O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan


Uyda o‘qish uchun beriladigan topshiriqlar



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Uyda o‘qish uchun beriladigan topshiriqlar.
Maktab 
hayotining hamma bosqichida darslik o‘quvchi uchun zarur va 
asosiy qo‘llanma hisoblanadi. Yuqori sinflarda adabiyot kursini 
o‘rganishda o‘quvchilarning o‘qishi, ularning badiiy asar yoki asar 
haqidagi maqolalar ustida ishlashini tashkil etish uchun o‘qituvchi 
ta’limning quyi bosqichlaridagi shunday faoliyat bilan bog‘liq 
uy vazifalariga ko‘proq e’tibor qaratishi kerak bo‘ladi. Bunday 
topshiriqlar darslikdagi adabiy matn mazmunini uyda, mustaqil 
ravishda o‘zlashtirib olishga, badiiy so‘z mohiyatiga kirishga 
ko‘maklashadi. 
Darslik bilan ishlash bo‘yicha uy vazifalarining taxminiy 
me’yori boshlang‘ich sinflarda 10 – 15 daqiqa, 5 – 7-sinflarda 15 
– 20 daqiqa, 8 – 11-sinflarda 25 – 30 daqiqani tashkil etadi. Faqat 
bunday topshiriqlar sinf, vaziyat va alohida o‘quvchilar uchun mos 
bo‘lishi, har bir o‘quvchining intellektual imkoniyatlari doirasida 
berilishi, shu bilan birga, topshiriqlarning bir xilligi hamda bir biri-
ni takrorlashidan qochish kerak. 
Ular: savollarga javob berish, matnning ma’lum bo‘limi re-
jasini tuzish, o‘qilgan matn yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish, 
o‘qituvchining savollari, qo‘yilajak muammolar ustida ishlashga 
tayyorgarlik, asar matni asosida tezislar yaratish, sinfda taqdim 
etilgan reja asosida matndan materiallar ajratish va hk. shakllarda 
bo‘lishi mumkin. Uyga beriladigan topshiriqlarning barchasi ada-
biy ta’limning bosh maqsadi asosida tashkil etilishi lozim.
Adabiy ta’lim bo‘yicha sinfda o‘rganilishi lozim bo‘lgan 
asarlar dastur va darsliklarda o‘quvchining y
oshi, intellektual im-
koniyatlari inobatga olingan holda taqdim etiladi. Ko‘rsatilgan 
asarlarni o‘rganish uchun vaqt ham o‘quv rejasi asosida bel
-
gilangan, ular
 
ning talqini ham adabiy ta’limning bosh maqsa-
diga yo‘naltirilgan tarzda dasturda o‘z ifodasini topgan. Lekin 
adabiyot darsida dasturda taqdim etilgan barcha asarlarning 
to‘liq matnini o‘qish imkoni bo‘lmaydi. O‘qituvchi darsliklar
-


280
281
dan o‘rin olgan asarlarning to‘liq matnini yozda o‘qish uchun 
topshirishdan avval ularni darsda to‘liq o‘rganish imkoniyati 
yo‘qligini, darslikda taqdim etilgan parchalar asosida asarning 
mohiyatiga hamisha ham chuqur kirib bo‘lmasligini o‘quvchilarga 
anglatmog‘i maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchilar 5-sinfda 
O‘. Hoshimovning «Dunyoning ishlari», Andersen ertaklari, 
N. Dumbadze hikoyalari va O‘. Umarbekov «maktublar»idan; 
6-sinf da X. To‘xtaboyevning «Sariq devni minib», Ch. Aytmato-
vning «Oq kema» asari, J. Rodari ertaklari, J. Sviftning «Gullivern
-
ing sarguzashtlari», Z. A’lamning «Afandining qirq bir pashshasi», 
T. Murodning «Yulduzlar mangu yonadi», G‘. G‘ulomning «Shum 
bola» asarlarini, Said Ahmad hikoyalari; 7-sinfda «Ravshan» 
dostoni, A. Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romani, Sh. Xol
-
mirzayev, A. Qahhor hiko yalarini; 8-sinfda Oybekning «Navoiy» 
romani, Shayxzodaning «Mirzo Ulug‘bek» tragediyasi, A. Mux-
torning «Chinor» romani, Said Ahmadning «Ufq» trilogiyasi,
Sh. Boshbekovning «Temir xotin» komediyasi, R. Thokurning 
«Nur va soyalar», Firdavsiyning «Shohnoma» asarlarini; 9-sinfda 
«Alpomish» dostoni, A. Qodiriyning «O‘tgan kunlar», Oybekning 
«Qutlug‘ qon», O.Yoqubovning «Ulug‘bek xazinasi» romanlarini, 
Ch. Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» asarini yozda sinfdan 
tashqari o‘qish uchun topshirishlari mumkin. 
Navoiyning «Xamsa»si, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u 
bilig»i singari asarlarni, Muqimiy, Furqat, Fitrat, Cho‘lpon she’rlari, 
Hamzaning «Maysaraning ishi», «Boy ila xizmatchi» dramalarini, 
Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romani, O.Yoqubov qissalari va 
hk.lar tavsiya etiladi.
Shunda o‘quvchilar maktabga sinfda o‘rganiladigan asarlar 
haqi
 
da yoki uni yozgan muallifning ijodi va uslubi haqida ma’lum 
darajada tasavvur hamda tushunchaga ega bo‘lgan holda keladilar. 
Yirik asarlarning o‘quvchilar tomonidan oldindan o‘qib chiqilishi 
nafaqat ularning o‘quv yili davomidagi vaqtini tejaydi, balki 
o‘qituvchining ish faoliyati uchun ham katta qulaylik tug‘diradi. 
O‘quvchilar tomoni
 
dan avval o‘qilgan asar matniga tayanib 
darslikdagi parchaning kengroq tahliliga erkin kirishish mumkin 
bo‘ladi. Asar matni yuzasidan suhbatlar tashkil etishda darslikda 
bo‘lmagan, lekin o‘quvchilarga tanish bo‘lgan lavha asarning 
o‘zidan ham olinishi mumkin. Bu ham, o‘z navbatida, o‘quvchilarga 


281
asardagi fikrlarni, haqiqatlarni to‘laroq anglash imkonini beradi. 
Shunday asarlar borki, ularni o‘quvchilar o‘qituvchining yordamisiz 
o‘zlashtirishlari qiyin. Ular hajman uncha katta bo‘lmagan, lekin til 
xususiyati jihatidan murakkab bo‘lgan asarlar – har sinfda taqdim 
etiladigan o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari hisoblanadi. 
G‘azallarni bevosita o‘qituvchining o‘zi ifodali o‘qib berishi 
kerak. Ularning badiiy tahlili o‘qituvchi va o‘quvchilarning birga
-
likdagi faoliyati asosida amalga oshiriladi. Sinfda asarlar sharhi 
ha qida bilim va tasavvurga ega bo‘lgan o‘quvchiga uy vazifasi 
sifatida boshqa g‘azallarni lug‘at yordamida sharhlab o‘rganishni 
tavsiya etish mumkin bo‘ladi. Buni ham hamma o‘quvchidan bir-
day talab qilish metodik jihatdan uncha to‘g‘ri bo‘lmaydi.
O‘quvchilarning uyda o‘qishlari uchun beriladigan vazifalar
-
ga, ayniqsa ular mumtoz adabiyot bilan bog‘liq bo‘lganda, juda 
ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Mumtoz asarlar nafaqat 
tili bilan, balki yaratilish davri, aks ettirilgan ijtimoiy muhiti bi-
lan ham bugungi o‘quvchidan ancha yiroq. Lekin qiyin deb ularni 
o‘rganmaslik yoki ularni bugungi o‘quvchi saviyasi darajasiga 
moslashtirish, jo‘nlashtirish ham noto‘g‘ri. Ya’ni darslarda asar-
larning tabdili bilan ishlash yoki uy vazifasini tabdillar asosida 
bajarish o‘quvchini chalg‘itadi. O‘quvchiga ularni anglatish uchun 
bolada mumtoz ma’naviyat namunalariga muhabbat hissini shakl-
lantira bilish lozim. 
Bobolar so‘ziga ichki ehtiyojsiz, muhabbatsiz ularning bi
-
tiklarini o‘rganib bo‘lmaydi. Buning uchun so‘zning mohiyatiga 
kirish kerak. Mohiyatga kirishda obzor mavzular o‘quvchiga 
ma’lum darajada ko‘maklashadi. Obzor mavzularni o‘rganishga 
monografik mav zularni o‘rganishga qo‘yilgan talablar bilan yon
-
dashib bo‘lmaydi, albatta. Ular darsliklarga o‘quvchilar tarixiy 
ma’lumotlardan, asarlarning yozilgan davri, xalqning o‘sha davrda-
gi turmush tarzi, madaniy-ma’rifiy hayotidan xabardor bo‘lishlari 
uchun kiritiladi. 
O‘quvchilarning uyda o‘qishlari uchun beriladigan topshiriq
-
lar, birinchi navbatda, dasturdagi o‘quv materiallarini o‘quvchilar 
chuqurroq, kengroq o‘zlashtirishlarini nazarda tutadi. O‘quv yili
-
ning oxirida o‘quvchilarga yozda o‘qish uchun topshiriq berila-
yotganda dastur doirasiga kiradigan, u yoki bu adibning ijod 
yo‘lini, uslubini aniqroq bilishga imkon beradigan asarlar tavsiya 


282
283
etiladi. Ular shunchaki sinfdan tashqari o‘qish uchun material 
emasligi, topshiriqning o‘z nazariy, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati 
borligi, bu faoliyatning amaliy ahamiyati nimalardan iborat ekani 
o‘quvchilarga yetkaziladi. Bunday paytlarda o‘quvchilar quyi sinfda 
o‘rgangan asarlari ham qamrab olinishi mumkin. O‘quvchining av
-
val o‘qigan asarlarini oradan ma’lum vaqt o‘tgach qayta o‘qiganda 
olgan taassurotlari avvalgilari bilan taqqoslanib, ular haqida ham 
alohida suhbatlashish mumkin. Bu ham o‘quvchining ma’naviy 
kamolotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunday asarlar bo‘yicha 
o‘quvchilarning umumiy tarzda asar mavzusi, undagi yetakchi fikr-
larni bilishi, asar qahramonlariga tavsif bera olishi kifoya. 
Asar matni ustida ishlaganda undagi qahramonlarga indi-
vidual, qiyosiy va guruhiy tavsiflar berish vazifasi umumiy o‘rta 
ta’limning 5-sinfidan boshlanadi. Sinflar yuqorilab borgani sari 
o‘quvchilar tomonidan bajariladigan ishlarning mazmuni bilan 
birga fikrlar bayonining tizimliligi, mantig‘i va mustaqillik darajasi 
hisobga olinib, baholanadi. Har bir fikrni asoslash uchun asardan 
keltirilgan misollar va iqtiboslar o‘quvchining faollik, ziyraklik va 
bilimlilik darajasini ko‘rsatadi. Asar qahramonlariga tavsif berishda 
o‘quvchidan avval timsolning yetakchi xususiyatlarini ajratib olish 
talab qilinadi. So‘ng uning boshqa timsollar bilan aloqasi, bog‘liq 
tomonlarini ko‘rsatish so‘raladi. Qahramon tabiatidagi jihatlar-
ning voqealar rivojiga ta’siri, oqibatning sabablari aniqlanadi. Qah-
ramonga xos bo‘lgan individual va tipik xususiyatlarni aniqlash, 
uning xatti-harakatlarini tahlil qi lish, berilgan tavsifni matndan 
misollar keltirib asoslash o‘quvchida puxta ishlash ko‘nikmasini 
shakllantiradi.
Yuqori sinf o‘quvchilariga timsolni tahlil qilishni uy vazifasi 
qilib topshirishdan oldin darsda ular bilan birgalikda qahramon-
ning shaxsi, dunyoqarashi, asardagi o‘rni aniqlanib, uning hayot-
ga, jamiyatga, odamlarga munosabati belgilab olinadi. Bunday uy 
vazifalarining darsdagi tahlili har bir o‘quvchining aniq o‘z xulo
-
sasi bilan yakunlanishi kerak. Shundan so‘ng berilgan uy vazifalari 
timsollar ning yashirin qirralariga, qahramon xatti-harakati tahli-
liga, oqibatlarning sabablarini aniqlashga, qahramon tushib qolgan 
qiyin vaziyatlarning yechimiga, tuyg‘ular sharhiga qaratiladi. 
Adabiy ta’limda uyda o‘qish uchun beriladigan topshiriqlar 
darslikdagi o‘quv materiallari bilan cheklanib qolmasligi kerak. 


283
Uyda o‘qish uchun beriladigan asarlar boshlang‘ich maktabning 3 
– 4-sinf o‘quvchisi uchun bir yilda 12 – 14ta kitobni tashkil qiladi. 
Yuqori sinflarda bir yilda o‘qilishi lozim bo‘lgan adabiyotlar soni 
tahminan: 5-sinfda 13 – 15ta, 6-sinfda 15 – 18ta, 7-sinfda 19 – 
22ta, 8-sinfda 22 – 25ta, 9-sinfda 25 – 30tagacha taklif etiladi. Bu 
raqamlar sirasiga darslikda parcha berilgan asarlarni ham kiritish 
mumkin. O‘qituvchi taxminan bir oyda ikki marta sinfdan tashqari 
o‘qilgan asarlar ustida ishlash uchun (ayrim asarlarni o‘rganishdan 
chegirilgan soatlar hisobidan) vaqt topa bilishi kerak. Bunday 
darslarda o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida asarlarni tahlil qiladi
-
lar, ularga taqriz beradilar, munosabat bildiradilar va asarlar haqi-
dagi fikrlarini uning matniga tayanib asoslaydilar. Bunday darslar
-
ga ota-onalarni ham taklif qilish katta samara beradi. O‘qituvchi 
sinfdan tashqari o‘qish uchun darslikda parcha berilgan asarlarni 
to‘liq o‘qishni tavsiya etishi, ayrim qo‘shimcha asarlardan bob
-
lar o‘qib o‘quvchilarni qiziqtirib olishi va shu asnoda ularni uyda 
o‘qishga berishi mumkin. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish