Vitamin E
(tokoferol
3
) tokoferol guruxiga mansub, biologik xossalari bo‘yicha
o‘xshash bo‘lgan bir qator birikmalarni jamlashtiradi. 7 ta tokoferol, ularning
izomerlari va sintetik hosilalari ma’lum. Ozuqa maxsulotlarida α-, β-,γ-
tokoferollar uchraydi. α-tokoferol eng faolidir.
Tabiy α-tokoferol D – kofiguratsiyaga ega, sintetigi esa α-tokoferolning to‘liq
ratsematidir (DL-α-tokoferol). Vitamin E deyarli barcha ovqat maxsulotlarida
- 666 -
bor, ayniqsa o‘simlik moylarida ko‘p bo‘ladi. Vitamin E ning modda
almashinuvida tutgan o‘rni keraklicha aniq emas.
Vitamin E oksidlanish jarayonini boshqarishda qatnashadi deb xisoblanadi.
Uning asosiy funksyalaridan birini antioksidantlik ta’siriga bog‘lashgan.
Jumladan u to‘yinmagan yog‘ kislotalarning oksidlanishini to‘xtatib, ularning
perekislarini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi deb bilishadi. Bu aterosklerozni
rivojlanishida axamiyatga ega, chunki ular prostatsiklinsintetaza faolligini
keskin susaytiradi. Bundan tashqari vitamin E, xujayra nafas olishiga ta’sir etsa
kerak.
Me’da ichak traktidan ovqat tarkibidagi vitamin E ning taxminan yarmi
so‘riladi. Yog‘da eruvchi vitamin bo‘lganligidan uning absorbsiyasi uchun safro
kislotalarning bo‘lishi talab etiladi. Avval vitamin E limfaga , so‘ngra umumiy
qon aylanishga tushadi. U gipofiz, urug‘don, buyrak usti bezi va boshqa
a’zolarda depolanadi. Vitamin E va uning o‘zgarish maxsulotlari jigar va buyrak
orqali ajraladi.
Vitamin E yetishmovchiligining belgilari odamda ishonarli darajada
aniqlanmagan. Ko‘pgina jonivorlarda vitamin E yetishmasligida erkaklarda
urug‘donlarning to‘liq atrofiyasi darajasigacha jaroxatlanishi, urg‘ochilarida esa
homila va yo‘ldoshni so‘rilib ketishi natijasida o‘z – o‘zidan yuzaga keluvchi
abortga olib keladi. Bundan tashqari jonovorlarda skelet mushaklari va
miokardni kuchli darajada distrofiyasi kuzatiladi. Qalqonsimon bez, jigar va
MNS tomonidan ham o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Tabobat amaliyotida
vitamin E ni (tokoferol atsetatning yog‘dagi eritmasi, vitamin konsentrati)o‘z –
o‘zidan rivojlanuvchi abortlar, mushaklar distrofiyasi, stenokardiya, periferik
tomirlarni jarohatlanishi, revmatizm, artritlar klimaksda qo‘llashadi. E
gipervitaminozi ma’lum emas.
Antigemorragik xossaga ega bo‘lgan (qon ivishni oshiradilar) K guruxi
vitaminlari ham yog‘da eruvchi vitaminlar xisoblanadi. Ularga tabiiy vitamin K
(filloxinon) va kamroq faollikga ega bo‘lgan vitamin K
2
(menaxinon) kiradi.
- 667 -
Suvda eruvchi sintetik preparat vikasol vitamin K ga o‘xshash xossalariga ega, u
ancha keng ko‘lamda qo‘llaniladi, chunki vitamin K ultrafiolet nurlari va
ishqorlar ta’sirida parchalanadi.
Vitamin K ko‘p miqdorda o‘simliklarda (ismaloq, karam, qovoq qa boshqalar)
bo‘ladi, jonivorlar maxsulotilari ichida vitamin K manbai bo‘lib jigar
hisoblanadi. Uni yo‘g‘on ichak mikroorganizmlari ham jadal sintezlaydilar.
Vitamin K jigarda protrombin, prokonvertin va ko‘pgina boshqa qon ivish
omillarining sinteziga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari u
ATF, kreatinofosfat, bir qancha fermentlar sinteziga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
3
Grekchadan tokos – nasl, phero- eltmoq.
Vitamin K ni yetishmovchiligida qonda protrombin qon ivishining boshqa
omillari miqdori kamayadi va bu to‘qimalarda qon ketish, gemorragik
diatezning rivojlanishida nomoyon bo‘ladi. K – gipovitaminozi ko‘proq vitamin
K ni so‘rilishi buzilishidan jigar, ichak patologiyalari kelib chiqadi. Yog‘da
eruvchi vitamin K preparatlarining so‘rilishi safro kislotalarining qatnashishi
taqazo qiladi. Ichakdan ular limfaga keyin qonga tushadilar.
Suvda eruvchi vitamin K faolligiga ega bo‘lgan preparatlar (masalan vikasol)
bevosita qonga so‘riladi. Organizmda vitamin K to‘liq metabolizmga uchraydi.
Uning metabolitlari safro va peshob bilan ajraladi. Vitamin K gurux
preparatlarini gemostatik vositalar sifatida gipoprotrombinemiya bilan bog‘liq
qon ketish va gemorragik diatezlarda qo‘llaniladi. Ularni chaqaloqlarning
gemorragik xastaligi,gepatitlar, jigar sirrozi, surunkali diareya, me’da va 12 –
barmoq ichak yara xastaligi, ma’lum ko‘rsatmalar bo‘yicha operatsiyaga
tayorlashda va operatsiyadan keyingi davrda, bachadondan qon ketganda
qo‘llashga ko‘rsatmalarberiladi. Ularning ta’siri bir necha soatdan keyin
- 668 -
boshlanadi. Fitomenadion (vitamin K
1
) bilvosita ta’sir etuvchi antikogulyantlar
neodikumarin, fenilin va boshqalarni antogonisti sifatida qo‘llanishi
mumkin.Preparatni enteral va parenteral kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |