298
299
tiliga ag‘darganimdan, undan saboq olganimdan o‘zimni behad
baxtiyor hisoblayman. Bundan tashqari, o‘sha yillar shunisi bilan
esda qoladiki, men shu bahonada Abdulla Qahhordek oqilu dono,
hozirjavob, bir so‘zli, hatto tili hiyla achchiq, ayni zamonda bag‘ri
keng, odamshavanda inson bilan do‘stlashdim...
»
Adibning umr yo‘ldoshi Kibriyo Qahhorova u haqda: «
Biror
yozuvchi yoki shoir o‘zbek tilining nazokatini buzsa, ming yaqin,
jonajon do‘sti bo‘lsa ham uni ayab o‘tirmasdilar. Abdulla Qahhor
faqat o‘zigagina emas, hatto tengqurlari, qalamkash do‘stlariga
nisbatan ham talabchan edilar. Eng avvalo, o‘zlari yozadigan har
bir so‘zni fikr tarozusida obdon o‘lchardilar
»
133
, – deb yozgan edi.
Alohida e’tibor berish lozimki, muayyan adib haqida turli
mashhur kishilar aytgan fikrlar o‘quvchi ruhiyatiga kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. S. Zaligin: «
Buyuk odamlar bizning ma’naviy olami mizga
uzluksiz ta’sir o‘tkazib turadi
», – degan edi
134
. Mashhur kishilar, ta-
niqli shaxslar, ayniqsa, yirik olimlar va yozuvchilar o‘quvchi yosh-
lar uchun hamma vaqt namuna maktabi bo‘lib kelgan. Bunda, ay
-
niqsa o‘quvchilar uchun o‘z millatdoshlarining fikrlari kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan A. Qahhor haqida adabiyot shunos
O. Sharafiddinov, M. Qo‘shchanov,
Leonid Lench, Konstantin
Simonovlarning fikrlarini keltirish o‘rinli bo‘ladi. Bu o‘quvchilar
uchun tasdiqlovchi omil vazifasini o‘taydi.
Bundan tashqari, muayyan san’atkorga daxldor turli ilmiy va
badiiy asarlardan qaydlar tarjimai holni yana ham boyitadi.
Ijodkor
faoliyatining davrlari haqida, u yaratgan asarlar to‘g‘risida beri
-
ladigan ma’lumotda xilma-xil manbalardan ko‘chirmalar keltirila
-
di, ayrim parchalar aks ettiriladi, zamondoshlari xotiralaridan
lavhalar, adabiy tanqidchilar fikrlaridan misollar beriladi, adibning
buyukligi, o‘ziga xosligi, asarlarining jahon adabiyotida tutgan
o‘rni, estetik qimmati yoritiladi.
V. G. Maransmanning adib biografiyasi
bilan uning ijodiga
beri
ladigan sharh oldinma-keyin emas, balki qo‘shib bayon etilishi
kerak degan fikri e’tiborga molikdir. Chunki olimning uqtirishi
-
cha, yozuv chi biografiyasini o‘rganishdagi estetik vazifa san’atkor
133
Sharafiddinov O. Birinchi mo‘jiza. – T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979.
282-b.
134
Залыгин С. Культура и личность // Собеседник: Литературно-критический
ежегодник. – М., 1987. – Вып. 8. – С. 6.
299
tomonidan san’at asarida hayot qanday mujassamlashtirilganini
ko‘rishdan iboratdir. Maktabda yozuvchining
hayoti haqidagi
gapni ijodini o‘rganishdan ajratib qo‘yganda asaridan keltirilgan
parcha tushunarsiz bo‘lib qoladi. V. G. Maransmanning fikricha,
san’atkorning hayoti bilan ijodini ayrim-ayrim bo‘lib o‘rganish
o‘quvchilar ongida san’atning hayotdan uzib qo‘yilishiga olib
keladi. Basharti, biografiyasi avval, ijodi keyin joylashtirilsa, bi
-
rinchisi mazmunsiz bo‘lib qoladi, chunki undan san’atkorning ha-
yot ma’nisi, baxti va tashvishlarini tashkil etuvchi zamin chiqarib
tashlangan bo‘ladi. Yozuvchining hayoti haqidagi gaplar faktlar
to‘plami va sanalar ro‘yxati bilan almashtirib qo‘yiladi yoki hayot-
ni maishiy turmushga olib borib taqab qo‘yadigan biografizm tikla
-
nadi. «
Do'stlaringiz bilan baham: