317
biri bilan musobaqalashadilar. «Bahru bayt» musobaqalarida ham
o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linib ish yuritadilar. Ma’lumki, har qan-
day bola bella
shishni, bellashuvda g‘olib bo‘lib g‘alaba nashidasini
tuyishni istaydi. Mazkur musobaqa darslari o‘quvchilarni topqir
-
likka, tez fikrlashga, yo‘naltiradi, musobaqa jarayonida o‘zlarini
ixtiyoriy ravishda ham aqlan, ham ruhan zo‘riqtiradilar. Bu ularn-
ing ma’naviy kamolotiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
15. Konferensiya darslari.
Darslarning mazkur shakli
ta’limning yuqori bosqichida xronologik tartibda tashkil etiladi.
Unda o‘quvchilar o‘rganilgan rukn mazmuniga doir materiallarni
o‘zlari tanlaydilar va shu asosda ma’ruza matnlari tayyorlaydi-
lar. Buning uchun qo‘shimcha adabiyotlarga
murojaat qilinadi,
ma’ruzalar ilmiylik kasb etishi taqozo qilinadi. Konferensiya
darslarini dars turlariga ham, didaktik o‘yinli darslar sirasiga ham
kiritish mumkin. Konfe rensiya darslari o‘quvchilarning bilimlarni
o‘zlashtirishini faollashtirish, dunyoqarashini kengaytirish, ularni
qo‘shimcha materiallar bilan tanishtirish, ilmiy va ilmiy-ommabop
adabiyotlar, lug‘atlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivo-
jlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘qituvchi konferensiya darslarini tashkil etishdan avval
dars mavzusi, maqsad va vazifalarini aniq
belgilab olishi, mav-
zuga oid adabiyotlar ro‘yxatini tayyorlashi talab etiladi. Mazkur
darsni o‘tkazishdan o‘n-o‘n ikki kun oldin o‘quvchilarga dars
yo‘nalishi, mavzusi e’lon qilinadi, unga tayyorgarlik ko‘rish uc
-
hun zaruriy adabiyotlar tavsiya etiladi. Didaktik o‘yinlar asosiga
quriladigan darslarda har soha bo‘yicha belgilangan «mutaxassis
-
lar» o‘z «rol»larini o‘z imkoniyatlari va bilimlariga tayangan holda
o‘zlari tanlaydilar. Bu har bir o‘quvchini o‘z qiziqishi, qobiliyati,
iqtidori va imkoniyatini chamalashga o‘rgatadi. Darsga tayor
-
garlik davrida ham, bevosita dars jarayonida ham o‘qituvchining
rag‘batlari o‘quvchilarni muvaffaqiyatga yo‘llovchi omil ekanligi
unutilmagani ma’qul. Bu jarayonda o‘qituvchining o‘quvchilarga
ko‘rsatadigan yordami juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi
maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi o‘zining yordamlari faqat
va faqat yo‘naltirish asosiga qurilishi lozimligini unutmasligi ker-
ak.
Ilmiy konferensiya darslarini tashkil
etishda quyidagilarga
amal qilinadi:
318
319
– o‘qituvchining kirish so‘zi. Bunda o‘qituvchi dars mavzusi,
maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «mutaxassislar»
bilan tanishtiradi;
– ilmiy ma’ruzalarni tinglash. «Mutaxassislar»ning mazkur
mavzu yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini ko‘rgazmali qurollar
asosida bayon etadilar;
– ma’ruzalar muhokamasi. «Mutaxassislar» bilan «oppo-
nentlar» (sinfdagi boshqa o‘quvchilar) o‘rtasida mavzu yuzasidan
bahs-munozara, savol-javoblar o‘tkaziladi;
– ilmiy konferensiya yakuni. O‘qituvchi
mavzu yuzasidan
eng muhim tushuncha va g‘oyalarni ta’kidlaydi, konferensiyani
yakunlaydi;
– o‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan «muta
-
xassis» va «opponent»lar rag‘batlantiriladi, yutuq va kamchiliklar
tahlilga tortiladi, qatnashchilar baholanadi.
Konferensiya darslari sinfdagi barcha o‘quvchilarning bilim
-
larni o‘zlashtirishidagi faolligini ta’minlaydi.
16.
Nazm darslari.
Bunday darslar o‘quvchilarda she’riy asar
-
larni tushunish, ularni ifodali o‘qiy bilish ko‘nikmalarini shakllan-
tirish, badiiy so‘zga, she’riyatga muhabbat uyg‘otish
maqsadida
tashkil etiladi. Nazm darslarida ham o‘quvchilar she’riy asarlar
tahlili ustida u yoki bu darajada ish olib boradilar. She’riyatning
sir-sinoatlari bilan tanishadilar. Badiiy so‘zga moyilligi bor
o‘quvchilar o‘zlarining ish namunalaridan o‘qib berishadi.
Muhimi shundaki, ushbu dars shakllarining barchasi zamirida
asarlarning didaktik tahlili yotadi. O‘quvchiga o‘rganish uchun taq-
dim etilgan badiiy asarlar tahlilga tortilmas ekan, ular hech qanday
samara bermaydi. Shu ma’noda badiiy asarlarga yondashishning
o‘ziga
xos xususiyatlari, ulardagi muhimni nomuhimdan farq-
lash, matn mohiyatidagi o‘quvchining e’tibori qaratilsa uning
ma’naviyatida albatta ijobiy iz qoldirishi mumkin bo‘lgan jihatlar
ajratib tavsiya etilsa, o‘qituvchilar adabiy ta’lim amaliyotini tashkil
etishda ularga tayansalar, maktab adabiy ta’limi oldiga qo‘yilgan
vazifalarning bajarilishida muayyan samaraga erishadilar.