O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol va topshiriqlar:
1. Yuqorida mutaxassislar tomonidan asar qahramonlari shax-
siga berilgan tavsiflarga diqqat qiling. Ularga o‘z munosabatingiz
-
ni bildiring. 
2. Istalgan badiiy asarning qahramonlariga o‘zingiz tavsifno-
ma yozing. Qahramonlar tabiatidagi hislatlarni munosib baholash-
ga urinib ko‘ring.
3. Badiiy asarlardan biridagi ikki qarama-qarshi timsolni bir-
biri bilan taqqoslab qiyosiy xarakteritika yozing. Ular tabiatiga xos 
bo‘lgan ijobiy va salbiy hislatlarning sabablari va manbalari haqida 
xolis mulohaza yuriting.
4. Badiiy bitiklarning qahramonlarini baholashda ularga qan-
day yondashgan ma’qul, sizningcha? Nima uchun? 
5. Badiiy asarlarning qahramonlariga xos bo‘lgan «ijobiy» va 
«salbiy» singari tushunchalarga o‘z munosabatingizni bildiring. 
Ularga shunday yondashish mumkinmi? Nima uchun?
6. «Men suygan suyukli» yoki «Do‘stim va muhabbat» mav-
zularidan birida (yoki o‘zingiz istagan biror mavzuda) esse yoz
-
ing. Unda shaxsni tavsiflashga urg‘u bering. Qahramoningiz fe’l-
atvoridagi xususiyatlarni tahlilga torting.


312
313
ADABIYOTDAN DARS SHAKLLARI (TURLARI)
Reja:
1. Adabiyot o‘qitish metodikasi ilmidagi dars shakllari.
2. Dars va uning maqsadiga ko‘ra turlari. 
3. Darsning shakliga ko‘ra turlari.
4. Ularning tasnifi va talqini.
Keyingi vaqtlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsning 
uy vazifasini so‘rash, uni mustahkamlash, yangi darsni tushunti-
rish va uni mustahkamlash, uyga topshiriq berish singari an’anaviy 
tizimiga qat’iy amal qilishdan voz kechilgan. Ayni holat adabiyot 
o‘qitish kechimiga yangicha yondashuvni taqozo etib, muallimlar
-
ni o‘quvchilar faolligini oshiradigan saboq turlaridan foydalan
-
ishga undamoqda. Tashabbuskor adabiyot o‘qituvchilari bugungi 
kunda darsning bir qator yangi shakllari bilan ish olib bormoqdalar. 
Zamonaviy adabiyot saboqlariga tegishli tamoyillarni aniqlash 
uchun, avvalo, darsning o‘zi nima ekani haqida tushunchani yana 
bir marta mustahkamlab olish zarur. 
Dars – 
ta’limning o‘quvchilar 
tomonidan o‘zlashtrilishi lozim bo‘lgan bilim, shakllantirilishi 
zarur bo‘lgan ko‘nikma, malaka, dunyoqarash va axloqiy-este-
tik sifatlarni o‘zlashtirish maqsadida tashkil etiladigan shakli. 
Ta’limning bunday shakli doimiy shug‘ullanadigan o‘quvchilar ja
-
moasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib sinf-dars tizimida qo‘llaniladi
143

Dars maktab
 
da o‘quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli bo‘lib, 
bir xil guruh yoki sinfdagi o‘quvchilar bilan qat’iy jadval asosida 
o‘tkaziladi. Unda ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar amalga oshiriladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinf-dars tizimi jamoaviy o‘qitish 
shakli sifatida alohida ijtimoiy axamiyatga ega. Chunki u maktab 
yoshidagi bolalarga ommaviy ta’lim berishga, o‘quvchilarni ja
-
moaviy va ijtimoiy faollik, milliy g‘oyaga uyg‘un, vatansevarlik, 
insonparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Darsdan maqsad 
o‘quvchilarga bilim berish va ular olgan bilimni amalda qo‘llay 
oladigan darajaga yetkazishga erishish, har bir o‘quvchida komil 
shaxsga xos fazilatlarni shakllantirishdir. 
143
https://ru.wikipedia.org/wiki/


313
Darsning maqsadiga ko‘ra turlari quyidagicha: 
1) mavzuni o‘rganish, umumiy ma’lumotlar bilan tani
 
shish, 
yangi bilimlarni o‘zlashtirish va olingan bilimlarni amaliyotda 
qo‘llash darsi; 
2) o‘tilgan mavzuni mustahkamlash darsi; 
3) o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini tekshirishga qaratilgan 
nazorat darsi; 
4) ikki yoki undan ortiq dars turlarining birga qo‘llanilishidan 
yuzaga kelgan aralash dars. 
Darslar tuzilmasini uning maqsadi va mazmuni belgilaydi. 
Har bir fan yuzasidan tashkil etiladigan darslar o‘quv dasturiga 
mos tarz
 
da o‘tiladi. Dars davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi 
talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etiladi. 
O‘qitish amaliyotida darsning shakliga ko‘ra quyidagi turlari 
mavjud:

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish