Mavzu: Ma’lumotlarni xotiraga muloqot usulida kiritish operatori mavzusini takrorlash
Maqsad:
Ta’limiy: Ma’lumotlarni xotiraga muloqot usulida kiritish operatorini dasturlash jarayoniga qo`llashni o`rgatish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarga estetik tarbiya berish;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning sodda dasturlar tuzish ko`nikmalarini rivojlantirish.
DTS: Ma’lumotlarni xotiraga muloqot usulida kiritish operatorini dasturlash jarayoniga qo`llay olish.
Dars turi: Takrorlash darsi
Dars o`tish metodi: Aqliy hujum, aralash, interfaol.
Dars jihozi: Tarqatma materiallar, 9-sinf darsligi, jadvallar.
Texnik jihozlar: Kompyuter, multimedia vositalari, slaydlar, proektor.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy davr
1) salomlashish; 2) davomatni aniqlash.
II. Takrorlash
Read, Write so‘zlari qanday ma’no beradi?
Ma’lumotlarni muloqot usulida kiritish operatorining vazifasini tushuntiring.
Nima uchun bu usul ma’lumotlarni muloqot usulda kiritish deb ataladi?
Ma’lumotlarni kiritish operatorlarining farqi nimada?
O‘zgaruvchilarga qiymat berishda kiritish operatorining qulaylik tomonini izohlang.
Kiritish operatoridagi qiymat berilayotgan o’zgaruvchini qanday usulda bilish oson?
Natijani ko’rib olishda Readln operatori beradigan qulaylikni izohlang.
III. Yangi mavzuni o`rganish
1. Quyidagi dasturda a o’zgaruvchining “ozod”; “obod” qiymatlarini xotiraga qulay usulda kiritib natija oling.
Var a, b, g: string;
Begin
b:= ‘Bizdan ‘; g:= ‘ vatan qolsin!‘;
write(‘a ning qiymatini kiriting =>’); readln(a);
write(b, a, g); readln;
End.
2. Quyidagi dasturdagi so’roq belgisi o’rniga joriy yilni m o’zgaruvchi yordamida kiriting va mustaqilligimiz bilan tabriklovchi natija oling.
Var a, b, g: string; m: word;
Begin
write(‘Joriy yilni kiriting: ‘); readln(m);
a:= ‘Mustaqillikning ‘; g:= ‘ yilligi bilan ‘; b:=’tabriklaymiz!‘;
writeln(a); writeln(m–1991, g); write(b); readln;
End.
3. Agar jismga ta’sir etayotgan kuch F, olgan tezlanishi a bo’lsa, quyidagi qiymatlarda jismni massasini hisoblash dasturini kiritish operatoridan foydalanib tuzing (yo’llanma m=F/a) va natijalar oling.
a) F=15, a=55; b) F=55, a=15; d) F=10, a=100; e) F=100, a=10;
var a,f: byte; m: real;
begin
write(‘F ning qiymatini kiriting =’); readln(f);
write(‘a ning qiymatini kiriting =’); readln(a);
m:=f/a;
writeln(‘Jismning tezlanishi a=’, a);
readln;
end.
4. a=19, b=2, d=1950 qiymatlarni xotiraga qulay usulda kiritib quyidagi ifodalarning qiymatini hisoblash dasturini tuzing.
a) ; b) ; d) ; e) .
Var a,b,d,y: integer;
t,s,n: real;
begin
write(‘a=) ; readln(a); write(‘b=) ; readln(b); write(‘d=) ; readln(d);
y:=a+b*b+a+d; t:=sqrt(a+b)-exp(ln(d-a)/3); s:=b*sin(a)+sin(d); n:=pi*d*d+a*b;
writeln(‘y=’,y); writeln(‘t=’,); writeln(‘s=’,s); writeln(‘n=’,n) readln;
end.
5. Tomonlari a, b, c bo‘lgan uchburchakning yuzini hisoblash dasturini kiritish operatoridan foydalanib tuzing va natijalar oling.
a) a=5, b=7, c=4; b) a=8, b=6, c=10; d) a=3, b=4, c=5; e) a=10, b=8, c=10;
var a,b,c: integer;
p,s: real;
begin
write(uchburchak tomonlari uzunliklarini kiriting: a,b,c=); readln(a,b,c);
p:=(a+b+c)/2; s:=sqrt(p*(p-a)*(p-b)*(p-c));
writeln(‘S=’,s); readln;
end.
7. funksiyaning qiymatini x ning –5, –4, –3, –2, –1, 0, 1, 2, 3, 4, 5 qiymatlarini xotiraga qulay usulda kiritib hisoblash dasturini tuzing va natijalar oling.
Var x,y: integer;
Begin
Write(‘x=’); readln(x); y:=21*x*x+7*x+1963;
Writeln(‘y(’,x,’)=’;y);
Readln;
End.
Do'stlaringiz bilan baham: |