O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan


Yod olish uchun beriladigan uy vazifalari



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Yod olish uchun beriladigan uy vazifalari
ning nomi va soni 
adabiyot dasturida va darsliklarda aniq ko‘rsatilgan. Pedagogika 
il mida bir darsda yod olish uchun beriladigan uy vazifalari 
1-sinfda to‘rtdan sakkiz qatorgacha; 2-sinfda sakkizdan o‘ntagacha; 
3 – 4-sinfl arda 16 satrgacha; 5-sinfda 16 – 18; 6-sinfda 20 – 22; 
7-sinfda 22 – 24; 8-sinfda 24 – 26; 9-sinfda 28 – 30 misra atrofida 
bo‘lishi tavsiya etilgan. Biror asarning to‘liq matni yoki asardan 
parcha yod olishni uy vazifasi sifatida topshirishdan avval uning 
mazmuni o‘quvchilar tomonidan yaxshilab tushunib olinishiga 
erishiladi. Asarni yod olish
 
dan oldin u darsda sharhlab o‘rganilishi, 
she’r matni o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lishi shart. Asarning 
yoddan, ifodali o‘qilishi darajasi uning qanchalik anglashilganligini 
ko‘rsatadi. Adabiy ta’lim davlat standarti talabi bo‘yicha yod 
olinishi lozim bo‘lgan asarlarni barcha o‘quvchilar yod olishlari 
shart. Lekin dasturda ham o‘quvchilar yodlashlari uchun ma’lum 
miqdorda qo‘shimcha o‘quv materiallari taqdim etilgan. Ularni 
yod bilish darsliklardagi she’rlar yuzasidan taqdim etilgan savol-
topshiriqlar ustida ishlashni osonlashtiradi. Dasturda va darslikda 
yod olish talab qilingan barcha she’riy asarlarni o‘quvchilarning 
hammasidan birday talab qilish ham unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu 
o‘rinda o‘quvchilarning xohish-istak va imkoniyatlarini inobatga 
olish kerak.
Suratlar bilan ishlash bo‘yicha uy vazifalari
. Boshlang‘ich 
sinflarda asar matni yuzasidan chizilgan suratlar ustida ishlash 
topshirig‘i ko‘proq uchraydi. Bunday suratlar o‘quvchilarga asar 
qahramonlarini tiniqroq tasavvur qilishga ko‘maklashadi. Lekin 
bugungi ta’lim amaliyotida, o‘qish darslarida rasmlar ustida ish-
lash juda no‘noqlik bilan tashkil etilgan. O‘qituvchilar rasmlardagi 
faqat yuzaki jihatlarni ochishni talab qiladilar. Chunki boshqa
-
cha o‘qishni o‘zlari ham bilmaydilar. Ularga oliy maktabda bu 
o‘rgatilmagan. 


286
287
Asar matni yuzasidan ishlangan suratlar ustida ishlash 
o‘quvchilar ma’naviy kamolotiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Suratlar bilan ishlash bo‘yicha berilgan uy vazifalarida 
ranglarning o‘rni, ularning surat uchun umumiy ahamiyati, o‘zaro 
mutanosibligi, nega aynan shu rangning qo‘llanilganligi, suratda 
yoritilgan narsalarning o‘rni, ularning umumiy tasvirga ta’siri 
bilan bog‘liq vazifalar topshiriladi. Sinflar yuqorilab borgan 
sari suratlar ustida ishlash bilan bog‘lab berilgan uy vazifalarida 
rasmdagi shaxslarning yuz ifodasi, yuzidagi, ko‘zlaridagi, turishi 
yoki holatidagi ifodalar tahliliga, har birini tasvirlashda qo‘llangan 
ranglarga o‘quvchilarning e’tibori tortiladi. 
Bu o‘quvchida rangni his qilish, undan ta’sirlanish, tasvirni, 
rang
 
lardagi musiqiylikni o‘qish mahoratini shakllantiradi. Uy vazi-
fasini bajarishda suratda ifodalangan har bir predmetni ajratish, 
uning rasmdagi vazifasini izohlash, rasmda tasvirlangan hodisa-
ning boshi yoki oxirini o‘ylab topish, hikoyalab berish, kabi top-
shiriqlar hikoya bayonida fikrdan fikrga o‘rinsiz sakrab ketmaslik 
ko‘nikmasini shakl
 
lantiradi. Olamni, odamni ranglar ko‘magida 
baholashga o‘rgatadi. Qahramonning ko‘zlari, yuz ifodasi, holati 
tahlili o‘quvchini suvrat va siyratni farqlashga odatlantiradi.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish