O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Maktabda yozuvchi biografiyasini o‘rganish faqat ma’rifiy-
axloqiygina emas, balki estetik maqsadlar uchun ham zarur. Ras-
som (san’atkor) ko‘rganlarini o‘z idrok qirrasi orqali o‘tkazadi. 
Muallif shaxsining ana shu qirralarini ko‘rmasdan turib, asarni 
tushunish qiyin. Tomoshabin, tinglovchi, kitobxon badiiy asardan 
uning oldiga zamon, odamlar yuragi qo‘ygan murakkab savollarga 
javob qidiradi. San’atkor xohlasa-xohlamasa, o‘z suhbatdoshining 
savollariga javob qaytaradi. Agar o‘quvchi darsda san’atkorning 
ichki olami bilan tanishsa, ovozining betakrorligini anglab yet-
sa, yozuvchi bilan so‘zlashuv behad chuqur, hayajonli va to‘g‘ri 
bo‘ladi. Mutlaqo notanish shaxs bilan suhbatlashish mushkul, 
shuning uchun biografik ma’lumot badiiy asar tahlilida tabiiy va 
zaruriy tayanch bo‘lib qoladi
»
135
.
Adibning hayoti va ijodiy faoliyatini darsliklarda beriladigan 
tarjimai hollar yordamida o‘rganish ta’lim jarayonini to‘liq qam-
rab olmaslikdan iborat bir yoqlamalilikka sabab bo‘ladi. Ayrim 
ma’lumotlarni eshitish mashqlari sifatida taqdim etish, ba’zilarini 
ma’ruza sifatida o‘quvchilarga yetkazish (yozuvchi yoki shoirning 
tug‘ilgan kuni munosabati bilan tashkil etiladigan adabiy kechalar 
dasturiga kiritiladi, devoriy gazetalarda beriladi), kinoko‘rsatuv, 
diafilm, videofilm va boshqa materiallardan foydalanish yo‘li bilan 
ham o‘rganish mumkin. Bular biografik ma’lumotlar mazmunini 
kengaytiradi.
R. Usmo
novning ta’kidlashicha: «
O‘quvchilar yozuvchi biog-
rafiyasini o‘rganish orqali san’atkorning ijodiy takomiliga ta’sir 
135
Маранцман В. Г. Биография писателя в системе эстетического воспитания 
школьников. – Москва: «Просвещение», 1965. – С. 73.


300
301
etgan fakt va hodisalarni hamda ularning yozuvchi asarlarida 
qanday aks ettirilganini, shuningdek, asarlarining yaratilish 
tarixi, ularga singdirilgan g‘oyaviy fikrlar, yozuvchining asar 
ustida olib borgan ishlari, uning bu ijodiy mahsuli zamondoshlari 
tomonidan qanday kutib olingani va keyingi davrlar uchun 
qanchalik ahamiyatli ekanligini tushunib oladilar
»
136
. Ixchamlik 
uchun tarjimai hol yozuvchining o‘rganiladigan asari bilan 
bog‘liq faoliyat davrini yoritadigan qisqa ocherk tarzida tavsiya 
etilishi ham mumkin. Tarjimai holni bayon etish shakli ham 
muhim masala. Yozuvchi biografiyasi o‘rniga uning o‘zi haqidagi 
hikoyasidan, xatidan yoki biografik asaridan parcha bergan ham 
ma’qul. «Adabiyot» darsliklaridagi aksariyat tarjimai hollar 
(asosan XX asr o‘zbek adabiyoti namoyandalari haqida) shunday 
hikoyalardir. Bunday paytda ilmiy maqola o‘rnini badiiy matn 
egallaydi, natijada biografik ma’lumotlarni o‘rganishning estetik 
qiymati ta’minlanadi.
Adibning o‘zi haqidagi hikoyasida ko‘proq tarixiy davr, ta-
rixiy voqealar bilan bog‘lab o‘z mehnat faoliyati yoritiladi. Ijodiy 
faoliyati, badiiy mahorati haqida esa juda kam so‘z yuritiladi. Bun-
day so‘z yuritilgan o‘rinlar ba’zan hisobotga o‘xshab ketadi.
Ba’zan yozuvchi o‘z uslubining farqli xususiyatlarini aytib 
o‘tadi. Masalan, Sharof Boshbekov shunday deydi: «
Har bir yo-
zuvchining qandaydir o‘zigagina xos jihati bo‘ladi. Kimdir syujet 
topishga usta, kimdir noyob xarakterlar yaratishga mohir, boshqa-
lari asar voqealarini zargarona terishda tengi yo‘q. Mening eng 
yaxshi ko‘rgan qurolim – yumor. Asar qanday janrda yozilmasin, 
voqealar qanchalik jiddiy, qahramonlarimning taqdiri qay dara-

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish