ANTIMETABOLITLAR
Metotreksat-foliy kislota
Merkaptopurin
purin
adeni
n
guanin
ftoruratsil
uratsil
timin
- 980 -
Ushbu guruh preparatlari tioniy metabolitlarning antogonistlaridir.
O‘simtali xastaliklardan asosan quyidagi moddalar (tuzilishiga qarang) ni
qo‘llashadi.
Foliev kislotasining antogonistlari
Metotreksat (ametopterin)
Pemetriksit (alimta)
Purinningantogonistlari
Merkaptopirin (leupirin, purinetol)
Fludarabinfosfat (fludara)
Pirimidinningantogonistlari
Ftoruratsil (fluorouratsil)
Ftorafur (tegafur)
Sitarabin (sitozar)
Kapetsitabin (kseloda)
Gemsitabin (gemzar)
Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha antimetabolitlar tabiiy metabolitlarga
o‘xshash, ammo bir xil emas. Shu sababli ular nuklein kislotalarni sintezini
buzadilar. Bu o‘sma hujayralarini bo‘linish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatib
ularni halok bo‘lishiga olib keladi. Antimetabolitlar nuklein kislotalarni turlicha
bosqichlariga ta’sir ko‘rsatadilar. Jumladan, metotreksatning blastomalarga
qarshi ta’sir mexanizmi, aftidan digidrofolatreduktaza hamda timidilsintetaza
faolligini susaytirishdan iborat bo‘lsa kerak. Bu purin va pirimidinlarni hosil
bo‘lishini buzadi. Buning natijasida DNK sintezi susayadi. Merkaptopurin,
aftidan purinlarni polinukleotidlarga kirishiga to‘sqinlik qilsa kerak. Ftoruratsil
nukleoidlar yoki timidinni sintezini va ularni DNKmolekulasiga kirishini buzadi
deb hisoblashadi. O‘sma hujayralarida ftoruratsil 5-ftor-2-dezoksiuridin-5-
monofosfatga aylanadi, u esa timidilsintetaza fermentining ingibitori ekanligi
haqida ma’lumotlar mavjud.
- 981 -
Foleviy kislotasining antogonisti metotreksant va purinning antogonisti
merkaptopurinni asosan o‘tkir leykozlarda qo‘llashadi. Qayd etilgan xastalikni
davolashda metotreksat asosan bolalarda, morgantopurin esa kattalarda
samarador.
Bundan
tashqari
merkaptopurin
va
ayniqsa
metatreksat
bachadonning xorion epiteliomasida yaxshi natijalar bilan qo‘llanilyapti.
Ko‘pgina haqiqiy o‘smalarni, masalan, ko‘krak bezi saratonini kombinirlangan
ximioterapiyada ham qo‘llashadi. (2-jadvalgaqarang)
O‘tkir leykozlarni davolashda umumiy holat va gemotologik
o‘zgarishlarni yaxshilanishi asta-sekin ro‘y beradi. Remissiyada vomliligi bir
necha oylar bilan hisoblanadi. Preparatlar odatda ichiladi. Metateksatni
parenteral kiritish uchun ham chiqarishadi. Metotreksat asosan o‘zgarmagan
holda buyrak orqali ajraladi. Preparatning bir qismi organizmda juda uzoq vaqt
(oylab) ushlanib qoladi. Merkaptopurin jigarda kimyoviy o‘zgarishlarga
uchraydi va peshobda uning metabolitlari aniqlanadi. Preparatlarni salbiy
ta’sirlari qon hosil bo‘lishini susayishi, ko‘ngil aynishi va qayt qilishda
namoyon bo‘ladi. Qator bemorlarda jigar funksiyasining buzilishi kuzatiladi.
Metreksat me’da-ichak traktining shilliq qavatini shikastlaydi, konyunktivitga
olib keladi.
Purinning antogonisti fludarabinfosfat (fludara)ni asosan surunkali limfotsitar β–
hujayrali leykoz va past darajali xavfga ega bo‘lgan nexodjkin limfomalarda
qo‘llashadi.
Pirimidin antogonisti ftoruratsil antiblastom ta’sir spektri bo‘yicha
metotreksat va merkaptopurindan jiddiy ravishda farq qiladi.
Agar ular asosan o‘tkir leykozlarda, ya’ni gemoblastozlarda samarador bo‘lsalar
ftoruratsilni haqiqiy o‘smalarda qo‘llashadi. Uni me’daning, me’daosti bezining,
yo‘g‘on ichak, ko‘krak bezi saratonlarida qo‘llashga ko‘rsatmalar beriladi.
Bemorlarning bir qismida ftoruratsil o‘smani vaqtinchalik remissiyasini
ta’minlaydi. Preparatni me’da-ichak traktidan yomon so‘rilganligi uchun
tomirdan kiritiladi. Ftoruratsil jigarda kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi. Hosil
- 982 -
bo‘lgan metabolitlari buyrak orqali ajratiladi. Preparatning zaxarliligi salmoqli.
Nohush ta’sirlaridan eng jiddiylari qon hosil bo‘lishini susayishi va ovqat hazm
qilish traktini yarali jarohatlanishi (stomatit, enterit). Bundan tashqari ishtahani
buzilishi ko‘ngil aynashi, qayt qilishi, diareya kuzatiladi. Sochlarni to‘kilishi
(kal), tirnoqlar jarohatlanishi, dermatit kuzatiladi. Ftoruratsil fosfat faqat tomirga
kiritib qo‘llanilishini inobatga olib kapsitabin (kseloda) preparati taklif etildi.
Undan o‘simta to‘qimasidagi timidinfosforilaza ta’sirida 5-ftoruratsil ajraladi.
Bunda ftoruratsilning sistemali (umumiy) ta’siri kam darajada kuzatiladi.
Kapsitabin ko‘krak bezlari va yo‘g‘on ichak saratonida qo‘llanadi.
Gemetsitabinni o‘pkani mayda hujayrali bo‘lmagan saratonida, peshob xaltasi
saratonida qo‘llanadi.
Pirimidinning ftorli hosilasi bo‘lgan ftorafur ftoruratsilga o‘xshash
xossalarga ega. U ftoruratsilga nisbatan bir qancha kam zahar. Uni ko‘krak bezi,
to‘g‘ri va yo‘g‘on ichak, me’da saratonida qo‘llashadi.
O‘tkir mieloid va limfoid leykemiyalarda qo‘llaniladigan sitorabin (sitozin-
arabinozid) ham antimetabolitlarga mansubdir.
- 983 -
Do'stlaringiz bilan baham: |