6-seminar
Mavzu: Islomda oila masalasi
Islom dinida nikoh tushunchasi bor. “Jinsiy aloqa” ikki jins vakillarining o’zaro roziligi asosida tuzilgan ittifoq. Nikoh oilaning vujudga kelishida birdan-bir asos bo’lgani bois u faqat axloq normalari bilan emas, balki qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Nikohni odamlar orasidagi eng muqaddas rishtadir. Olloh taolo o’z joniga munosib va xamdu sanolar bo’lsin. Nikoh mening sunnatimdir kim mening sunnatimdan yuz o’girsa mendan emas degan. Payg’ambarimiz (s.a.v) ga salovotlar bo’lsin.
Musulmonlar bu nozik ishda ham o’z holisalari, butun olam tarbiyasi bo’lgan. Olloh subhanollohu taoloning amriga uning rasuli Muhammad (s.a.v) ning sunnatlariga qat’iy amal qiladilar.
Olloh taolo olamdagi barcha narsalarni juft-juft qilib yaratgan.
Bu haqda Qur’oni karimda alohida oyatu-karimalar nozil qilgan. Jumladan : “Sizlar eslatma olishlaringiz uchun biz har bir narsani juft-juft qilib yaratdik.”
Jaraiyat surasi 49-oyat.
Hozirgi kunda ba’zi holatlarda o’z boshimchalik bilan nikoh shartlarini so’rab-surishtirmay yoshlarga nikoh o’qishni natijasida yosh oilalar ajrashib bir umrga bebaxt bo’lib qolmoqda.
Yoshlarimiz arzimagan mojoto tufayli o’z jufti haloliga nisbatan taloq lufzni ishlatib qo’ymoqdalar. “Taloq” so’zi aytilganda Ollohning arshi larzaga keladi. Shariy nikoh fosid bo’lib er-xotin bir-biriga xarom bo’lib qoladi. Taloq Olloh yomon ko’rgan halollaridan bo’lib u oxirgi chora sifatida joriy qilingandir. Payg’ambar allayhisalom marxamat qilganlar: “Halollar narsalar ichida Olloh uchun eng yomoni taloqdir.
Olloh taolo nikohlarimizni mustahkam, oilalarimizni tinch-totuv qilsin. Shar’iy va islomiy odob ahloqlariga rioya etnog’imizni nasib aylasin.
2.Farzandlar uvoli
Tug’ilajak farzand har qanday onaning qalbni yumshatib, mehrni uyg’otadi. Ayol farzandiga boqqanda o’zini dunyodagi eng qudratli inson deya his qiladi.
Shu lahzada undagi munis sahovatli bo’ladi. Bu qadar ulkan baxtdan quvonchi yorug’ dunyoga sig’maydi. Hozirgi kunda ota-onalar ma’lum bir kelishmovchiliklar tufayli ajrashib ketishyapti. Bunda esa farzand tirik yetim bo’lib qolmoqda. Yoshlikdan yoki otasiz yoki onasiz o’sgan bolalarning ko’ngli yarim bo’lib ulg’aymoqda. Buni esa ota-onalar oila deb hisoblagan muqaddas dargohga qadam qo’yishdan oldin o’ylashmaydi. To’g’ri ertaga nima bo’lishini hech kim bilmaydi.
1-mashq
Islom dinida oila muqaddas sanalib, unga bo’lgan e’tibor va e’tirof katta.
Qur’oni karimda oilaning munosabatlari sofligiga bag’ishlangan bir nechta oyatlar mavjud.
Islom dinida oila muqaddas sanalib, biz ushbu haqiqatni e’triof etgan holda turmush quris, oila tebratish va farzand tarbiyasi kabi muhim vazifalarda diniy ishlarda milliy an’analarimizga rioya qilish bilan birga mamlakatimizda amalda bo’lgan qonun-qoidalarga amal qilishimiz zarur.
2-mashq
Oilaviy hayotning umumuiy masalallari haqida misollar keltiring.
Farzandning burchlari
Har bir farzandning ota-onasiga mos bo’lishi ota-onasini qarigan chog’ida moddiy va ma’naviy jihatdan ko’maklashishi kerak. Ota-ona farzandini dunyoga keltiradi. Uni voyaga yetkazib o’z o’rnini topguniga qadar uni hamma ehtiyojalrini qondiradi. Xullas uni yetuk va komil inson qilib tarbiyalaydi.
Qarigan chog’ida ota-onasiga tirgak bo’lishi esa har bir farzand burchi hisoblanadi.
2. Ota-onaning qadr qimmati
Ota-ona har birimiz uchun muqaddas inson hisoblanadi. Ota o’z farzandini tarbiyalab unga hamma narsani o’rgatadi. Uni hamma narsa bilan ta’minlaydi. Ona esa uni tarbiyalab otasiga mos farzand qilib ulg’ayishi uchun o’z hissasini qo’shadi. Ota-onalarimiz biz uchun qadrli va aziz insonlardir. Ularni avaylab asrash ularga mos farzand bo’lish bizni burchimiz hisoblanadi.
3. Oilaning muqaddasligi
Oila deb qon qarindoshimiz yoki birga istiqomat qilish orqali bog’langan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Oila- nikoh yoki tug’ishganligiga asoslangan kcihik guruh hisoblanadi. Uning a’zolari ro’zg’ori birligi o’zaro yordami va ma’naviy masulyati bilan bir-biriga bog’langan oilaning eng muhumi vazifalari inson zotini davom etishdan bolalardan turmush sharoitini va bo’sh vaqtini samarali uyushtirishdan iborat.
4. Farzand tarbiyasi
Farzand tarbiyasi uchun ota-onaning ro’li juda katta. Ular birgalikda farzandlarini katta jamiyatimizga foydasi tegadigan komil va yetuk inson qilib tarbiyalashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |