Oqsillar biosintezini boshqarilishi


Gemproteidlarning parchalanishi



Download 94,47 Kb.
bet7/10
Sana24.05.2023
Hajmi94,47 Kb.
#943095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Oqsillar biosintezini boshqarilishi

2. Gemproteidlarning parchalanishi. Bir sutkada odam organizmida 9 g atrofida asosan eritrotsitlar gemoglobinidan hosil bo’lgan gemproteidlar parchalanadi. Eritrotsitlar taxminan 120 kundan keyin qonda yoki taloqda parchalanadi. Qonda eritrotsitlardan ajralib chiqqan gemoglobin gaptoglobin (plazmaning maxsus α2 –globulini) bilan bog’lanadi va gemoglobin-gaptoglobin kompleksi ko’rinishida taloqning retikuloendotelial sistemalari (RES) hujayralariga o’tadi. Gemoglobin metgemoglobin (Fe3+) ga oksidlanadi va shundan so’ng parchalanishga uchraydi. Buning natijasida gaptoglobin ajralib, qonga o’tadi. RES hujayralarida gemoglobin parchalanishining birinchi bosqichi amalga oshadi va u bilirubin hosil bo’lishi bilan boradi.
Dastavval gemoksigenaza ta’sirida ikkita yonma-yon pirrol halqani birlashtiruvchi gemning α-metin ko’prikchasining oksidlanishli parchalanishi amalga oshadi. Gemning halqali strukturasi buziladi va verdoglobin hosil bo’ladi. Verdoglobin tarkibidagi temirni ajratadi, temir transferin tashuvchi oqsili bilan bog’lanib, qon orqali suyak iligi va globinga yetkazib beriladi. Globin taloqning katepsinlari yordamida aminokislotalargacha parchalanadi. Verdoglobinning ochilgan tetrapirrol zanjiri biliverdin (yashil rangli o’t pigmenti) deb ataladi. Biliverdinning qaytarilishidan bilirubin – qizg’ish-sariq rangli pigment hosil bo’ladi.
Bilirubin – suvda yomon eriydigan birikma, shu sababli u qonga o’tganda plazma oqsili albumin oqsili bilan bog’lanadi. Albumin-bilirubin kompleksi o’t pigmentining muhim normal transport shakli hisoblanadi. U albumindan ajralib, lipofil modda sifatida jigar hujayralarining membranasi orqali oson kira oladi.
Jigar hujayralari ichida gemproteidlar almashinuvining ikkinchi bosqichi amalga oshadi. Jigarda bilirubinning kon’yugirlangan shakli – bilirubinglyukuronidlar hosil bo’ladi. UDF-glyukuron kislota glyukuron kislotaning donori vazifasini bajaradi. Reaktsiya UDF-glyukuronoziltransferaza bilan katalizlanadi. Natijada bilirubinmonoglyukuronid (20%) va bilirubindiglyukuronid (80%) hosil bo’ladi. Bilirubinglyukuronidlar – suvda yaxshi eriydigan birikmalar.
Bilirubinglyukuronid juda kam miqdorda qon tomiri kapillyarlariga o’tishi mumkin. Shu sababdan qon plazmasida bilirubinning ikki xil shakli: kon’yugirlanmagan (bilvosita yoki erkin) va kon’yugirlangan (bevosita yoki bog’langan) uchraydi. Qon plazmasidagi umumiy bilirubinning 75% erkin va 25% bog’langan bilirubinga to’g’ri keladi.
Bilirubinglyukuronidlar o’t bilan birgalikda ichakka tushadi va u yerda gemproteidlarning yakunlovchi 3-bosqichi amalga oshadi. O’t yo’llarida glyukuron kislota bilirubinglyukuronidlardan ajraladi va yana qaytadan kon’yugirlanmagan (erkin) bilirubin hosil bo’ladi. Ingichka ichakda bilirubinning ozroq qismi so’rilishi va qopqa vena orqali yana qaytadan jigarga tushishi va u yerdan yana o’t bilan ichakka ajralishi mumkin. Balki bu jigar-ichak sirkulyatsiyasi o’t kislotalar sirkulyatsiyasi singari biologik ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Bilirubinning asosiy qismi ichak bakteriyalari yordamida ko’p marotaba qaytarilishga uchraydi. Ingichka ichakda bilirubin mezobilirubinga, undan esa mezobilirubinogen (urobilinogen)ga aylanadi. Mezobilirubinogen (urobilinogen) ingichka ichakda so’riladi va qopqa vena orqali jigarga tushib, urobilinogen mono- va dipirrollarga qaytmas bo’lib parchalanadi. Parchalanmagam urobilinogen yana o’t bilan ichakka tushadi. Yo’g’on ichakda mezobilirubinogen sterkobilinogengacha anaerob bakteriyalar yordamida qaytariladi, u ham urobilinogen kabi rangsiz bo’ladi. Sterkobilinogenning asosiy qismi axlat bilan birga ajraladi va havo kislorodi bilan tez oksidlanib, sterkobilin – to’q sariq rangli pigmentga aylanadi.
Kam miqdordagi sterkobilinogen to’g’ri ichakda so’riladi, gemmoroidal venalar orqali qon bilan buyrakka boradi va siydik bilan birga ajraladi. Siydikdagi sterkobilinogen axlatdagi singari sterkobilinga oksidlanadi va somon sariq rangli siydik hosil bo’ladi. Ilgarilari siydik tarkibida sterkobilin rangi bilan o’xshash urobilinga oksidlanadigan urobilinogen (nomi ham shundan kelib chiqqan) ajraladi deb hisoblangan. Normada urobilinogen siydik bilan ham axlat bilan ham ajralmaydi.
Demak, normada gem parchalanishining oraliq mahsuloti – bilirubin qonda to’planmasdan jigar hujayralari bilan tezda qamrab olinadi. Qondagi bilirubin miqdori uning shakllarini nisbatiga qarab bir tomondan RES hujayralarida gemproteidlarning parchalanish tezligi, ikkinchi tomondan jigarda bilirubinning aylanishi to’g’risida fikr yuritish mumkin. Normada qon zardobidagi umumiy bilirubin miqdori 8-20 mkmol/l ni tashkil etadi (ulardan 75% bog’lanmagan, ya’ni erkin bilirubin).
Bilirubinning oxirgi mahsuloti – sterkobilinogen odamda asosan axlat bilan (taxminan sutkasiga 300 mg) va kam miqdorda siydik bilan sutkasiga 1-4 mg atrofida ajraladi. Axlat va siydik bilan ajraladigan pigmentlar tarkibiga ichak mikroflorasining holati tas’sir etadi. Chaqaloqlarda ichak mikroflorasi bo’lmaganligi sababli ajralayotgan bilirubin yashil rangli pigment biliverdingacha oksidlanadi, shuning uchun ularning axlati yashil rangli bo’ladi.

Download 94,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish