jada fojiali bo‘lmasin, yumor, hazil-mutoyiba, askiya unsurlari,
so‘z o‘yinlaridan unumliroq foydalanishga harakat qilaman...
«
137
.
Nihoyat, aytish joizki, biografik ocherkning tili nisbatan sodda
bo‘lishi kerak.Tarjimai hol sermazmun bo‘lishi bilan bir qatorda
hajm jihatdan katta bo‘lib ketmasligi, o‘quvchilarning imkoniyat
doirasidan chetga chiqmasligi, ularni zo‘riqtirishga olib kelmas
-
ligi, o‘ta zarur ma’lumotlar bilan qurollantirishni ko‘zda tutmog‘i
lozim.
136
Usmonov R. K. Yuqori sinflarda yozuvchi biografiyasini o‘rganish. – T.:
«O‘qituvchi», 1969. 37 – 38-b.
137
Kattabekov A., Raxmonov V. O‘zbek adabiyoti. 8-sinf uchun darslik-majmua.
– T.: «O‘qituvchi», 1993. 195-b.
301
Adib hayoti va ijodining ilmiy bayoni:
a) muayyan adibning yozuvchi va mutafakkir sifatidagi mav
-
qei;
b) yashagan davrida tutgan o‘rni;
v) ijodkor uslubi va uning shakllanishi;
g) adibning milliy-ijtimoiy tafakkuri va adabiyot taraqqiyotiga
qo‘shgan hissasi;
d) uning umumjahon badiiyati va tafakkuri rivojiga munosa
-
bati;
e) milliy g‘oya va milliy qadriyatlar tarkibidagi o‘rni singari
masalalardan tashkil topsa, o‘quvchi e’tiborini jalb etishga yordam
beradi.
Adiblarning tarjimai holini keng miqyosda, batafsil o‘rganish
VIII sinflardan boshlab amalga oshirilishi kerakligi metodist-olim
-
lar tomonidan ta’kidlangan. Bu yoshdagi o‘quvchilarga xos bo‘lgan
inson shaxsini o‘rganishga qiziqish quyidagilarga asoslanadi:
– iste’dodining rivojlanishi;
– qalbining ulug‘vorligi;
– tabiatga munosabati;
– insonga munosabati.
Yoshlarning komil inson sifatida shakllanishida milliy
an’analar, qadriyatlar, ma’naviy boyliklar, davr ijtimoiy hayo-
tining roli beqiyosdir. Shu bois tarjimai hollar mazmuni qanday
bo‘lishidan qat’i nazar birinchi navbatda adibning o‘zi haqidagi
hikoyasi bilan ijodi to‘g‘risidagi maqola qo‘shilgan holda berilishi
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Masalan, O‘tkir Hoshimov shunday yozadi: «
Men 1941-
yil 5-avgustda Toshkent biqinidagi Do‘mbirobod qishlog‘ida
tug‘ilgan ekanman. Qishloqda, tag‘in, poytaxt biqinidagi qishloq-
da tug‘ilganim taqdirning hadyasi bo‘lsa ajab emas. Negaki, ijod-
korda qishloqning qalbi, shaharning aqli bo‘lishi kerak.
Oilamizda bir qiz, to‘rt o‘g‘il bor edik. Men uchinchi o‘g‘il
edim…
Otamdan qattiq hayiqar edik. Otam biron marta ham bi-
rontamizni bir tarsaki urgan emaslar. Otani qattiq izzat qilishni
onam o‘rgatganlar: «Hozir adang keladilar, uyni supurib qo‘y»,
«Adang ni jahllari yomon, tinch o‘tiringlar», «Adangni ketmoniga
tegma», «Adangni soatiga qo‘l tegizma…» Bilmadim, balki hozir-
302
303
gi – zamonaviy oilalarga bizning holat «feodallik» bo‘lib tuyular.
Ammo biz ning oilamizda ota shaxsiga sig‘inish farzandlarga ziyon
keltirganini eslay olmayman…
Yetti yoshga to‘lar-to‘lmas, akalarimga ergashib,
Do‘mbiroboddagi maktabga bordim. Bu – yetti yillik maktab edi.
Uni bitirib, ancha naridagi «katta» maktabda o‘qishni davom et-
tirdim. «Ikki eshik orasi» romanida Muzaffarning «katta maktab»ga
borishi, «Alvasti ko‘prik», Bo‘rijar manzaralari o‘sha palladagi
kuzatuvlar hosili bo‘lsa ajabmas. Urushdan keyingi og‘ir yillar
edi. O‘qituvchilarda ham, o‘quvchilarda ham allaqanday fido-
yilik bor edi… O‘qituvchilarimiz biz uchun namuna edi. Kiyinishi
Do'stlaringiz bilan baham: |