315
8. Ko‘rgazma darsi.
Bunday darslarda o‘quvchilar
ilgaridan
berilgan vazifalar bo‘yicha albom, referat yoki o‘zlari tayyorlagan
mahsulot, materiallardan ko‘rgazmalar tayyorlaydilar. Ko‘rgazma
materiallaridan foydalangan holda o‘tilgan mavzu mazmuni yoritila-
di. Ko‘rgazma darsi o‘quvchilarda o‘z mehnatini namoyish qilish,
hikoya qila bilish va emotsional holatlarini boshqarish ko‘nikmasini
shakllantiradi.
9. Ma’ruza darsi.
O‘qituvchi ma’ruza tayyorlash uchun bir
necha mavzuni o‘quvchilarga taqsimlab beradi. Muhim o‘rinlarni
ko‘chirma qilish, kerak joylarga ko‘rgazmalar,
kartochkalar tay-
yorlashni topshiradi. Tayyor bo‘lgan o‘quvchi o‘z mavzusi yuza
-
sidan ma’ruza qiladi. Qolgan o‘quvchilar ma’ruzachiga savollar
berishadi. Ma’ruza darslarida o‘quvchi hajmi katta materialni qisqa
muddatda o‘rganish, o‘zlashtirish, bayon qilish va uni mustahkam-
lash ko‘nikmasini egallab boradi.
10. Muxbirlar darsi.
Bunday darslarda mavzuni o‘lkashunoslik
materiallari bilan bog‘lab o‘tish yaxshi samara beradi. O‘quvchi-
muxbir uy vazifalarini yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilarga o‘zining
mavzusiga mos
savollar berib, javob oladi hamda muxbir sifatida
javoblarni sinfdoshlari bilan birgalikda tahlil qilib, yutuq-kam-
chiliklarini ko‘rsatadi. Bunday vazifalar jurnalist bo‘lishni orzu
qilgan o‘quvchilarga topshirilsa, u bor mahoratini ishga soladi.
Bu kabi darslarda o‘quvchida ijodkorlik, tashabbuskorlik xislatlari
uyg‘onadi. Matbuot konferensiyasi darslari uchun bir hafta-o‘n kun
avval o‘quvchilar ikki guruhga taqsimlanadi. Ularning taxminan 30
foyizi adabiyotshunoslar, yozuvchi va shoirlar, ya’ni so‘z bilan ish
-
laydigan mutaxassislar, qolganlari esa respublika miqyosida chop
etiladigan gazeta va jurnallarning muxbirlari etib
tayinlanishi mum-
kin. Albatta, bu jarayonda barcha soha «mutaxassis»lari o‘z kasb
-
larini o‘zlari tanlaydilar. Muxbirlar o‘z nashrlarining yo‘nalishini
ham yaxshi o‘zlashtirib olishlari taqozo etiladi. Har qaysi gazeta
yoki jurnal muxbirining matbuot konferensiyasida beradigan
savollari o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan tuziladi. Tayyorlana
-
digan savollar muhokama qilinayotgan
muammoni har tomonlama
qamrab olishi lozimligi nazarda tutiladi. Barcha sohalarning mu
-
taxassislari o‘zi tanlagan sohaning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganib
chiqishi lozim ekanligi tayinlanadi. Ya’ni adabiyotshunoslar o‘z
316
317
sohasidagi muammolarni, yozuvchi,
shoirlar ijod jarayoni va
uning o‘ziga xos tomonlarini, har bir gazeta yoki jurnalning muxbi-
ri o‘z nashri talablarini o‘zlashtirib olishi ta’kidlanadi. Bu
jarayon
o‘qituvchi bilan hamkor
likda amalga oshiriladi.
Adabiyotshunoslar ham, yozuvchi,
shoirlar ham, muxbirlar
ham o‘z rollari, savollari va javoblarini bir-birlariga bildirmagan
holda o‘qituvchi bilan muhokama qiladilar. Har ikkala taraf ham
mutaxassislar bilan muloqotga kirishish uchun yetarli darajaga
erishganlaridan so‘ng matbuot darsi amalga oshiriladi. Qatnashchi
-
larning savollari va javoblarning mantig‘iga, pishiqligi
va asoslan-
ganligiga qarab bilimlar baholanadi.
11. Ssenariyli dars.
Ta’lim amaliyotiga kirib kelgan bu dars
turi ham o‘quvchilarni bevosita ijodga undashi bilan ahamiyatli
-
dir. O‘rganilgan asarlar matni yuzasidan ssenariy tuzish − o‘ziga
xos ijod jarayoni. O‘qituvchi avval o‘quvchilarga asar mazmuni
yuzasidan ssenariy tuzish yo‘llarini o‘rgatadi. Keyingi darsda
o‘quvchilar tomonidan tuzilgan ssenariylarning xususiyatlari tahlil
qilinadi. Bu jarayonda o‘quvchilar mustaqil fikrlash va ijod qilish
-
ga yo‘naltiriladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: