3-labaratoriya ishi. Oqsillarga xos rangli reaksiyalar



Download 179,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana04.02.2022
Hajmi179,89 Kb.
#431237
  1   2   3   4   5   6   7   8


3-labaratoriya ishi. Oqsillarga xos rangli reaksiyalar 
Oqsillarga xos rangli reaksiyalar, bu moddalarning molekular tuzilishini turli 
tumanligi va ularning tarkibiga kirgan aminokislotalarning xossalariga bog‘liqdir. 
Aminokislotalar atsillanish, alkillanish, nitrollanish, eterifikasiya va boshqa xil 
reaksiyalarga kirishadi. Hamma aminokislotalar ningidrin bilan reaksiyaga kirishishi 
natijasida ko‘k-binafsha rangga bo‘yaladi. Ularni miqdoriy ko‘rsatkichini kimyoviy usulda 
aniqlash ham, avtomatik analizator yordamida aniqlash ham shu reaksiyaga asoslangan. 
Bundan tashqari alohida olingan aminokislotalar har xil sifatiy reaksiyalarni namoyon 
qiladi, masalan, tirozin nitrit kislota ishtirokida simob nitrat tuzi bilan qizil rangga 
bo‘yaladi(Millon reaksiyasi), fenilalanin va tirozinlar konsentrlangan nitrat kislota 
ishtirokida sariq rang hosil qiladi (Ksantoprotein reaksiyasi), triptofan glioksil kislota 
ishtirokida sulfat kislota bilan ta’sirlanib ko‘k- binafsha rangga bo‘yaladi (Gopkins - Kol va 
Adamkevich reaksiyasi), arginin alfa-naftol va natriy gipoxlorit bilan ta’sirlanib qizil rang 
hosil qiladi (Sakaguchi reaksiyasi), sistein natriy nitroprussid va 1,3-naftoxinon-4-sulfonat 
natriylar bilan qizil rangga bo‘yaladi(Mak-Karti va Sallivan reaksiyalari), gistidin va 
tirozinlar ishqoriy muhitda diazotlangan sulfon kislotasi bilan ta’sirlanib qizil rangga 
bo‘yaladi (Pauli reaksiyasi), sistein yoki sistin ishqoriy muhitda qo‘rg‘oshin asetat bilan 
reaksiyaga kirishib qora rangga bo‘yaladi (Fol reaksiyasi), tirozin fosfomolibdenovolframat 
kislotasini natriyli tuzi bilan reaksiyaga kirib ko‘k rang hosil qiladi (Folina – Chiokalteu 
reaksiyasi). 
Bu reaksiyalar oqsil tarkibidagi turli xil aminokislotalar, spesifik funksional guruhlar 
yoki peptid bog‘larning xossalariga asoslangan. 
Bir qancha kimyoviy moddalar oqsilga ta’sir etganda reaksiya mahsuloti sifatida 
turli rangli birikmalar hosil qiladi. Xuddi shu reaksiyalar asosida oqsillar va ularning 
tarkibidagi aminokislotalarni sifat va miqdor jihatdan aniqlash usullari ishlab chiqilgan. 
Rangli reaksiyalar tabiatiga ko‘ra ikki xil: universal va o‘ziga xos rangli reaksiyalarga 
bo‘linadi. Birinchi turdagi reaksiyalar hamma oqsillar uchun (biuret va ningidrin) xos 
bo‘lib, ikkinchi xili esa oqsil molekulasida u yoki bu xil aminokislota qoldiqlari borligini 
aniqlashga (Ksantoprotein, Millon, Fol, Sakaguchi, Pauli, Gopkinsa–Koll va Adamkevich 
reaksiyalari va boshqalar) qaratilgan. Aminokislotalarni biologik suyuqliklar yoki tuzilma 
ekstratlarida o‘ziga xos reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin. Rangli reaksiyalarni 
amalga oshirishda tuxum oqsili, jelatina eritmalari, bir necha marta suyultirilgan qon 
zardobi, turli hayvon va o‘simlik to‘qimalari ekstraktlari, shuningdek yuqorida oqsillarni 
ajratib olishga oid darsda tayyorlangan oqsilli materiallardan foydalanish mumkin bo‘ladi. 

Download 179,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish