1–misol. Ba’zi funksiyalarni qo’llanishiga misollar.
Funksiya
Qiymati
Funksiya
Qiymati
Funksiya
Qiymati
abs(-5)
5
abs(-4.9)
4.9000000000e+00
abs(4.9)
4.9000000000e+00
sqr(4)
16
sqr(2.5)
6.2500000000e+00
Sqrt(16)
4.0000000000e+00
sqr(-4)
16
Sqr(0.0)
0.0000000000e+00
Sqrt(0.16)
4.0000000000e–01
sqr(0)
0
Sin(0)
0.0000000000e+00
Sin(1)
8.4147098481e–01
trunc(5.3)
5
Int(5.3)
5.0000000000e+00
Int(5)
5.0000000000e+00
trunc(–5.3)
–5
Int(–5.3)
–5.0000000000e+00
frac(5.3)
3.0000000000e–01
Round(5.49)
5
frac(–5.3)
–3.0000000000e–01
frac(5)
0.0000000000e+00
Round(5.5)
6
Odd(5)
TRUE
Odd(–5)
TRUE
Round(–5.49)
–5
Odd(4)
FALSE
Odd(–4)
FALSE
Round(–5.5)
–6
Odd(0)
FALSE
Chr(65)
‘A‘
Chr(97)
‘a‘
Ord(‘A‘)
65
Ord(‘a‘)
97
Matematik formulalarda ko‘p ishlatiladigan π sonini ifodalash uchun Paskalda maxsus Pi o‘zgarmas (konstanta) ajratilgan (Pi=3.1415…).
Paskal dasturlash tilida algebraik ifodalar arifmetik amal belgilari yordamida bog‘langan o‘zgarmaslar, o‘zgaruvchilar va funksiyalardan tashkil topadi. Algebraik ifodalar bir satrda yoziladi, ya’ni satrdan pastga tushirib yoki yuqoriga ko‘tarib yozish mumkin emas. Masalan, 3ab2ifoda Paskalda 3*a*sqr(b) yoki 3*a*b*b kabi, ifoda a/sqr(b) yoki a/(b*b) kabi yoziladi.
Ifodalarni yozishda amallarni bajarish tartibini ko‘rsatish uchun faqat oddiy qavslar ishlatiladi. Qavs ichidagi amallarni bajarish chapdan o‘ngga qarab, matematikada qabul qilingan tartibni saqlangan holda ketma-ket amalga oshiriladi:
Masalan, arifmetik ifodani Paskaldagi yozilishi(a+b)/c kabi bo‘lib, uni hisoblashda dastlab qavs ichidagi amal, ya’ni a+b bajariladi, so‘ngra natija cga bo‘linadi. Amallar bajarilish tartibi ham qavslar yordamida tartiblanadi: ifodani Paskalda sqrt(sqr(a) – sqr(b)) kabi, |x + tgx| ifoda abs(x + tan(x)) ko‘rinishida yoziladi.
2–misol. R va H o‘zgaruvchilarning ma’lum qiymatlarida ifodaning qiymati hisoblansin:
Bu ifoda Paskalda Pi*sqr(r)*h/3 kabi yoziladi. Bunda amallar quyidagi tartibda bajariladi:
sqr(r)
Pi*sqr(r)
Pi*sqr(r)*h
Pi*sqr(r)*h/3
Albatta, ikkita arifmetik amal ketma-ket kelganda ifodani qavs bilan yozish mumkin. Masalan: 5*(–1) yoki a+(–b).
Ba’zi hollarda Paskal dasturlash tilida yozilgan ifodani odatdagi matematik ko‘rinishda yozish talab etiladi. Masalan, Paskal dasturlash tilida yozilgan 0.5*(sin(x)+cos(x)) ifoda matematik ko‘rinishda quyidagicha bo’ladi:
Paskalning standart funksiyalari barcha matematik amallarni o‘z ichiga olmagan. Shu sababli ba’zi matematik amallarni Paskalning bir nechta standart funksiyasi orqali yoki bitta standart funksiyani bir necha marta qo‘llash orqali ifodalashga to‘g‘ri keladi. Masalan, Paskalda sonni ixtiyoriy darajaga ko‘tarish funksiyasi yo‘q. Shuning uchun a3 ifodani Paskalda a*a*a yoki sqr(a)*a kabi, a4ifodani esa a*a*a*a yoki sqr(sqr(a)) yoki sqr(a)*sqr(a) kabi yozish mumkin.
Umuman, ab(a>0) ko‘rinishdagi ifoda uchun matematikada ab = eb·ln a formula o‘rinli. Shuning uchun Paskalda ab(a>0) ifoda exp(b*Ln(a)) ko‘rinishda yoziladi.
3–misol. algebraik ifodani Paskaldagi ko‘rinishini yozing.
Yechish: Bu ifodani Paskalda bir necha xil usulda tasvirlash mumkin. Shulardan bittasi quyidagicha:
(x-y)/(exp(5*ln(x))-sqr(y)*y).
Shuni yodda tutingki, Paskal dasturlash tilidagi standart funksiyalari argumenti doimo qavs ichida yoziladi!
IV. Mustahkamlash
Savol va topshiriqlar Qanday funksiyalar standart funksiya deyiladi?
Standart funksiyalarning odatdagi va Paskalda yozilishining qanday farqi bor?
Algebraik ifodalar nimalardan tashkil topadi?
Biror ifodada bir xil amallar qatnashsa, ularning bajarilish tartibi qanday bo‘ladi?
Amallarni bajarish tartibini o‘zgartirish uchun nimalardan foydalaniladi?