha determino - aniqlayman) xususiyatga ega, ya’ni ular jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lib uning taraqqiyotidagi tamoyillarni aks ettiradi.
Ijtimoiy ish subyektlari:
1) ijtimoiy yordam ko‘rsatayotgan ijtimoiy xizmatchilar, ijtimoiy pedagoglar;
2) boshqalami ijtimoiy ishga o‘rgatayotgan professor o‘qituvchilar tarkibi;
3) ijtimoiy ish rivojlanish holatini qayd etayotgan, to‘plangan materialni umumlashtirayotgan va tizimlashtirayotgan, uning rivojini bashoratlashtirayotgan tadqiqotchilar;
4) mamlakatdagi ijtimoiy siyosatni shakllantiradigan va amalga oshiradigan ma’muriy-boshqaruv xizmatchilari.
Jahon amaliyotidagi zamonaviy yondashish ijtimoiy ish ijtimoiy o'zgarishlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan faoliyat shakllaridan biri ekanini aniq-ravshan tushunishda. Shu nuqtayi nazardan ijtimoiy ish jamiyatdagi ijtimoiy kataklizmlarni va ziddiyatlarni qat’iy to‘xtatib turadigan vosita hisoblanadi va unga jamiyat va davlat qanchalik ko‘p mablag‘ ajratsa, u shunchalik samaraliroq bo‘ladi.
Ijtimoiy ish keng ma’noda ijtimoiy hodisa sifatida ijtimoiy yordamning o‘ziga xos modelidir. Uni jamiyat aniq bir tarixiy davrda ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanishining xususiyatlariga mos ravishda ruyobga chiqaradi. Tor ma’noda esa ijtimoiy ish ijtimoiy zaruriy faoliyat bo‘lib, odamlar, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy
va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengishda yordam berishga qaratilgan.
Ijtimoiy ish tushunchasi - butun dunyoda qabul qilingan ibora bo‘lib, u insonparvarlik munosabatini bildiradi. Ijtimoiy ish filantropiya, xayriya va boshqa faoliyatlardan shu bilan farqlanadiki, u nafaqat kundalik muammolarni yechishda yordam berishga, balki muhtoj kishilarga qiyinchiliklarni yengishni
o‘rgatadi.Ijtimoiy ishning tarkibiy qismlarini ketma-ketlikda qarab chiqishda tarixiylik, mantiqiylik, tizimlilik muhim ahamiyatga egadir. Ijtimoiy ishning subyektlar o‘z muhimligiga qaramasdan obyektlarning
ham hosilasi va yetakchisidir. Ijtimoiy ish obyektlari u yoki bu jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, hatto siyosiy sharoitlari ta’sirida shakllanadi. Subyektlari esa xuddi shu obyektiv sharoitlar ta’sirida yuzaga kelsalar-da, shu bilan birga siyosiy va boshqa ijtimoiy institutlar tomonidan, ustqurmaviy jihatdan shakllantiriladi.
Obyektlarning xususiyati shundan iboratki, obyektlar vujudga kelgan muammolardan kelib chiqib, hal etish kerak bo‘lgan masalalar darajasi bilan aniqlanadi. Subyektlar esa (ijtimoiy xizmatlar) ana shu asosda shakllanadi, tashkil topadi. Ijtimoiy ishning tarkibiy qismlari ≪obyektlar-subyektlar≫ nisbatida qarab chiqilishi
maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy ish subyektlari tavsifmi uning barcha jihatlarini liisobga olgan holda, xususan amaliy va ilmiy hamda o‘quv fani sifatida qarab chiqish lozim. Chunki ular ijtimoiy hayot fenomenining bir-biri bilan zich bog‘langan va bir-biri bilan aloqador faoliyat turlari hisoblanadi.
Obyektni subyektga, uning predmetli-amaliy faoliyatini bilish deb izohlash mumkin. U obyektiv voqelikka shunchaki o‘xshash emas, balki subyekt bilan o‘zaro aloqa va ta'sir qiluvchi qismdir.
Subyekt - predmetli-amaliy faoliyat va bilishning ifodalovchisi (individ, ijtimoiy guruh) bo‘lib obyektga qaratilgan faollik manbayidir.
Ijtimoiy ishda obyektlar va subyektlarni tushunishda 3 ta muhim bolgan jihatni ta'kidlash lozim: birinchidan, ularning o‘zaro farqlari; ikkinchidan, ularning organik o‘zaro aloqasi va ta’siri; uchinchidan, ularning joy almashish imkoniyatlari.
≪Obyekt≫ hamda ≪subyekt≫ tushunchalari o‘zaro bogliqlikda bo‘lishi mumkinligini hamda nazarda tutish kerak. Obyektlisubyektlimunosabatlar ijtimoiy ishni asosan amaliy faoliyat sifatida tavsiflaydi.
Ijtimoiy ishni fan sifatida o‘rganishimizda obyektli-predmetli munosabatlar bilan ish ko‘ramiz. Agar obyekt ijtimoiy ishning amaliy muayyan bir turi sifatida qabul qilinsa, predmeti esa shu obyektning (mijoz - individ. oila, jamoa, ijtimoiy guruh) tomonlarini tashkil etadi. Ta'bir joiz bo‘lsa buni ijtimoiy ish qonuniyatlari
deb ham hisoblashimiz mumkin.
Ijtimoiy ishni o‘quv fani sifatida (aniqrog‘i o‘quv jarayoni) tahlil qilinganda, tinglovchilar, talabalar obyekt, subyektlar esa -o‘qituvchilar tarbiyachilar hisoblanadi. Shu bilan birga bu yerda obyekt-subyekt munosabatlari haqida gap ketganda, ayniqsa (tinglovchilar) talabalar mustaqil ilmiy tadqiqot va boshqa faoliyati
(shu jumladan amaliy) jonli misol bo‘la oladi.
Ijtimoiy ishning obyekti keng ma’noda izohlanganda barcha odamlar hisoblanadi. Bu aholini barcha qatlamlari va guruhlarining hayotiy faoliyati ko‘p jihatdan jamiyat taraqqiyotining darajasi, ijtimoiy sohaning ahvoli, ijtimoiy siyosatning mazmuni, uni amalga oshirish imkoniyatlari bilan aniqlanadigan shart-sharoitlarga
bog‘liqdir. Umuman aholini ijtimoiy himoya instituti doirasida ijtimoiy ish obyekti va subyekti masalasi yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi. Bu esa ijtimoiy siyosatni yanada oydinlashtiradi. Chunki liar bir inson o‘z hayotining har qanday davrida o‘zning istak, ehtiyojlari, hatto qiziqishlarini tolaroq qondirilishiga intilishini ham nazarda tutish kerak. Shu bilan birga odam hayot faoliyatining har bir sohasida istak-ehtiyoj bir xil qondirilmasligi mumkin. Oddiyqilib aytganda har bir inson u yoki bu darajada jamiyat tomonidan qo‘llab-qo‘vvatlanishga, yordamga, himoyaga muhtojlikni anglatadi. Hatto boy odamning ham qattiq hayojonga soluvchi vaziyatlar
bilan bog'liq tashvishlari, tinchroq vaziyatda o‘z sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlashga muhtoj bo‘ladi. Ba’zan sog'lom odam o‘zining turli niyatlarini amalga oshirishga imkoniyati bo‘lmay, omadsiz, hatto qashshoq bo’lishi mumkin yoki har qanday oilada er-xotin yoki ota-ona bilan bolalar o‘rtasidagi munosabatlaming keskinlashishi kabi jarayonlarda ko‘rish mumkin. Aholi turli xil tabaqa, qatlamlarga mansub bo‘lib ularning
ba’zilari hayotning qiyin, murakkab vaziyatiga duch kelganda o‘zining ijtimoiy muammolarini hal etolmaydigan darajada bolishi mumkin. Ijtimoiy huquq1 aynan aholining ana shu guruhlari, qatlamlariga alohida e’tiborni qaratishni nazarda tutadi. Umuman tabaqalashtirilgan yondashuv, ya’ni ularni klassifikatsiyalash
(tasniflash) guruhlashtirish quyidagi shakllarda namovon etish mumkin:

Download 361,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish