3. ANTIBIOTIKLAR
Bir qator antibiotiklar mikroblarga qarshi faollikdan tashqari nuklein
kislotalarni sintezi va funksiyasini susaytirishi bilan bog‘liq bo‘lgan kuchli
darajada sitotoksik ta’siriga egadirlar. Ular qatoriga streptomycesning ba’zi
turlari ishlab chiqaruvchi daktiotinomitsin (aktinomitsin D) mansubdir. Uni
bachadonning
xorion
epiteliomasi,
bolalarning
Vilms
o‘smasida,
limfagranulomatozlarida
qo‘llashadi. Preparatni tomirga hamda tana
bo‘shliqlariga (ularda ekssudat bo‘lsa) kiritishadi.
Antratsiklanlar guruhiga mansub bo‘lgan antibiotiklar – doksorubitsin
gidroxlorid (streptomyces peucetius, varcaesius maxsuloti), karminomitsin
(actinomadira carbinata Sp.nov maxsuloti), epirubitsin va boshqalar
mezenximasidan kelib chiqqan sarkomalardagi samaradorligi tufayli o‘ziga
diqqatni jalb qiladi. Jumladan doksorubitsinni (adriamitsin) osteogen sarkoma,
yumshoq to‘qimalar sarkomasida, hamda ko‘krak bezi saratonida va boshqa
o‘sma xastaliklarida qo‘llanadi.
Bir qator o‘smalarga qarashli faol bo‘lgan antibiotik rubomitsinni
Actinomyces coeruleorubidus hosil qiladi. U gidroxlorid ko‘rinishida qo‘llanadi.
Kimyoviy tuzilishi va xossalari bo‘yicha u doksorubitsinga yaqin. Rubomitsin
gidroxlorid (daunorubitsin, daunomitsin, rubidomitsin) bachadon xorion
epitemiomasi, o‘tkir leykoz, retikulosarkomalarda remissiyaga olib keladi.
Preparatni tomirga kiritiladi.
3jadval.
O‘simliklardan olingan preparatlar va antibiotiklarni o‘sma
xastaliklarda qo‘llashga asosiy ko‘rsatmalar
Guruh
Preparat
Asosiy ko‘rsatmalar
Aktinomitsinlar
Daktinomitsin
Antratsiklinlar
Xoriokarsinoma, YUing sarkomasi,
Vilms o‘smasi, bolalarda
girabdomiosarkoma, yumshoq
to‘qimalar sarkomasi,
turmug‘o‘smasi, melanoma,
limfosarkomalar, neyroblastoma
- 984 -
Antibiotiklar
Daunorubitsin
Doksorubitsin
Fleomitsinlar
Bleomitsin
o‘tkir leykoz, NXL,
xorionkarsinoma,
LGM,neyroblastoma
Ko‘krak bezi, o‘pka, qizilo‘ngach,
me’da, me’da osti bezi saratoni;
mezotemioma, jigarning birlamchi
saratoni, insulinoma, bosh va bo‘yin
qalqonsimon bez, tuxumdonlar,
moyak, prostata bezi, peshob
xaltasi, endometriy, bachadon
bo‘yni saratoni; bachadon
sarkomasi, Yuing sarkomasi,
rabdomiosarkoma, neyroblastoma,
Vilms o‘smasi, osteogen sarkoma,
yumshoq to‘qimalar sarkomasi,
Kaposhi sarkomasi; o‘tkir leykozlar,
LGM, NXL, ko‘plik mieloma
Bosh va bo‘yin, teri, qizilo‘ngach,
bachadon bo‘yni, vulva, jinsiy olat
saratoni; LGM, NXL
O‘simliklardan
ajratilgan vositalar
Vinsa alkaloidlari
Vinblastin
Vinkristin
Vinorelbin
Taksanlar
Paklitaksel
Podofillotoksinlar
Tenipozid
Etopozid
LGM, limfosarkomalar,
neyroblastomalar
O‘tkir leykoz, LGM,
limfosarkomalar, yumshoq
to‘qimalar sarkomasi, mielom
xastaligi, neyroblastoma, Vilms
o‘smasi, Yuing o‘smasi.
O‘pka, ko‘krak bezi saratoni
Tuxumdonlar saratoni ko‘krak bezi
saratoni
Boshmiya; NXL;
peshobxaltasiningo‘smalari,
O‘pka saratoni; NXL, o‘tkir
- 985 -
Kamptotetsinlar
Irinotekan
mieloleykoz; moyak o‘smalari;
tuxumdon, me’da, ichak saratoni;
Kolorektal saraton, bachadon bo‘yni
saratoni
Boshqa antiblastom vositalar bilan birgalikda (kombinatsiya) qo‘llashga
ko‘rsatmalar keltirilmagan. NXL-nexodjkin limomasi. LGM-limfogranulomatoz
- 986 -
O‘smalarga qarshi faollikka ega bo‘lgan ba’zi antibiotiklarning kimyoviy
tuzilishi
Qayd etilgan antibiotiklarni qo‘llaganda ishtahani buzilishi, stomatit, ko‘ngil
aynash, qayt qilish, diareya kuzatiladi. Shilliq qavatlarni achitqisimon
zamburug‘lar bilan jarohatlash mumkin. Qon hosil bo‘lishi susayadi. Ba’zan
kardiotoksik ta’sir kuzatiladi. Ko‘pincha soch to‘kilib ketadi. Ushbu
preparatlarni mahalliy ta’sirlantiruvchi xossalari mavjud. Ularning kuchli
daktinomitsi
n
Rubomitsin gidroxlorid
- 987 -
immunodepressiv ta’sirga ega ekanligini hisobga olish kerak. Streptomyces
vertillus ajratadigan bleomitsin (blenoksan) nomli antibiotik og‘iz bo‘shlig‘I
shilliq qavatining, bodomsimon bez, halqum saratonlari, limfogranulomatozda,
turmuq va boshqa xavfli o‘sma xastaliklarini kombinatsiyalashtirilgan
ximioterapiyasida faol ekanligi aniqlangan. Bleomitsinni keng ko‘lamda
qo‘llanishini uni o‘pkaga zaharli ta’siri, terini jarohatlashi, dispepsik
o‘zgarishlarni rivojlantirish xossasining mavjudligi cheklaydi. Qon hosil
bo‘lishiga bleomitsin nisbatan kamroq darajada ta’sir ko‘rsatadi. O‘smalarga
qarshi faollikka ega bo‘lgan antibiotiklarga brunomitsin (rufokromomitsin,
streptonitrin), mitomitsin ham mansub.
Do'stlaringiz bilan baham: |