O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol va topshiriqlar:
1. Qo‘shimcha adabiyotlardan insholarning turlari haqida 
ma’lumot to‘plang. Topildiqlaringiz bilan bir-biringizning materi-
alingizni to‘ldiring.
2. Insho bilan ijod mahsuli (badiiy bitiklar) mustaqil ish sira
-
siga kiradi. Ularning bundan boshqa yana qanday o‘xshash jihatlari 
bor, nazaringizda?
3. Har ikki mustaqil ish turining farqli jihatlari nimalardan ibo-
rat deb o‘ylaysiz? 
4. «
Masalan, «O‘rtog‘imning tavsifi», «Men suygan suyukli» 
singari mavzulardagi ishlar sir saqlanishi kerak. O‘quvchining 
o‘qituvchiga ishonchi ham uning ijodidagi samimiylikka garovdir
» 
degan fikrga qanday qaraysiz? Bunga qo‘shilasizmi? Buni qanday 
amalga oshirish mumkin deb o‘ylaysiz? 
5. O‘quvchilarning insholarini baholash mezonlarini internet
-
dan toping. Ular haqida fikrlashing.
6. «Onamga badiha» mavzusida esse yozing. Yaratig‘ingizni 
hamkurslaringiz bilan o‘rtoqlashing.


339
O‘QISH TURLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI. 
O‘QISHNING ADABIY TA’LIMDAGI AHAMIYATI. 
Reja:
1.
 
Sinfda o‘qish va uning xususiyatlari. 
2. O‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari va buning o‘ziga xos 
jihatlari. 
3. Sinfdan tashqari o‘qish va uni tashkil etish yo‘llari.
4. Sinfdan tashqari o‘qish nazorati. 
5. To‘garak va uni yuritish talablari, zarur me’yoriy huj-
jatlar.
O‘qish
– yozilgan matn bilan tanishish, uni tushunish va 
o‘zlashtirishga qaratilgan nutqiy faoliyatning bir turi bo‘lib, shaxs-
lararo kommunikativ faoliyat sohasiga daxldor. O‘qish muloqot 
shakl
 
laridan biridir. O‘qish til o‘rganish jarayonining asosi hisob-
lanib, matnda shakllar yordamida ifodalangan ma’lumotlarni 
o‘zlashtirish ko‘nikmasini shakllantiradi. Bu, o‘z navbatida, inson 
faoliyatining har qanday turida tildan erkin va samarali foydalanish 
imkoniyatini beradi
147
.
Psixologik adabiyotlarda «o‘qish» tushunchasining zamirida 
mutolaa jarayonidagi «o‘qish texnikasi» va «o‘qish asnosida uqish» 
anglashiladi. O‘qish jarayonida o‘qilganlarni tushunish o‘qish 
texnikasi bilan bog‘liq holda maqsad va manbani anglatadi. O‘qish 
inson tafakkurining bir ko‘rinishi sifatida mutolaa jarayonida matn 
mazmuniga xos bo‘lgan elementlarni o‘zaro bir-biri bilan bog‘lagan 
holda mohiyatiga kirish, mazmunni anglash demakdir. Kitobxon 
nafaqat tayyor ma’lumotlarni o‘zlashtiradi, balki o‘qiganlarini o‘z 
tajribasi, bilimi va mavjud ma’lumotlari bilan taqqoslaydi. O‘qish 
asnosida uqishga ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi faktorlar belgilangan:
• 
ma’lum axborotga ega bo‘lish;
• 
matnning kompozitsion tuzulishini ilg‘ash;
• 
matnga xos til xususiyatlarini farqlash;
• 
mantiqiy va emotsional ifodalarni tushunish;
147
Азимов Э. Г., Щукин А. Н. Новый словарь методических терминов и 
понятий (теория и практика обучения языкам). – Москва: «ИКАР», 2009. – С. 
347.


340
341
• 
matndagi ma’lumotlar, uning leksik va grammatik xususiyat-
lari, ifoda uslu
bining o‘quvchi nutq uslubiga, leksik va grammatik 
daraja
siga yaqinligi;
• 
matnni o‘zlash
tirish asnosida o‘quvchi diqqatining uni ang
-
lashga yo‘naltirilganligi;
• 
o‘quvchining individual psixologik xususiyatlari. 
O‘qish quyidagi turlarga ajratiladi: 
a) analitik va sintetik o‘qish (psixologik xususiyatlarga taya
-
nish); 
b) tarjimali va tarjimasiz o‘qish (o‘qilayotgan matnni anglash
-
da ona tilning ishtiroki darajasi); 
v) lug‘at bilan yoki lug‘atsiz o‘qish (o‘quvchilarga yordami 
darajasi oldindan belgilab qo‘yilgan); 
g) individual, frontal, sinfda va uyda o‘qish (o‘quv ishlarini 
tashkil etish shakliga ko‘ra); 
d) ko‘rish, kuzatish, izlanish, tanishuv (ko‘zda tutilgan maqsad
-
ga muvofiqligi va jarayonning borishiga ko‘ra). 
O‘qishning barcha turlari o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi va 
hamisha bir-birini to‘ldirib boradi. Nutq faoliyatining bu turidan 
foydalanilganda o‘quvchilarning o‘qishdan maqsadini anglashi bu 
jarayonning muhim shartlaridan biri sanaladi. 
O‘qish ta’lim bilan bog‘langanda topshiriqlar o‘qishdan ol-
dingi va o‘qishdan keyingi ish turlariga ajratiladi. Ta’limda o‘qish 
mutolaa texnikasini o‘zlashtirish (harflar, so‘z, so‘z birikmalari, 
jumlalar va ularning tovush turlariga e’tibor nazarda tutiladi) va 
to‘g‘ri o‘qish, ya’ni tajribali kitobxon tarbiyalashni nazarda tutadi. 
Tajribali kitob
 
xon bilan tajribasiz kitobxon o‘qish asnosida har 
xil jihatlari bilan ajralib turadi. Tajribasi kam kitobxon sekin va 
bir xil tezlikda o‘qiydi. Bu hol o‘qilgan materialning anglanishiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sekin o‘qish o‘qilganlarni aytib berishga 
tenglashtiriladi. Ko‘pincha diqqat matnning mohiyatiga emas, 
uning shakliga qaratiladi. Tajri
 
bali o‘qirmanda maqsad o‘qish tez-
ligi va matn mazmuni hisoblanadi. O‘qilgan narsaning mohiyatiga 
kirish va uni o‘zlashtirish bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. 
Tez o‘qiganda ko‘zlarning fiksatsiyasi uncha katta bo‘lmaydi. Tez 
o‘qilganda diqqat matnning mazmuniga qaratiladi.
Metodika ilmida o‘qishning: 


Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish