SUVDA VA YOG’DA ERIYDIGAN VITAMIN
PREPARATLARI
Vitaminlarni modda almashinuvida qatnashishi ko‘p jihatdan ularning
ko‘pchiligi kofermentlar yoki ularning tarkibiy qismi ekanliklari bilan
bog‘likdir. Aksariyat vitaminlar organizmda sintezlanmaydi. Odatda ovqat
mahsulotlari ularning manbaidir. Fakat vitamin D
3
(ultrafiolet nurlar ta’sirida
terida) va nikotinamid (triptofandan) organizm to‘qimalarida sintezlanadi. Qator
vitaminlarni (vitamin K va boshqalar) yo’g‘on ichakda mikroorganizmlar xosil
qiladilar.
- 630 -
Ma’lum sharoitda, ko‘p yoki kam darajada, vitaminlar etishmovchiligi
(gipovitaminoz, avitaminoz) rivojlanishi mumkin. Etishmovchilikni eng ko‘p
sababi ovqat maxsulotlarida vitaminlar kam bo‘lishidir. Bundan tashqari ovqat
xazm kilish trakti funsiyasining patologik o‘zgarishi vitaminlar so‘rilishini
buzishi mumkin. Qator xolatlarda gipovitaminoz organizmni vitaminlarga
bo‘lgan extiyojini ortishi tufayli ham yuzaga kelish mumkin (masalan:
xomiladorlik, tireotoksikoz, istimalash, bezgak).Vitaminlar yetishmasligining
asosiy sabablari quyidagilardir:
EKZOGEN: Organizmga kirishini kamayishi, ovqat mahsulotlarini
noto‘g‘ri tayyorlash, ovqatlanish meyorini buzilishi, homiladorlik,
infeksiyalar, laktatsiya, aqliy va jismoniy zo‘riqish, ekstremal omillar
ta’siri, dorilarni (antibiotiklar, sulfanilamidlar, gormonlar, diuretiklar,
surgi vositalari) qabul qilish.
ENDOGEN: MIT xastaliklari, jigarni jarohatlanishi, tug‘ma patalogiyalar,
vitaminlarni o‘zaro ta’sirini buzilishi.
Vitaminlar
yetishmovchiligini
bartaraf
etish
kerakli
vitaminlar,
sabzavotlar, xayvon maxsulotlari tutgan parhezni qo‘llashdan iboratdir. Bu
shubhasiz gipovitaminozlarni bartaraf etishning eng qulay va sodda yo’li, chunki
ovqat tarkibida vitaminlar kompleksi bo‘ladi. Ammo bunda vitaminlarni
dozasini belgilash qiyin bo‘ladi. Agar vitaminlarni so‘rilishi buzilgan bo’lsa
ovqat maxsulotlarni qo‘llash samarasizdir.
Gipo- va avitaminozlarni davolashda farmatsevtik korxonalar ishlab
chikarayotgan vitamin preparatlari muhim o‘rin tutadi. Ular ko‘p jixatdan
qulaydir.Avvalombor ularni ishlab chiqarish yil fasllariga bog‘liq emas. Vitamin
preparatlarini aniq dozalash mumkin. Agar enteral qo‘llash kerakli natija
bermasa ularni parenteral qo‘llash mumkin. Ammo vitamin preparatlari bilan
zaxarlanish (ayniqsa yog‘da eruvchi vitaminlar) gipervitaminoz rivojlanishi
mumkinligini xisobga olish zarur.
Vitamin preparatlari 2 guruxga bo‘linadi: (1 va 2 jadvallar):
- 631 -
Do'stlaringiz bilan baham: |