O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

 
dasi nozikligi, muallif tilining injaligini ham kuzatsin, sezsin. 
Ada
 
biyot darslarida, asar tahlili mobaynida shunday narsalarga 
e’tiborli bo‘lgan o‘quvchi ijod jarayoni bo‘lmish insho bitishda 
ham o‘ylanadi, izlanadi, bilganlaridan foydalanadi. Bola shularni 
tuysa, ma’naviyati to‘kisroq shakllanadi. Zero, o‘quvchilarda dun
-
yoqarash shakllanishi ayni shu yoshga to‘g‘ri keladi. 
O‘quvchi yozgan ishlarning mazmunli bo‘lishida asarning 
qaysi o‘rinlari muvaffaqiyatli chiqqanini bilishi muhim ahamiyat 
kasb etadi. Ularda bunday topqirlikni shakllantirish va rivojlantirish 
o‘qituvchining burchi hisoblanadi. Bunga «Asarni o‘qishdan tuy
-
ganlarim», «Asardagi menga eng yoqqan jihatlar» singari mavzu-
larda insho yozdirishi bilan erishish mumkin. O‘quvchilar inshoda 
kitobdan, o‘qituvchi ma’ruzalaridan olgan bilimlarini mustaqil ra-
vishda amaliyotda qo‘llashi ham mumkin. Bu bilimlar o‘quvchiga 
yo‘nalish berib, fikrlarini tizimga solishga ko‘maklashadi. Aks 
holda, bunday insho to‘la mustaqil fikrlash mahsuli bo‘la olmay
-
di. O‘zi kashf qilish boshqa, o‘zgalarning yo‘nalishi bilan fikr 
yuritish boshqa, albatta. Lekin o‘zgalar bergan yo‘nalish asosida 
bo‘lsa-da, fikrlay boshlagan o‘quvchi ma’lum vaqt o‘tgach, albatta, 
mustaqil fikrlashga o‘tadi. Mustaqil ish muallifi unda o‘z fikrini 
ifodalashi yoki o‘zgalarning aytganlariga qo‘shilish-qo‘shilmasligi 
sabablarini izohlashi kerak. Biror fikrni yoqlash yoki inkor etish 
ham mustaqil tafakkurni talab qiladi. O‘quvchi o‘z fikrlarini ifo
-
dalashni, ularga ishlov berishni bilishi, o‘qituvchi esa darslik yoki 
qo‘llanmalardan olingan qolipdagi ishni emas, aynan inshoni, ijod 
mahsulini tekshirishi kerak. Yomon baho bilan yoniq ruhlarni 
so‘ndirish emas, balki o‘quvchilarni ijodga undash yo‘llarini topish 
lozim. O‘quvchilarning inshoda bildirgan fikrlarini hurmat qilish, 
yozma ishlardagi biror tasvirni e’tiborsiz qoldirish mumkin emas. 


337
Muvaffa
qiyatli chiqqan fikr va xulosalarni ko‘rsatish, noto‘g‘ri 
ifodalar haqida jiddiy mulohazalar aytish, ular
 
ning o‘rinsizligiga 
o‘quvchilarni ishontirish zarur. 
Asar ustida ishlayotgan o‘quvchilarga so‘zga ehtiyotkorlik 
bilan yondashishni o‘rgatish kerak. O‘smirlar yozuvchining badiiy 
so‘zi chin mo‘jiza ekanini tushunishi, his qilishi zarur. Muallif 
qo‘llagan so‘z tagida qanday fikr mavjudligiga e’tibor berishni 
o‘rgatish ada
 
biyot o‘qituvchisining burchidir. Uni qiynayotgan 
narsalarni o‘zgalarni ham qiynaydigan tarzda ifodalashga, unda 
tug‘ilgan fikr
 
ni boshqa bir kishiga ta’sir qiladigan yo‘sinda bayon 
eta bilishga o‘quvchini undash lozim. Shunda o‘quvchilar etyud, 
kichikroq hikoya, she’r yoki insholarida o‘zini bezovta qilayotgan 
tuyg‘ularni o‘zgalarga ham yuqadigan tarzda ifodalashga harakat 
qilishadi. Shu tariqa so‘zning qudrati, ijodning mashaqqat va 
lazzatini his qiladilar. Adabiyot o‘quvchini odamlar dunyosiga olib 
kiradi, unda shu olamga mansublik jihatlarini kuchaytiradi. Bu, 
o‘z navbatida, unga o‘zligini anglatadi. O‘quvchi ijod jarayonida 
hayotda mavjud narsani o‘zi uchun o‘zi qayta kashf etishi va buning 
lazzatini tuyishi kerak. Yuksak tuyg‘ularni his qilish gashtini 
hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Inson omadsizliklar, 
mag‘lubiyatlar, iztiroblar ketidan erishilgan kashfiyot, g‘alaba 
lazzatini tuyib ko‘rishi kerak. O‘quvchilarning uyg‘onishi, ruhiy 
muvozanatdan chiqishi, ixtiyoriy ravishda ham aqliy, ham ruhiy 
zo‘riqishi yaxshi darsning muhim belgisidir. 
Adabiy-ijodiy mavzulardagi insholar bilan bir qatorda be-
vosita o‘quvchi shaxsiga qaratilgan erkin insholar ham yozdirili
-
shi kerak. Bu insholar bolalarning yosh xususiyati va badiiy didiga 
mos kelsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, «O‘rtog‘imning 
tavsifi», «Men suygan suyukli» singari mavzulardagi ishlar sir 
saqlanishi kerak. O‘quvchining o‘qituvchiga ishonchi ham uning 
ijodidagi samimiylikka garovdir. Chinakam fikr mustaqilligi, ta
-
fakkur yetukligi, mulohazalarning samimiyligi hayot, badiiy so‘z 
hamda san’at hodisalarini chuqur tahlil qila bilishda ko‘rinadi. 
Tafakkur mustaqilligining bunday darajasiga o‘quvchilar oldiga 
murakkab masalalar qo‘yish bilan, asta-sekin erishiladi. Hech qan
-
day fikrning yo‘qligidan, noto‘g‘ri bo‘lsa-da, fikrning bori ma’qul. 
Yo‘q narsani yaratishdan ko‘ra, borining yo‘nalishi yoki shaklini, 
mazmunini o‘zgartirish osonroq.


338
339

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish