18-amaliy mashg’ilot
Oqsillar va aminkislotalar xos rangli reaksiyalar
Oqsillarga xos rangli reaktsiyalar.
Mashg’ulot maqsadi: Oqsillar uchun hos bo’lgan umumiy va hususiy rangli reaksiyalarni izohlash.
Oqsillarni sifat ko'rsatkichi, ya'ni bor yoki yo'qligini aniqlash uchun bir kancha analitik usullardan foydalaniladi. Bunga oqsillarga xos rangli reaktsiyalarni misol qilishimiz mumkin.
Ishni bajarish uchun kerakli asbob va jihozlar: mochevina, 0,1% li fenol eritmasi, kontsentrlangan nitrat kislota, oqsil eritmasi (no‘xot oqsili), jelatinaning 1% li eritmasi, NaOH ning 20% li eritmasi, CuSO4 ning 5% eritmfsi, hrobirkalar, stakanlar, pipetkalar.
Ish tartibi. a) Biuret reaktsiyasi. Oqsillarga xos universal rangli sifat reaksiyasi Biuret reaksiyasidir. Har qanday oqsil molekulalari o‘z tarkibida peptid (-CO-NH-) bog‘i tutganligi sababli ishqoriy muhitda mis sulfat tuzi ta’sirida binafsha rang hosil qiladilar. Bu rang Cu larining peptid bog‘lariga birikishi natijasida ro‘y beradi. Biuret reaktsiyasi deb atalishiga sabab, bir-ikki degan ma’noni anglatsa, «ursa» «mochevina» yoki «siydik» degani bo‘lib, ikki molekula mochevinaning hosilasi deb tushuniladi. Bu birikma mochevinani qizdirilganda NH3 ammiak gazi ajralish natijasida hosil bo‘ladi.
Biuretga 1-2 tomchi CuSO4 va binafsha rang 1-2 tomchi NaOH ishqoridan qo‘shilsa binafsha rangli eritma hosil bo‘ladi.
NH2 NH2
\ – NH3 \
2 C = O → C = O
∕ ∕
NH2 NH
mochevina \
C = O
∕
NH2 biuret
Xuddi shunday reaktsiyani no‘xot oqsili bilan ham bajarish mumkin. Buning uchun 1-2 ml no‘xot oqsili eritmasidan olib ustiga 1-2 tomchi NaOH eritmasidan va 1-tomchi CuSO4 eritmasidan tomiziladi. Bunda ko‘k binafsha rang hosil bo‘ladi, sabab no‘xot oqsili polipeptid zanjirdan tashkil topgan bo‘lib, peptid boglariga Cu2 ionlari birikishi natijasida yuqorida qayd qilingan rang hosil bo‘ladi.
Ko'k binafsha rangli kompleks.
b) Ksantoprotein reaktsiyasi. Bu rektsiya «ksantos» – grekcha «sariq», protein – oqsil degan ma’noni anglatishidan kelib chiqgan. Ba’zi oqsillar kuchli nitrat kislota ta’sirida qizdirilsa sariq rang hosil qiladi. Buning sababi oqsil tarkibidagi xalqali aminokislota borligi tufaylidir. Bu reaktsiyani quyidagicha izohlanadi.
Oqsil tarkibida xalqali aminokislota bo‘lmasa bu reaktsiya amalga oshmaydi. Bunday oqsillarga misol qilib jelatina oqsili olinadi
Buti tekshirish uchun, uchta probirkaning birinchisiga 1 ml dan 0,1% li fenol eritmasidan 1 ml, ikkinchisiga no‘xot oqsili eritmasidan 1 ml, uchinchisiga jelatinaning 1% li eritmasidan 1 ml quyiladi.
Hamma probirkalarga 5-6 tomchi tomchidan kontsentrlangan nitrat kislota eritmasidan quyiladi va sekin-asta qizdiriladi. 1-2 probirkalarda sariq rang hosil bo‘lganini ko‘ramiz 3- probirkada esa sariq rang hosil bo‘lmaydi. Sovutilgandan so‘ng uchala probirkaga ishqor eritmasidan 1-2 tomchi qo‘shamiz, 1-2 probirkadagi rang to‘q sariq zargaldoqqa bo‘yaladi. 3-probirkada esa rang hosil bo‘lmaydi. Buning sababi, jelatina oqsili tarkibida xalqali aminokislotalar yo‘qligidir.
Olingan natijalar asosida xulosa yoziladi.
Nazorat uchun savollar:
1.Oqsillar polipeptid zanjirdan iborat ekanligini qaysi reaksiya yordamida aniqlash mumkin?
2. Mochevinada nima uchun biuret reaksiyasi hosil bo’ladi?
3.Halqali aminokislotalarga misol keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |