O’quv darslik


Nukleofil  (elektrondonator)



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet473/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   469   470   471   472   473   474   475   476   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

Nukleofil 
(elektrondonator) 
guruhlar 
elektrofil 
(elektronakseptor) bo‘lgan uglerod atomlariga ular bilan kovalent bog‘ 
hosil 
qilib 
elektron 
beradilar.


- 976 -
 
Jadval 2
.Sintetik sitotoksik vositalarni qo‘llashga asosiy ko‘rsatmalar 
Guruh 
Preparat 
Asosiyqo‘llanilishi 
I.
Alkillovchi vositalar 
va ularga o‘xshash 
preparatlar
1.Xloretilaminlar 
Siklofosfan 
Leykemiyalar(O‘LL,O‘ML,SLL), 
limfomalar, Xodjkin xastaligi, 
ko‘krakbezi, 
tuxumdon, 
bronxlarsaratoni 
2.Etileniminlar 
Tiofosfamid 
Peshob xaltasining saratoni 
3.Nitrozomochevina 
xosilalari 
Karmustin 
Lomutsin 
Bosh miya o‘smasi, mieloma, 
limfomalar 
Limfomalar, bosh miya o‘smasi 
4.Metan 
sulfonkislotasining 
xosilalari 
Mielosan 
Leykemiya (SML) 
5.Plastina birikmalari 
Sisplatin 
Karboplastin 
Moyak, 
peshobxaltasi, 
tuxumdonlar saratoni, bosh miya 
va bo‘yin sohasining o‘simtalari 
Moyak saratoni 
6.Triazinlar xosilasi 
Dakarbazin 
Melanoma,Xodjkinxastaligi 
II. 
Antimetabolitlar
1.Foliev kislotasining 
antagonistlari 
2. Purin antagonistlari 
3.Pirimidin 
antogonistlari 
Metotreksat 
Merkaptopurin 
Fludarabin 
Ftoruratsil 
Kapetsitabin 
Gemitsitabin 
Sitarabin 
Leykemiyalar(O‘LL, 
O‘ML) 
limfomalar, 
bosh 
va bo‘yin 
o‘smalari, ko‘krakbezi, bronxlar 
saratoni 
Leykemiyalar(O‘LL,O‘ML,SML) 
SLL, sochli hujayra leykoz 
Yo‘g‘on ichak, ko‘krak bezi, 
me’da saratoni; bosh va bo‘yin 
o‘smasi 
Ko‘krak bezi, yo‘g‘on ichak 
saratoni 
Ko‘krak bezi, peshob xaltasi, 
me’daosti bezi,prostata saratoni 
O‘tkir leykoz, limfosarkoma 


- 977 -
Izoh.
O‘LL-o‘tkir limfoblastik leykemiya; OML - o‘tkir mielogenleykemiya, 
SAL- surunkali limfotsitar leykemiya; SML-surunkali mielogen leykemiya 
Jigarda kimyoviy o‘zgarishlarga uchrashi tufayli undan faol metabolitlar 
(fosfomid va akrolein) hosil bo‘ladi va ana o‘shalar o‘smaga qarshi ta’sirni 
ta’minlaydilar. Preparat gemoblastozlar (shu jumladan o‘tkir limfoleykozda) 
mo‘l-ko‘l mielomada ozmi-ko‘pmi davom etgan remissiyaga olib keladi. 
Bundan tashqari uni moyak, ko‘krak bezi va o‘pkaning mayda xujayrali 
saratonlarida qo‘llashadi. Dopan va xlorbutin ichiladi, siklofosfin va sarkolizinni 
parenteral va enteral qo‘llanadi. Ushbu guruhga halqum saratonida faol bo‘lgan 
prospidin ham kiritilishi mumkin. Preparat dispepsik va nevrologik o‘zgarishlar 
rivojlantiradi, lekin qon hosil bo‘lishini nisbatan kamroq susaytiradi. Etilen imin 
salmoqli miqdor preparatlar bilan namoyon etilgan (tiofosfamid, dipin, 
bemzotef, imifos va boshqalar). Ushbu preparatlar sintezi yuqorida qayd etilgan 
xloretilaminlarni etilenammoniyga aylanishiga asoslangan. 
Tibbiyot amaliyotida etileniminlardan eng ko‘p qo‘llaniladigani 
tiofosfomid (tiotel) dir. Uni haqiqiy o‘smalar (tuxumdonlar, ko‘krak bezi 
saratoni) 
va 
gemoblastozlarda 
(surunkali 
leykoz, 
limfogranulomatoz, 
limfosarkomatoz va retikulosarkomatoz) qo‘llashadi. Boshqa etileniminlar ham 
aynan shunday o‘smalarga qarshi xossalarga egadirlar. Ularni tiofosfamidni 
faolligi yetishmaganda yoki uni ko‘tara olmagan holatlarda qo‘llashadi. Ularni 
parenteral-tomirga, mushakka kiritishadi. 
Metan 
sulfotkislotasining 
hosilasi 
bo‘lmish mielosan surunkali 
mieloleykozlarda qo‘llaniladi. U ichiladi. Mielosanga o‘xshash ko‘rsatmalar 
bo‘yicha mielobromol (mitobronitol, dibrommannit) preparati ham qo‘llanadi. 
Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha u mielosandan jiddiy farq qiladi. Mielosanga 
chidamlilik rivojlangan holatda ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Nitrozomochevina xosilalariga karmustin va lomustin mansub. Ular bosh 
miya o‘smalarida, Xodjkin xastaligi va boshqa limfomalarda samaradordir. 
Nitrozomochevina hosilalarni qo‘llaganda ko‘ngil aynishi, qayt qilish, flebitlar, 


- 978 -
qon xosil bo‘lishini susayishi kabi noxush ta’surotlar rivojlanadi. Gemopoezni 
buzilishi preparatlarni ayniqsa, davomli qo‘llaganda kuzatiladi . 
Fotemustin (myustoforan) ham nitrozomochevina xosilalariga mansubdir. 
Xavfli melonomalar va bosh miyani birlamchi o‘smalarini davolashda 
qo‘llaniladi. 
Triazinlar va gidrazinlar guruxlaridan ham sitotoksik vositalar topilgan. 
Masalan, dakarbazin, prokarbazin (natulan) va boshqalar. Dakarbazin, ayniqsa, 
melanomada samarador. 
Platina birikmalari ham alkillovchi vositalarga mansubdir. Ana shunday 
preparatlardan biri sisplatin (platinal)dir. U faqat sis-konfiguratsiya holatidagina 
faoldir. 
Ushbu guruh birikmalarining o‘smalarga qarshi ta’sir mexanizmini ularni 
hujayra ichiga kirgach DNK bilan ko‘ndalang bog‘lanishlar hosil qilishi tufayli 
nuklein kislotalar faoliyatini buzilishi bilan tushuntiriladi. Sisplatinni tomirga 
kiritiladi (ichilganda ular samarasiz). Uning ko‘p qismi qon zardobi oqsillari 
bilan bog‘lanadi, gematoensefalitik to‘siqlardan preparat yomon o‘tadi qisman 
buyrak orqali ajraladi. Uni asosan boshqa blastomalarga qarshi preparatlar bilan 
o‘pkani mayda hujayrasiz saratonida, tuxumni xavfli o‘smasida, tuxumdonlar, 
peshob xaltasi saratonlarida, bosh, bo‘yinning yassi hujayrali saratonida 
endometriy saratonida, hamda limfomalarda qo‘llaniladi. Preparat kuchli 
ta’sirga ega. Buyrak naychalarini jarohatlaydi, eshitishni susaytirishi mumkin, 
ko‘ngil aynash, qayt qilish, leykemiya, trombotsitopeniya, asab va yurak qon 
tomir sistemalarida buzilishlariga olib keladi, allergik reaksiyalar bo‘lishi 
mumkin. Bu guruhga zaharliligi kamroq bo‘lgan karboplastin va platinaning 
boshqa qator preparatlarni, shu jumladan, kolorektal saratonining kambinatsiyali 
terapiyasida qo‘llanuvchi oksaliplatin ham mansubdir. 
Alkillovchi vositalarni qo‘llanishi ular ta’sirida rivojlanadigan qon hosil 
bo‘lishini keskin susayishi cheklaydi. Leykopeniya, trombotsitopeniya hamda 
anemiya rivojlanadi. Ana shu o‘zgarishlarning darajasiga qarab preparatlarni 


- 979 -
dozasini kamaytirish yoki ularni qo‘llanishini to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. 
Keyingi yillarda qon hosil bo‘lishini rag‘batlantirish maqsadida sitokinlarni 
granulotsitar – makrofagal va granulotsitar, kolonerag‘batlantiruvchi omillar 
(filgrastim, molgromostim), hamda qator interleykinlar va eritropoetin 
qo‘llanmoqda. 
O‘smalarga qarshi faollikka ega bo‘lgan metabolitlar va antimetabolitlar 
qatorining kimyoviy -tuzilishi: 
Immunitetni susayib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan infeksiyalarni oldini 
olish maqsadida antibiotiklar qo‘llanadi. Xuddi shunday tadbirni boshqa 
blastomalarga qarshi vositalarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarda ham 
qo‘llanadi.Preparatlarni tomirga kiritganda ba’zan ularni mahalliy ta’sirlovchi 
xususiyati tufayli tromboflebitlar rivolanishi mumkin. Ko‘pgina blastomalarga 
qarshi vositalarni qo‘llash ko‘pincha ko‘ngil aynish, ba’zan qayt qilish bilan 
kechadi. Kamroq diareya kuzatiladi. Ushbu holatlardan qayt qilishga qarshi 
vosita sifatida serotonin 5-NT
3
- retseptorlarning antogonistlari (ondonsetron, 
tropisetron) hamda dofamin D
2
- retseptorlarining blokatorlari (metorlopramid, 
etaperazin va boshqalar) ni qo‘llashadi. Amenoreya

jinsiy ojizlik rivojlanishi 
mumkin. Qator bemorlarda soch to‘kilishi kuzatiladi. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   469   470   471   472   473   474   475   476   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish