O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol va topshiriqlar:
1. Butun adabiy ta’lim va mazkur o‘quv qo‘llanma mazmunan 
asoslangan: «
O‘quvchi ma’naviy kamolotining asosi bo‘lgan tafak-
kur va faoliyatdagi mustaqillik
» degan tushunchaning mohiyatiga 
kiring. Shu vaqtgacha o‘rganganlaringizga asoslanib bu g‘oyani 
tahlilga torting. Qarashlaringizni asoslang.
2. Matnda shunday fikr bor: «
Uy vazifalari bajarilishidagi eng 
muhim shart unda dars va darslikdagi haqiqatlarning takrorlan-
maslik kerakligidir
». Siz buni qanday tushunasiz? Butun maktab 
hayotingizda ham, o‘rta maxsus ta’limi davrida ham, hatto oliy 
ta’limdagi faoliyatingizda ham uy vazifalarini bajarishingiz shun-
day qarashga asoslanganmi, yo‘qmi? Fikringizni dalillang. Qola
-
versa, nima deb o‘ylaysiz, bunday uy vazifalarini qanday tashkil 
etish mumkin? Shu haqda ham o‘ylab ko‘ring. 
3. Mavzu mazmunidan uy vazifasining zimmasiga ortiladigan 
mas’uliyat bilan bog‘liq fikrlarni alohida ko‘chirib yozing. Ular-
ning mohiyatiga kiring, tahlilga torting, munosabat bildiring.
4. O‘quvchilarning uy vazifalarini qanday tashkil etish bora
-
sidagi jamiki fikrlarni alohida ko‘chirib yozing. Ularni o‘rganing 
va tahlilga torting. Munosabatingizni o‘rtoqlashing. 
5. Uy vazifasini so‘rash bilan bog‘liq quyidagi fikrga diqqat 
qiling: «
Har safar, uy vazifasini so‘rashda o‘quvchilarning oldiga 
taqqoslash va umumlashtirishga undash uchun qo‘yilgan savollar 
ularning aqlini zo‘riqtiradi
». Sizningcha, o‘quvchini «
taqqoslash va 


291
umumlashtirishga undash»
ga yo‘naltiradigan savol va topshiriqlar 
qanday bo‘ladi? Qarashlaringizni biror badiiy asar misolida dalil
-
lang.
6. Uy vazifasini so‘rash bilan bog‘liq jamiki fikrlarni ajrating. 
Ularni izohlang. Munosabat bildiring.
7. «
O‘qituvchi qanchalik bilimdon, saviyasi ne qadar baland 
bo‘lsa, tarbiyalagan o‘quvchilarini ham o‘zining darajasida yuqo-
rilatib boraveradi
» tarzidagi hukm-xulosaga diqqat qiling. Mam-
lakatning, millatning ertasi sizning shaxsingiz, mahoratingiz bilan 
ne qadar bog‘liq ekani haqida o‘ylab ko‘ring. Qanoatlaringizni 
ovoz chiqarib e’tirof qiling, agar bunga jur’atingiz yetmasa, ada-
biyot daf
 
taringizga yozib qo‘ying. Amaliy faoliyatingizda kerak 
bo‘ladi.
8. O‘quvchilarga uy vazifalari berish borasida o‘qituvchilarga 
xos bo‘lgan umumiy illatlarni ajrating. Ularni bartaraf qilish 
yo‘llarini tavsiya eting. Mazkur fojea-muammoni birgalikda muho-
kamaga torting.
9. O‘quvchida siz o‘qituvchi sifatida shakllantirishingiz lozim 
bo‘lgan «shaxslik sifatlar» haqida o‘ylab ko‘ring. Ularni, nomma-
nom sanang va qayd eting. Sanalgan fazilatlarning o‘z «men»ingizda 
qanchalik mavjudligi haqida o‘qituvchilik mas’uliyati bilan fikr 
yuriting. 
10. O‘quvchilarga uyda o‘qish uchun beriladigan vazifalarning 
alohida xususiyatlarini ajrating va muhokamaga torting. Muhim va 
nomuhimlarini belgilang. Munosabat bildiring.
11. Adabiy ta’limning boshlang‘ich bosqichida o‘qilgan asar
-
lar yuzasidan berilaigan uy vazifalarining qaysi biridan yuqori sinf-
larda ham foydalanish mumkin deb o‘ylaysiz? Fikringizni nimlar 
bilan asoslaysiz?
12. Suratlar bilan ishlash borasidagi uy vazifalariga qo‘yiladigan 
talablarga diqqat qiling. O‘quvchilarga bunday topshiriqlar be
-
rish uchun o‘zingiz suratlarni o‘qish borasida ma’lum bilimga ega 
bo‘lishingiz kerakligini ta’kidlash shartmasdir!? O‘qituvchingizga 
metodika darslarida suratlar bilan ishlash mashg‘ulotlarini taklif 
qiling. Birgalikda o‘zingizda tasviriy san’at namunalarini o‘qish 
ko‘nikmasini shakllantirib boring.
13. Istalgan mavzuda uy inshosi yozing. O‘rtoqlaringizning in-
shosini bir o‘qituv
chi sifatida tekshiring. Xulosalaringizni, xato va 
kamchiliklarni muhokama qiling.


292
293

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish