NARKOZ VOSITALARI. ETIL SPIRTI. UXLATUVCHI VOSITALAR.
Bu guruh moddalar umumiy og‘riqsizlantirishda qo‘llaniladi. Narkoz
deganda MNS funksiyalarining qaytar susayishi tushunilib, u es-xushning
yo‘qolishi, turli xil sezuvchanlikni va birinchi navbatda og‘riq sezishni keskin
pasayishi, reflektor qo‘zg‘aluvchanlik va skelet mushaklari tonusini kamayishi
bilan kechadi. Narkoz jarrohlik muolajalarni o‘tkazish uchun qulay sharoit
yaratadi. Narkoz chaqiruvchi vositalarning ta’sir mexanizmi: MNSda
qo‘zg‘alishni neyronlararo sinapslardan o‘tkazilishini buzilishi yoki kamayishi
bilan bog‘liq. Buni tushuntiruvchi ko‘pgina nazariyalar (biofizik, bioximik,
adsorbsion, lipid, oqsil, gidratlangan mikrokristallar) mavjud, lekin birortasi
ham to‘liq yoritib berolmaydi. MNS har-xil bo‘limlarining narkoz vositalariga
sezgirligi bir xil emas. Jumladan, eng sezuvchani bu miyaning po‘stloq qavati va
retikulyar formatsiyadir, eng past sezuvchani bu uzunchoq miyada joylashgan
hayot uchun muhim markazlarning sinapslaridir.
Narkotik moddalar tanlab ta’sir ko‘rsatmaydilar, chunki ular turli xil
neyronlarni susaytiradilar. Buning asosida postsinaptik membranalardagi ionlar
kanalining (K
+
) o‘tkazuvchanligini, shu tufayli depolyarizatsiya va harakat
potensialining paydo bo‘lish jarayonini buzilishi yotsa kerak.
Narkotik vositalar ta’sirida MNS turli bo‘limlari faolligini susayishi bir
vaqtda yuzaga chiqmaydi: avval sezuchanligi yuqori bo‘lganlari, keyin kam
sezuvchan bo‘lganlarning faolligi susayadi. SHu sababli narkoz jarayonida
ketma-ket keluvchi va narkotik moddaning konsentratsiyasining oshishi bilan
bog‘liq bir necha bosqichlar yuzaga chiqadi.
NARKOZ BOSQICHLARI.
1.
Analgeziya bosqichi
2.
Qo‘zg‘alish bosqichi
3.
Jarrohlik bosqichlari:
- 296 -
-
yuzaki narkoz,
-
engil narkoz,
-
chuqur narkoz,
-
juda chuqur narkoz
4.
Agonal bosqich
Bu bosqichlar asosan efir ta’siridagi narkozga xos bo‘lib, boshqa narkotik
moddalar bilan chaqirilgan narkozda bosqichlarning rivojlanish darajasi turlicha
bo‘ladi. Narkoz chaqiruvchi moddalarning kimyoviy tuzilishi va ta’sir kuchi
orasida ma’lum qonuniyat yo‘q, chunki ular turli kimyoviy birikmalar turkumiga
mansubdir.
Narkoz vositalarining organizmga kiritish yo‘liga qarab, narkotik
moddalar quyidagilarga bo‘linadilar:
-
ingalyasion narkoz vositalari
-
noingalyasion narkoz vositalari
Narkoz uchun qo‘llaniladigan vositalar quydagi talablarga javob
berishlari kerak:
-
kuchli narkotik faollikga ega bo‘lishlari kerak, ya’ni narkoz tez rivojlanishi,
qo‘zg‘alish davrining bo‘lmasligi yoki qisqa bo‘lishi, narkoz chuqur bo‘lishi
kerak;
-
narkoz oson boshqariladigan, ya’ni preparatning konsentratsiyasini
o‘zgartirish bilan narkoz chuqurligi o‘zgaradigan bo‘lishi kerak;
-
ta’sir kengligi (narkotik kengligi) katta bo‘lishi kerak, ya’ni preparatning
narkoz chaqiruvchi va uzunchoq miyada joylashgan markazlarni falajlovchi
miqdori orasidagi farq katta bo‘lishi kerak;
-
noxush va ortiqcha ta’siri bo‘lmasligi, bo‘lsa ham juda kam bo‘lishi kerak;
-
ta’sir kaytar bo‘lishi, narkozdan keyingi davr asoratsiz kechishi, narkotik
modda berish to‘xtagach narkozdan chiqish tez bo‘lishi kerak;
-
o‘t olish va portlashdan hafsiz bo‘lishi kerak.
- 297 -
-
moddiy jihatdan (ishlab chiqarish va xarid ma’nosida) arzon va qulay bo‘lishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |