Xloretilaminlar
– embixin, sarkolizin, dopan, xlorbutin, siklofosfan,
ifosfamid, prospidin
2.
Etileniminlar
-tiofosfamid
- 971 -
3.
Metansulfonkislotahosilasi
- mielosan
4.
Nitrozomochevina
hosilalari
–
nitrozometilmochevina,
lamustin,
karmustin, nimustin
Bazi alkillovchi vositalarning kimyoviy tuzilishi
6
5.
Triazinlar
va
metilgidrazinlar
–dakarbazin, prokarbazin, temozolamid.
6.
Platinabirikmalari
– sisplatin, karboplatin, oksaliplatin
II. Antimetabolitlar
1.
Foliy kislota antagonistlari
– metotreksat, pemetreksid
2.
Purin antagonistlari
- merkaptopurin, kladribin, fludarabin
embixin
Dopan
sarkolizin
siklofosfan
xlorbutin
tiofosfamid
miyelosa
n
nitrozometilmochevin
a
tsisplati
n
karmustin
- 972 -
3.
Pirimidinning antagonistlari
- ftoruratsil, ftorafur, sitorabin, kapetsitabin,
gemsitabin.
III. Antibiotiklar
1.
Aktinomitsinlar
- doktinomitsin
2.
Antratsiklinlar
- rubomitsin, doksorubitsin, epirubitsin
3.
Fleomitsinlar
- bleomitsin, bleomitsitin
4.
Har xil kimyoviy tuzilishli
- bruneomitsin, mitomitsin
IV. O‘simliklardan tayyorlangan preparatlar
1.
Pushti barvinka alkoloidlari- vinblastin, vinkristin, vinorelbin
2.
Tis daraxti alkoloidlari (taksanlar) - paklitaksel (taksol), taksoter
3.
Qalqonsimon podofillardan ajratilgan podofillatoksinlari- etopozidlar,
tenipozid
4.
Topoizomeraza ingibitorlari – irinotekan
5.
Bezvreminnik velikolepnыy alkaloidlari – kolxamin
V. Ferment preparatlari – L - asparaginaza
VI. Gormonlar va ularning antogonistlari
1.
Androgenlar-testosteronepropianit, medrotestosteronpropionat, tetrasteron
2.
Esterogenlar- dietilstilbestral, fosfoesterol, etinilestradiol
3. Gestagenlar – oksiprogesteronkapranat, medroksiprogesteronatsetat
4. Estrogenlarning antagonistlari (antiestrogenlar)-tamoksifen, toremifen,
fulvestrant.
5. Androgenlarning antagonistlari (antiandrogenlar) – flutamid, androkur
6. Ganodotrop gormonlarni ajralishini kuchaytiruvchi gipotalamus gormonining
agonistlari -goserelin, leyprorelin
7. Aromataza ingibitorlari - aminoglyutetimid, letrozol
8. Glyukokortikoidlar – prednizolon, deksametazon
VII. Sitokinlar
1.
Interferonlar– va βinterferonlar
2.
Interleykinlar - aldesleykin
- 973 -
VIII. Monoklonal antitelolar - trastuzumab (gerseptin), rutuksimab (mabtera),
bevatsizumab (avastin)
IX. Tirozinkinaza ingibitorlari - imatinib (glivek), gifetinib (iressa), erlotinib
(tarseva)
Shunday qilib o‘smalarga qarshi faollikka ega bo‘lgan preparatlarni soni
juda katta. Klinitsistning vazifasi bemorga aynan unga eng mos ta’sir qiladigan
preparatni tanlab va kerakli bo‘lgan davolash kursini aniqlashdan iborat.
Ko‘pgina blastomalarga qarshi vositalar ularni qo‘llanishini cheklovchi qator
nohush ta’sirotlarni yuzaga keltiradi. Qandaydir darajada ushbu asoratlarni
bartaraf etish yoki ularni oldini olish maqsadida o‘sma xastaliklarini davolashda
yordamchi vositalarni katta kompleksi qo‘llanadi. Ularga quyidagi guruhlar
mansub.
I.
Qon
hosil
bo‘lishini
rag‘batlantiruvchi
vositalar–koloniyalarni
rag‘batlantiruvchi omillar
1.
Leykopoezni rag‘batlantiruvchilar
- molgramostim, filgrastim
2.
Eritropoezni rag‘batlantiruvchilar
- eritropoetin
II.
Qayt qilishga qarshi vositalar – ondansetron, tropisetron, metoklopramid
III.
Organizm immune himoyasini kuchaytiruvchi vositalar– interferonlar,
interleykinlar, timuspreparatlari, levamizol
IV.
Xavfli neyroendokrin o‘smalarda karsinoid sindromini belgilarini
susaytiruvchi vositalar - oktreotid
V.
Suyaklarda o‘sma metastazlarining osteoporozri vojlantirishga qarshilik
qiluvchi vositalar- bisfosfanatlar (pamidronat, klodronat, zoledronat
I
va
boshqalar)
Bulardan tashqari kardioprotektaz, sitoprotektor vositalar hamda peshob ajratish
yo‘llarining o‘smalariga qarshi preparatlar (va uning metabolitlari)ning zararli
ta’siridan himoyalovchi moddalar qo‘llaniladi.
ALKILLOVCHI VOSITALAR VA ULARGA O‘XSHASH PREPARATLAR
- 974 -
Alkillovchi vositalarga har xil kimyoviy guruh birikmalardan iborat
preparatlar mansub (tasnif va tuzilishiga qarang).
Alkillovchi vositalarni hujayra tuzilmalari bilan o‘zaro ta’sir mexanizmi haqida
quyidagicha nuqtai nazar -mavjud.
Xloretilaminlar (a) misolida eritmalar va biologik suyuqliklarda ulardan xlor
ionlari ajralishi ko‘rsatilgan. Bunda elektrofil bo‘lgan karbonil ion hosil bo‘ladi
vauetilimoniyga (b) aylanadi. Ushbu birikma ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarga
ko‘ra DNKning nukleofil tuzilmalari
I
(guanin, fosfat, aminosulfgidril guruh va
boshqalar) bilan bog‘lanuvchi funksional faol karbonilion (g) ni hosil qiladi.
Shunday qilib substratni alkillanishi kuzatiladi (shundan ularni atalishi kelib
chiqadi). Ehtimol shunga o‘xshash prinsip asosida ushbu guruhning boshqa
vakillari ham ta’sir ko‘rsatsa kerak.
Alkillovchi moddalarni DNK bilan bog‘lanishi, shu jumladan, DNK
molekulasini ko‘ndalang bog‘lanishi uni turg‘unligini, qovushqoqligini va
keyinchalik butunligini buzadi. Bularni hammasi hujayralarni yashashini keskin
susaytiradi. Ularni bo‘linishiga bo‘lgan xossalari keskin kamayadi, ko‘gina
hujayralar halok bo‘ladilar. Alkillovchi vositalar hujayralarga interfazada ta’sir
ko‘rsatadilar. Ularni sitotoksik ta’siri ayniqsa tez ko‘payuvchi (proliferatsiyasi
yuqori) hujayralarga qaratilgandir.
Xloretilaminlarni sinteziga turtki bo‘lgan holat bu iprit (d)ni kuchli darajada
leykopeniya chaqirish xossasidir. Tibbiyot amaliyoti uchun azotli ipritning(e)
zaharliligi kamroq bo‘lgan bis-(2-xloretil) aminlardan iborat bo‘lgan, qisqaroq
xloretilaminlar deb ataluvchi xosilalari olingan. Xloretilaminlar R(e) ning
qiymati, ya’ni radikal bilan farqlanadi.
- 975 -
SHunday preparatlarning birinchisi embixin (mustin; mustargen; R=CH
3
)
bo‘lgan, keyinchalik xloretilamin guruhlari biogen moddalar bilan bog‘langan
preparatlar sintezlangan. Jumladan dopan R sifatida 4-metiluratsilni, sarkolizin-
fenilalanin aminokislotasi qoldig‘ini tutgan. Ushbu holatda biogen moddalar
zaxarli bo‘lgan xloretilamin guruhlarini tashuvchisi sifatida qaraladi. Ana
shunday yo‘l bilan alkillovchi vositalarni o‘smalarga qarshi tanlab ta’sir
ko‘rsatish xossasini oshirish mumkinligi taxmin qilinadi. Xloretilaminlar asosan
gemoblastozlarda (surunkali leykemiya, limfogranulematoz (Xodjkin xastaligi)
da limfo-va retikulosarkomalarda qo‘llanadi.Mielom xastaligi limfo- va
retikulosarkomalarda sarkolizin faol ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina haqiqiy
o‘smalarda (seminoma, YUingni suyak o‘smasida) samarador. Urug‘don
(moyak) seminomasida hattoki metastazlar bo‘lgan hollarda ham ijobiy natija
beradi.
Siklofosfan samarador preparatlardandir. Bu xloretilaminlar guruhidan
tez-tez qo‘llanadigan preparatdir. Siklofosfanning o‘zi sitotoksik ta’sir
ko‘rsatmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |