O’quv darslik


NARKOZ VOSITALARI. ETIL SPIRTI. UXLATUVCHI VOSITALAR



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

NARKOZ VOSITALARI. ETIL SPIRTI. UXLATUVCHI VOSITALAR. 
Bu guruh moddalar umumiy og‘riqsizlantirishda qo‘llaniladi. Narkoz 
deganda MNS funksiyalarining qaytar susayishi tushunilib, u es-xushning 
yo‘qolishi, turli xil sezuvchanlikni va birinchi navbatda og‘riq sezishni keskin 
pasayishi, reflektor qo‘zg‘aluvchanlik va skelet mushaklari tonusini kamayishi 
bilan kechadi. Narkoz jarrohlik muolajalarni o‘tkazish uchun qulay sharoit 
yaratadi. Narkoz chaqiruvchi vositalarning ta’sir mexanizmi: MNSda
qo‘zg‘alishni neyronlararo sinapslardan o‘tkazilishini buzilishi yoki kamayishi 
bilan bog‘liq. Buni tushuntiruvchi ko‘pgina nazariyalar (biofizik, bioximik, 
adsorbsion, lipid, oqsil, gidratlangan mikrokristallar) mavjud, lekin birortasi 
ham to‘liq yoritib berolmaydi. MNS har-xil bo‘limlarining narkoz vositalariga 
sezgirligi bir xil emas. Jumladan, eng sezuvchani bu miyaning po‘stloq qavati va 
retikulyar formatsiyadir, eng past sezuvchani bu uzunchoq miyada joylashgan 
hayot uchun muhim markazlarning sinapslaridir. 
Narkotik moddalar tanlab ta’sir ko‘rsatmaydilar, chunki ular turli xil 
neyronlarni susaytiradilar. Buning asosida postsinaptik membranalardagi ionlar 
kanalining (K
+
) o‘tkazuvchanligini, shu tufayli depolyarizatsiya va harakat 
potensialining paydo bo‘lish jarayonini buzilishi yotsa kerak.
Narkotik vositalar ta’sirida MNS turli bo‘limlari faolligini susayishi bir 
vaqtda yuzaga chiqmaydi: avval sezuchanligi yuqori bo‘lganlari, keyin kam 
sezuvchan bo‘lganlarning faolligi susayadi. SHu sababli narkoz jarayonida 
ketma-ket keluvchi va narkotik moddaning konsentratsiyasining oshishi bilan 
bog‘liq bir necha bosqichlar yuzaga chiqadi. 
NARKOZ BOSQICHLARI. 
1.
Analgeziya bosqichi 
2.
Qo‘zg‘alish bosqichi 
3.
Jarrohlik bosqichlari:


- 296 -
-
yuzaki narkoz, 
-
engil narkoz, 
-
chuqur narkoz, 
-
juda chuqur narkoz 
4.
Agonal bosqich 
Bu bosqichlar asosan efir ta’siridagi narkozga xos bo‘lib, boshqa narkotik 
moddalar bilan chaqirilgan narkozda bosqichlarning rivojlanish darajasi turlicha 
bo‘ladi. Narkoz chaqiruvchi moddalarning kimyoviy tuzilishi va ta’sir kuchi 
orasida ma’lum qonuniyat yo‘q, chunki ular turli kimyoviy birikmalar turkumiga 
mansubdir. 
Narkoz vositalarining organizmga kiritish yo‘liga qarab, narkotik 
moddalar quyidagilarga bo‘linadilar: 
-
ingalyasion narkoz vositalari
-
noingalyasion narkoz vositalari
Narkoz uchun qo‘llaniladigan vositalar quydagi talablarga javob 
berishlari kerak: 
-
kuchli narkotik faollikga ega bo‘lishlari kerak, ya’ni narkoz tez rivojlanishi, 
qo‘zg‘alish davrining bo‘lmasligi yoki qisqa bo‘lishi, narkoz chuqur bo‘lishi 
kerak; 
-
narkoz oson boshqariladigan, ya’ni preparatning konsentratsiyasini 
o‘zgartirish bilan narkoz chuqurligi o‘zgaradigan bo‘lishi kerak;
-
ta’sir kengligi (narkotik kengligi) katta bo‘lishi kerak, ya’ni preparatning 
narkoz chaqiruvchi va uzunchoq miyada joylashgan markazlarni falajlovchi 
miqdori orasidagi farq katta bo‘lishi kerak; 
-
noxush va ortiqcha ta’siri bo‘lmasligi, bo‘lsa ham juda kam bo‘lishi kerak;
-
ta’sir kaytar bo‘lishi, narkozdan keyingi davr asoratsiz kechishi, narkotik 
modda berish to‘xtagach narkozdan chiqish tez bo‘lishi kerak; 
-
o‘t olish va portlashdan hafsiz bo‘lishi kerak.


- 297 -
-
moddiy jihatdan (ishlab chiqarish va xarid ma’nosida) arzon va qulay bo‘lishi 
kerak. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish