1. Sog‘lig‘i tufayli hayotiy muammolarni mustaqil hal eta olmaydiganlar guruhi. Bularga nogironlar yoki imkoniyati cheklangan kishilar (katta yoshdagilar. bolalar), radiatsiya ta’siriga uchragan shaxslar, nogiron farzandlari bo‘lgan oilalar, psixologik tanglik, psixologik qattiq hayajonga tushib qolgan, o‘z joniga qasd
qilishga moyil katta-kichik yoshdagilar hatto bolalar.
2. Ekstremal - eng past yoki eng yuqori darajadagi ko‘rsatkichlar bilan xususiyatlanadigan sharoitga tushib qolgan odamlar guruhi Bu guruhga Ikkinchi Jahon urushi ishtirokchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, urush davrida front ortida ishlagan kishilar (ularning iqtisodiy ahvoli qarilik va sog‘ligining
yomonligi bilan chuqurlashadi), urush va tinchlik davrida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning bevalari, bolalari.
3. Keksalik nafaqa yoshiga etib ishdan ketganligi tufayli hayotning qiyin vaziyatiga tushib qolganlar - bular yolg‘izkishilar, nafaqadagilar, himoyaga muhtoj oilalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |