O’quv darslik



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet474/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   470   471   472   473   474   475   476   477   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

ANTIMETABOLITLAR 
Metotreksat-foliy kislota 
Merkaptopurin 
purin 
adeni

guanin 
ftoruratsil 
uratsil 
timin 


- 980 -
Ushbu guruh preparatlari tioniy metabolitlarning antogonistlaridir. 
O‘simtali xastaliklardan asosan quyidagi moddalar (tuzilishiga qarang) ni 
qo‘llashadi. 
Foliev kislotasining antogonistlari 
Metotreksat (ametopterin) 
Pemetriksit (alimta) 
Purinningantogonistlari 
Merkaptopirin (leupirin, purinetol) 
Fludarabinfosfat (fludara) 
Pirimidinningantogonistlari 
Ftoruratsil (fluorouratsil) 
Ftorafur (tegafur) 
Sitarabin (sitozar) 
Kapetsitabin (kseloda) 
Gemsitabin (gemzar) 
Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha antimetabolitlar tabiiy metabolitlarga 
o‘xshash, ammo bir xil emas. Shu sababli ular nuklein kislotalarni sintezini 
buzadilar. Bu o‘sma hujayralarini bo‘linish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatib 
ularni halok bo‘lishiga olib keladi. Antimetabolitlar nuklein kislotalarni turlicha 
bosqichlariga ta’sir ko‘rsatadilar. Jumladan, metotreksatning blastomalarga 
qarshi ta’sir mexanizmi, aftidan digidrofolatreduktaza hamda timidilsintetaza 
faolligini susaytirishdan iborat bo‘lsa kerak. Bu purin va pirimidinlarni hosil 
bo‘lishini buzadi. Buning natijasida DNK sintezi susayadi. Merkaptopurin, 
aftidan purinlarni polinukleotidlarga kirishiga to‘sqinlik qilsa kerak. Ftoruratsil 
nukleoidlar yoki timidinni sintezini va ularni DNKmolekulasiga kirishini buzadi 
deb hisoblashadi. O‘sma hujayralarida ftoruratsil 5-ftor-2-dezoksiuridin-5-
monofosfatga aylanadi, u esa timidilsintetaza fermentining ingibitori ekanligi 
haqida ma’lumotlar mavjud. 


- 981 -
Foleviy kislotasining antogonisti metotreksant va purinning antogonisti 
merkaptopurinni asosan o‘tkir leykozlarda qo‘llashadi. Qayd etilgan xastalikni 
davolashda metotreksat asosan bolalarda, morgantopurin esa kattalarda 
samarador. 
Bundan 
tashqari 
merkaptopurin 
va 
ayniqsa 
metatreksat 
bachadonning xorion epiteliomasida yaxshi natijalar bilan qo‘llanilyapti. 
Ko‘pgina haqiqiy o‘smalarni, masalan, ko‘krak bezi saratonini kombinirlangan 
ximioterapiyada ham qo‘llashadi. (2-jadvalgaqarang) 
O‘tkir leykozlarni davolashda umumiy holat va gemotologik 
o‘zgarishlarni yaxshilanishi asta-sekin ro‘y beradi. Remissiyada vomliligi bir 
necha oylar bilan hisoblanadi. Preparatlar odatda ichiladi. Metateksatni 
parenteral kiritish uchun ham chiqarishadi. Metotreksat asosan o‘zgarmagan 
holda buyrak orqali ajraladi. Preparatning bir qismi organizmda juda uzoq vaqt 
(oylab) ushlanib qoladi. Merkaptopurin jigarda kimyoviy o‘zgarishlarga 
uchraydi va peshobda uning metabolitlari aniqlanadi. Preparatlarni salbiy 
ta’sirlari qon hosil bo‘lishini susayishi, ko‘ngil aynishi va qayt qilishda 
namoyon bo‘ladi. Qator bemorlarda jigar funksiyasining buzilishi kuzatiladi. 
Metreksat me’da-ichak traktining shilliq qavatini shikastlaydi, konyunktivitga 
olib keladi. 
Purinning antogonisti fludarabinfosfat (fludara)ni asosan surunkali limfotsitar β–
hujayrali leykoz va past darajali xavfga ega bo‘lgan nexodjkin limfomalarda 
qo‘llashadi. 
Pirimidin antogonisti ftoruratsil antiblastom ta’sir spektri bo‘yicha 
metotreksat va merkaptopurindan jiddiy ravishda farq qiladi. 
Agar ular asosan o‘tkir leykozlarda, ya’ni gemoblastozlarda samarador bo‘lsalar 
ftoruratsilni haqiqiy o‘smalarda qo‘llashadi. Uni me’daning, me’daosti bezining, 
yo‘g‘on ichak, ko‘krak bezi saratonlarida qo‘llashga ko‘rsatmalar beriladi. 
Bemorlarning bir qismida ftoruratsil o‘smani vaqtinchalik remissiyasini 
ta’minlaydi. Preparatni me’da-ichak traktidan yomon so‘rilganligi uchun 
tomirdan kiritiladi. Ftoruratsil jigarda kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi. Hosil 


- 982 -
bo‘lgan metabolitlari buyrak orqali ajratiladi. Preparatning zaxarliligi salmoqli. 
Nohush ta’sirlaridan eng jiddiylari qon hosil bo‘lishini susayishi va ovqat hazm 
qilish traktini yarali jarohatlanishi (stomatit, enterit). Bundan tashqari ishtahani 
buzilishi ko‘ngil aynashi, qayt qilishi, diareya kuzatiladi. Sochlarni to‘kilishi 
(kal), tirnoqlar jarohatlanishi, dermatit kuzatiladi. Ftoruratsil fosfat faqat tomirga 
kiritib qo‘llanilishini inobatga olib kapsitabin (kseloda) preparati taklif etildi. 
Undan o‘simta to‘qimasidagi timidinfosforilaza ta’sirida 5-ftoruratsil ajraladi. 
Bunda ftoruratsilning sistemali (umumiy) ta’siri kam darajada kuzatiladi. 
Kapsitabin ko‘krak bezlari va yo‘g‘on ichak saratonida qo‘llanadi. 
Gemetsitabinni o‘pkani mayda hujayrali bo‘lmagan saratonida, peshob xaltasi 
saratonida qo‘llanadi. 
Pirimidinning ftorli hosilasi bo‘lgan ftorafur ftoruratsilga o‘xshash 
xossalarga ega. U ftoruratsilga nisbatan bir qancha kam zahar. Uni ko‘krak bezi, 
to‘g‘ri va yo‘g‘on ichak, me’da saratonida qo‘llashadi. 
O‘tkir mieloid va limfoid leykemiyalarda qo‘llaniladigan sitorabin (sitozin-
arabinozid) ham antimetabolitlarga mansubdir. 


- 983 -

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   470   471   472   473   474   475   476   477   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish