- 939 -
Xiniofon (yatren)ni bor yo‘g‘i 10-15% me'da-ichakdan so‘riladi. Shu
sababli ichakda moddani amebitsid ta'siri yuzaga chiqishi uchun zarur bo‘lgan
katta konsentratsiyasi hosil bo‘ladi. Preparat kam zahar. Nohush ta'siriga diareya
xos. Ko‘z nervini nevriti bo‘lishi mumkin.
Xiniofonga tuzilish va ta'sir yo‘nalishi o‘xshash bo‘lgan preparat
biyodoxinol hisoblanadi.
Amebiazni davolashda ipekakuana (
Cephaelis ipecacuanha
)
ildizidan
ajratilgan alkaloid emetinni qo‘llash anchagina keng tarqalgan. Dori prearati
sifatida emetin gidroxloridni qo‘llashadi. Uni mushak ichiga kiritishadi, chunki
ichilganda u me'da-ichak traktining shilliq qavatini kuchli qo‘zg‘atadi
(ko‘pincha reflektor kayt qilish kuzatiladi).
Emetin ichakdan tashqarida (masalan, jigarda katta konsentratsiyada
to‘planadi) va ichak devorida o‘rnashgan amyobalarga ta'sir ko‘rsatadi. Ichak
ichida o‘rnashgan amyobalarga preparat ta'sir ko‘rsatmaydi.
Emetin buyrak orqali davomli vaqt oralig‘ida (1 oydan ko‘p) ajraladi. Shu
sababli u kumulyasiyalanadi va bu xossasi dozasini haddan oshib ketishi tufayli
zaharlanishga sabab bo‘ladi.
Nohush ta'siri yurak-tomir sistemasi (taxikardiya, aritmiya, yurak sohasida
og‘riq, gipotoniya), me'da-ichak trakti (ko‘ngil aynishi, diareya, qayt qilish),
asab-mushak sistemasi (mushaklar holsizligi, tremor, nevralgiya) tomonidan
yuzaga chiqadi. Buyrak va jigar tomonidan ham buzilishlar bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun
emetin bilan davolash vaqtida, yurak, buyrak va jigar
funksiyalarini nazorat qilish shart. Yurak va buyrakning organik hastaliklarida
preparatni qo‘llash man etilgan.
Jigarda o‘rnashgan amyobalarga ta'sir ko‘rsatish
maqsadida jigar
to‘qimasida katta konsentratsiyada to‘planuvchi xingamin muvaffaqiyat bilan
qo‘llaniladi.
Yuqorida qayd etilgan preparatlar amebiaz qo‘zg‘atuvchisiga bevosita
ta'sir etuvchi amebitsidlarga mansubdirlar.
Shu bilan bir qatorda ichak
- 940 -
amebiazini amaliy jihatdan amyobalarga bevosita ta'sir ko‘rsatmaydigan
tetratsiklinlar bilan davolash mumkin. Ma'lumki,
Entamoeba hystolytica
anaerobdir. Uni ichakda yashashi uchun zarur bo‘lgan sharoitni kislorodni
yutuvchi bakteriyalar yaratadilar.
Tetratsiklinlarni qo‘llaganda ichak florasi nobud bo‘ladi va bu holat ichak
ichida va uning devorida o‘rnashgan amyobalarni rivojlanishi va ko‘payishiga
bilvosita salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bunday preparatni bilvosita ta'sir ko‘rsatuvchi
amyobalarga qarshi vositalar deb atash mumkin.
Amebiazni davolashdagi samaradorligi bo‘yicha
tetratsiklinlar bevosita
ta'sir ko‘rsatuvchi amebitsidlardan kuchsizdirlar. O‘tkir ichak amebiazini
davolashda ba'zan monomitsin qo‘llaniladi (ichiladi).
Amebiazni davolashda, ko‘pgina holatlarda, metronidazolni qo‘llash bilan
cheklansa bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda tez-tez dori moddalarini birga
(kombinatsiya) qo‘llashadi. Jumladan, amyobali dizenteriyada ichak ichida, uni
devorida joylashgan amyobalarga ta'sir ko‘rsatuvchi hamda ularni jigarga kirib
joylashishini oldini oluvchi preparatlarni birgalikda qo‘llash
maqsadga
muvofiqdir (masalan, metronidazol + xiniofon, emetin gidroxlorid + tetratsiklin
+ xiniofon).
Do'stlaringiz bilan baham: