O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan


Asar matni ustida ishlash uchun beriladigan uy vazifalari



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Asar matni ustida ishlash uchun beriladigan uy vazifalari.
Insonning fe’lu atvorini zo‘rlik bilan o‘zgartirish mumkin emas. 
Odamlar tomonidan yaratilgan qoidalar, tartiblar, qonunlar inson-
ning tabiiy xususiyatlariga mos tushsagina ular tarbiyalanuvchiga 
«yuqishi» mumkin. Shundoq ekan, o‘quvchini maktabning tartib-
qoidalariga emas, ta’lim-tarbiya jarayonini o‘quvchiga moslashti
-
rish kerak. Ya’ni, darslar, uy vazifalari ta’limning har bosqichida 
har bir o‘quvchi qobiliyati, iqtidori, qiziqish va imkoniyatlariga 
asoslangan holda, imkon qadar individuallashtirilgan tarzda amal-
ga oshirilishi lozim. O‘quvchining intensiv rivojlanishini nazarda 
tutgan holda unga adabiy ta’limning barcha bosqichida, har dars
-
da uyda ishlash uchun topshiriqlar berilishi, bola uyda har kuni 
sinfdagidek ishlashi kerak. Uy ishlarining qiyinlarini osonlari bilan 
va aksincha, almashtirib turish muhim ahamiyat kasb etadi. Tinim
-
siz qiyin topshiriqlarni berish o‘quvchilarni zo‘riqtirgani singari, 
uzluksiz oson vazifalar ham ularni uy ishlariga yengil qarashga 
o‘rgatib qo‘yadi. Uy vazifalarini bajarish uchun ajratiladigan vaqt 
ta’limning har bosqichida o‘quvchining yoshi, ruhiy va jismoniy 
xususiyatlari hamda imkoniyatlariga asoslangan holda aniqlanadi. 
Uyga beriladigan topshiriqlarning umumiy hajmi, turli shakl
-
larda, barcha o‘quv fanlari misolida umumiy tarzda: boshlang‘ich 


284
285
sinflarning quyi bosqichlarida taxminan yarim soatgacha, yuqori 
bosqichlarida 40 – 45 daqiqa; 5-sinflarda 1 soat – 1soat 15 daqi-
qa atrofida; 6 – 7-sinflarda 1soat 15 daqiqadan 1,5 soatgacha; 8 
– 9-sinf
 
larda 1,5 soatdan 2 soatgacha bo‘lmog‘i nazarda tutiladi. 
Bunday vaqt oralig‘iga mo‘ljallangan uy ishlari maktabdagi barcha 
o‘quv fanlari bo‘yicha og‘zaki bajariladigan ishlar, o‘qish uchun 
topshiriqlar hamda yozma ishlar bilan almashtirib turiladi.
Adabiy ta’limning boshlang‘ich bosqichida o‘qilgan asarlar 
yuzasidan uy vazifasi sifatida: 

sinfda o‘tilgan mavzuni uyda qayta o‘qish; 

o‘qiganlarining rejasini tuzish va reja asosida qayta ijodiy 
hikoyalash; 

asar yuzasidan uning matnini takrorlashga emas, mustaqil 
mulohaza yuritib, o‘z fikrini aytishga undovchi mantiqli savollar 
tu
 
zish va ularga javob berish; 

sinfdan tashqari o‘qiladigan asarlar ustida ishlash uchun 
topshiriqlar berish; 

mustaqil ishlar; 

lug‘at bilan ishlash; 

yozma va og‘zaki insho; 

matnni bo‘laklarga ajratish va ularning mazmuniga mos sar-
lavha topish; 

asar matni qismlari bo‘yicha sarlavhalar tavsiya etib, mav-
jud matnni shu sarlavhalarga mos tarzda bo‘laklarga bo‘lishni talab 
qi
 
lish; 

har bir bo‘lakning rejasini tuzish va shu reja asosida gapi
-
rishga tayyorlanish; 

ertak, topishmoq, she’r, tush va hikoyalar to‘qish; 

asarlar matni yuzasidan tayyorlangan suratlar ustida ishlash; 

matn yuzasidan berilgan savol-topshiriqlar bo‘yicha og‘zaki 
va yozma ishlar berish mumkin. 
Bunday topshiriqlarni sinfda va uyda almashtirib bajarish ham 
o‘quvchining tafakkuri hamda faoliyati mustaqilligini ta’minlaydi. 
Ma’naviyatini boyitadi.
Uyga yozma ishlar berilgan kunlarda og‘zaki topshiriq yoki 
o‘qish uchun vazifalar berilmaydi. Adabiyotdan uy vazifalari be
-
rishda o‘quvchilarning intellektual imkoniyatlaridan kelib chiqqan 
holda ularning boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha yuklamalari bilan 


285
ham hisoblashish talab qilinadi. Adabiyot darslarini boshqa hamma 
o‘quv fanlaridan ustun qo‘ygan, faqat o‘z sohasi bo‘yicha barcha 
o‘quvchilarni ko‘proq ishlatishni niyat qilgan o‘qituvchi qattiq ada
-
shadi. Sinfdagi badiiy so‘zga qiziqishi va iqtidori bor o‘quvchilarga 
ularning qiziqishlarini qondiradigan, ehtiyojlarini to‘yintiradigan 
topshiriqlarni ko‘proq berish mumkin. Qolganlarga dastur talablari 
asosida bilim berish va DTS talablari doirasida bilimlarini nazorat 
qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish