O’quv darslik



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet345/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

 
Preparatlar 
Nomi 
Chiqarilish shakli 
Estrogen preparatlar 
Estron - 
Oestronum 
0,05% va 0,1% yog‘li eritmadan 1 ml tutgan 
ampulalar(1 ml da 5000 va 1000 TB bor) 
Estradiol dipropianat – 
Oestradioli 
dipropionas 
0,1% yog‘li eritmadan 1 ml tutgan ampulalar 
Etinil estradiol- 
Aethinyloestradiolum 
0,00001 va 0,00005 g li tabletkalar 
Sinestrol- 
Synoestrolum 
0,001 g dan tabletkalar; 0,1 va 2% 
2
yog‘li 
eritmadan 1 ml tutgan ampulalar 
Gestagen preparatlar 
Progesteron- 
Progestronum 
1 va 2,5 % yog‘li eritmadan 1 ml tutgan ampulalar 
Oksiprogesteron 
kapronat-
Oxyprogesterone 
capronate 
12,5% va 25% yog‘li eritmadan 1 ml tutgan 
ampulalar 
Pregnin -
Praegninum 
0,01 g li tabletkalar 


- 626 -
Androgen preparatlar 
Testosteron 
propi-
onat- 
Teststeroni
propionas 
1% va 5% yog‘li eritma 1 ml tutgan ampulalar 
Testonat- 
Testotnatum 
10% yog‘li eritma 1 ml tutgan ampulalar 
Anabolik steroidlar 
Metiltestosteron 

Methvltestosteronum 
0.005 va 0.01 g li tabletkalar 
Fenobolin-
Phenobolinum 
1% va 2,5% 1 ml tutgan ampulalar 
Retabolil - 
Retabolil 
5% 1 ml tutgan ampulalar 
Metandrostenolon 
Methandrostenololum 
0.001 va 0.005 g li tabletkalar 
Nazorat uchun savollar: 
1. Gomonal preparatlarning tasnifini ko’rsating? 
2. Gipofizni oldingi bo’lim gormonlarining organizmga ta’siri? 
3. Qandsiz diabetda qo’llaniladigan preparatlar? 
4. Vazopressinning ta’sir samarasini ko’rsating? 
5. Oksitostinning qo’llanishi uchun ko’rsatmalar? 
6. Tiroksinning modda almanishuviga ta’siri? 
7. Antitireoid preparatlarning tasnifi? 
8. Paratgormonning qo’llanishi uchun ko’rsatmalar? 
9. Qandli diabetda samarali bo’lgan preparatlarni ko’rsating? 
10. Insulinning gipoglikemik ta’sir mexanizmini ko’rsating? 
11. Glyukokortikoidlarning asosiy effektlari? 
12. Glyukokortikoidlarning qo’llanishi uchun ko’rsatmalar? 
13. Kortikosteroidlar qo’llanganda ko’rsatiladigan asoratlar? 
14. Mineralokortikoidlarning asosiy effektlari? 
15. Mineralokortikoidlarning qo’llanishi uchun ko’rsatmalar? 
16. Estrogenlarning qo’llanishi uchun ko’rsatmalar? 
17. Gestagenlarning qo’llanishi uchun ko’rsatmalar? 
18. Anabolik steroidlarning qo’llanishi uchun ko’rsatmalar? 


- 627 -
Vaziyatli masalalar. 
1. Bemor o’z vaznining to’xtovsiz ortishi, shish paydo bo’lishi, atrofdagi 
narsalarga qiziqish pasayishi, tez charchab qolishi, soch to’kilishi kabi 
o’zgarishlarni seza boshlaydi. Shu shikoyatlar bilan u shifokorga murojat qiladi. 
Bemor tekshirilgandan so’ng unga tabletka xolidagi dori berildi. Dorini 
muntazam ravishda qabul qilganda umumiy xayotiy tonusning ortishiga, 
shishlarining kamayishiga, ish qobiliyatining ortishiga olib keldi. Bemorga 
qanday dori buyurilgan edi? 
Javob: Bemorga tireodin berilgan. U qalqonsimon bezning inkretor 
funkstiyasini etishmovchiligini o’rnini qoplaydi. 
2. Bemor ta’sirchanlik ortishiga, jaxldorlikka, ko’p terlashga, 
taxikardiyaga, uyquning buzilganligiga va vaznining tez kamayishiga shikoyat 
qildi. Shifokor tekshirishlardan keyin bemorga kasallik alomatlarini sezilarli 
kamaytirgan tabletka xolidagi dorini buyurdi. Biroq bemor bo’ynini xajman 
kattalashganligiga e’tibor berdi. Keyingi tekshirishlarda bemorda leykopeniya 
aniq landi. Bemorga qanday dori buyurilgan edi? Bemor bo’ynining xajman 
kattalashishiga sabab nimada? Leykopeniyaning rivojlanish sababi? 
Javob: Bemorga antitireoid vosita – merkazolil buyurilgan edi. 
Gipofizning oldingi bo’lagi tireotrop gormonini ko’p ishlab chiqarganligi tufayli 
“buqoqlik ta’sir bo’lgan (qon tarkibida tireoid gormonlarining stirkulyastiyasiga 
kamayganligiga reakstiya). Merkazolilning “buqoqlik ta’sirini oldini olish 
uchun yod va diyodtirozin dori vositalarini qo’llash mumkin. Leykopeniya 
merkazolilni nojo’ya ta’siri xisobiga rivojlandi 
3. Revmatik poliartrit bilan ogriyotgan bemorga tabletka xolidagi ichiladigan 
dori buyurilgan edi. Poliartritda bo’ladigan o’zgarishlarni davolashga erishildi. 
Oradan bir necha vaqt o’tkanidan so’ng bemorning yuzi shisha boshlaydi 
(oysimon yuz), vazni anchagina ortdi va me’dasida tez-tez oq’riq paydo bo’la 
boshladi. Qon tarkibidagi limfostitlar va eozinofillar soni kamayganligi va 
bemorda oshqozon yarasi kasalligi paydo bo’lganligi aniq landi. Bemor qaysi 


- 628 -
dori bilan davolangan? Qayd etilgan asoratlarning paydo bo’lish sababi nima? 
Bunday xolatda shifokor qanday yo’l tutishi kerak? 
Javob: Bemor glyukokortikoidlar bilan davolangan. Ularni uzoq vaqt 
davomida qo’llash quyidagi oqibatlarga olib kelgan: buyrak usti bezlari 
mineralokortikoid funkstiyasining kuchayishi tufayli bemor vaznining ortishi, 
glyukokortikoidlarning organizmdagi oqsil sintezini susaytirishi tufayli me’da 
yarasi kasalligining kelib chiqishi. Qon tarkibidagi o’zgarishlar limfoid to`qima 
funkstiyasining pasayishi tufayli kelib chiqqan. Shifokor glyukokortikoidlar 
qabul qilinishini to’xtatib, buyrak usti bezlari funstiyasini kuchaytirish uchun 
kortikotropin buyurishi kerak. 
4. Bronxial astma bilan ogrigan bemorni uzoq vaqt gormonal preparatlar 
bilan davolashdi. Oradan yarim yilcha o’tganidan so’ng, bemorning uyqusi 
notinch bo’la boshladi, me’dasida ogriq paydo bo’lib, vazni orta bordi. Bemor 
tekshirilganda unda gipertenziya, giperglikemiya, glyukozuriya, osteoporoz, 
limfostitopeniya, eozinopeniya kabi o’zgarishlar aniq landi. Bemor qaysi dori 
bilan davolangan?Paydo bo’lgan asoratlarning sababi nima?Bunday xolda 
shifokor qanday yo’l tutishi kerak? 
Javob: Bemorda glyukokortikoidlar bilan davolashni asorati sifatida 
steroid diabet yuzaga kelgan. Boshqa xamma asoratlar xam shu tufayli yuzaga 
chiqqan. Bu paytda glyukokortikoidlar berishni to’xtatilishi va buyrak bilan 
endokrin funkstiyasini kuchaytirish uchun kortikotropinbuyurilishi kerak. 
5. Ishtaxasi pasayib kam ovqat eb yurgan bemorga xar ikki kunda bir 
marta in’ekstiya xolida dori berila boshlandi. Biroq navbatdagi in’ekstiydan 
so’ng, bemor keskin ravishda xolsizlana boshladi, qo’l va oyoqlari qaltirash 
paydo bo’ldi, boshi ogrib ko’p terlay boshladi, bemordan so’rash natijasida unda 
in’ekstiya odatda tushlik vaqtidan keyin qilinganligi ma’lum bo’ldi. Oxirgi 
xolda esa in’ekstiya ovqat dan 1,5 – 2 soat oldin qilingan ekan. Paydo bo’lgan 
simptomlarning sababi nimada?Bu simptomlarni yo`qotish uchun nima qilish 
kerak? 


- 629 -
Javob: Bemorga nospestifik davo vositasi sifatida va to`qimalar 
oziqlanishini yaxshilash maqsadida insulin buyurilgan. Paydo bo’lgan 
simptomlar gipoglikemiya tufayli kelib chiqqan.Gipoglikemiya insulinning 
odatdagi dozasi ovqat dan 2 soat oldin in’ekstiyaqilinganligi tufayli yuzaga 
kelgan, bemorni ko’k tomiriga glyukoza yuborish kerak yoki bemor qand 
iste’molqilishi kerak. 
6. Kardiostimullovchi va antianginal terapiya bilan davolanayotgan 
surunkali toj arteriyasi etishmovchiligidan kelib chiqqan miokard infarkt bilan 
ogriyotgan bemorga qo’shimcha kuniga 2 maxal bitta tabletkadan davo 
buyurildi. Ushbu davo qo’llanilgandan 6 xafta keyin bemor ovozining 
dag’allashishini, oyoqda tuklarning o’sishini, jigar soxasida ogriqni, teri 
qoplamalarining sarg’ayganini, kam ifodalangan shishlarni sezdi. Bemor qaysi 
dori bilan davolangan?Paydo bo’lgan asoratlarning sababi nima?Davolashni 
davom ettirish mumkinmi? 
Javob: Nekrozga uchragan to`qima o’rnida chandiq xosil bo’lishini 
tezlatish uchun bemorga anabolik steroid – metandrostenolon buyurilgan edi. 
Asoratning kelib chiqishiga sabab dori vositasining androgen ta’siri.Dori 
vositasini qabul qilishni to’xtatish kerak.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish