230
231
etmoqda, u – ko‘z oldida yotgan yaqin kishisiga yordam berish-
dan ojiz. Ammo u – tirik va hayot haqida, ertangi kun to‘g‘risida
o‘ylashga majbur. Shu bois savat to‘qish ko‘ngliga sig‘adi.
Shu o‘rinda hikoyadagi «
oftobshuvoqda
» ifodasiga o‘quvchilar
bee’tibor bo‘lmasliklari kerak. Hikoyaga ayni shu so‘z nima uchun
kiritilgan? Bu so‘zning asardagi voqealarga nima daxli bor? Nega
-
ki, odam ko‘klamda uydagi qishki rutubatlardan qochib, oftobshu
-
voqqa chiqqisi keladi. Ayni vaqtda, ko‘klamda kasalliklar, ayniqsa,
xuruj qiladi. Bahorgi oftobning nozik nurlaridan kishi ko‘nglidagi
og‘riqlarga, qishki toliqishga davo istaydi. Sotiboldi ham o‘zi ang-
lab-anglamay ishini oftobshuvoqda qilishi tabiiy hol.
Qizchaning holati tasvirlangan satrlarni o‘quvchilarga qayta
o‘qitish kerak. Ular shu jarayonni, imkon qadar,
aniq tasavvur
qilsinlar. Pashshaning g‘ing‘illashi bilan bemorning inqillashi
o‘rtasidagi mutanosiblik bilan gadoy va uning tovushidagi
monandlik asar ohangini vujudga keltirishda qanday o‘rin tutganligi
o‘quvchilar tomonidan aniqlansa, g‘oyat foydali bo‘lardi. Hikoya-
ning umumiy ohangi, ruhini anglamay turib, qahramonlar ruhiyatini
payqash mumkin emas. Chunki asl badiiy asar – buzilmas yaxlitlik.
O‘quvchilar e’tibori gadoyning aytganlariga ham qaratiladi: shu
jumla zimmasida qanday yuk bor? Odil Yoqubov ayt moqchi
«so‘zga xasis» adib bu lavhani asarga kiritmasligi ham mumkin
edi-ku! Hikoya busiz ham kishi ruhiyatini iztirobga soladi-ku!
O‘quvchilar bemor har ingraganda «
Sotiboldi chakkasiga burov
solingan kishiday
»
azob tortib, talvasaga tushishi sabablari haqida
o‘ylab ko‘rishsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Nega shunday
bo‘layotir? Shunda ular Sotiboldining holatini bir darajada his
qilishlari mumkin. Sotiboldining qo‘shni kampirni chaqirishdan
maqsadi nima edi? Uning qo‘lidan jo‘yaliroq bir ish kelmasligini
Sotiboldi bilmasmidi? Bolalar kampirning xatti-harakatlari
tasvirini kuzatishlari lozim. Uning bemorga, Sotiboldiga bergan
maslahatlariga munosabat bildirilishi zarur. Kampirning boshqacha
maslahat
bera olmasligi, ayni vaqtda, maslahat bermay chiqib
ketishi ham mumkin emasligini o‘quvchilar anglashlari kerak.
Chunki u yaxshi odam, achinganidan yig‘laydi, qo‘lidan shundan
boshqa hech narsa kelmaydi. Hayotdagi odamlarni tushunish badiiy
asar qahramonlarini anglashdan kelib chiqadi.
O‘quvchilar norasida go‘dakning chuchuk tili bilan aytilgan
«
Xudoyo, ayamdi daydiga davo beygin…
» jumlasi asarda qanday
231
vazifani o‘tayotganligi xususida fikr yuritishlari lozim. Ular so‘zlar
ne boisdan bola tilidan berilayotganligini, buning vositasida adib
nimani ifodalayotganligini o‘ylab ko‘rishlari zarur. Buning uchun
shu holat savolga aylantiriladi. Hikoyadagi qo‘shni
kampir timsoli,
qizchaning duosi muallifning o‘z hayotidan olingan kechmishlari
ekanini, ular hikoyaning mohiyatiga mahorat bilan joylashtirilga-
nini o‘quvchilar anglashlariga ko‘maklashish, aytib berish emas,
aynan ko‘maklashish kerak bo‘ladi.
Hikoyada: «
Ko‘ngilga armon bo‘lmasin deb chilyosin ham
qildirishga to‘g‘ri keldi
» tarzida axborot ko‘rinishidagi ifoda bor.
O‘quvchilar ko‘ngildagi armon haqida gapirganda kim nazarda tu
-
tilayoganligi, bu gap bemorgami, Sotiboldigami, qizchasigami te
-
gishli ekanligi haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishlari, shu o‘rinda o‘zbek
ruhiyati namoyon bo‘lgan jihatlar haqida mulohaza qilishlari
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bemorning tetiklangani qay darajada ishonchli, hayotiy
chiqqanini o‘quvchilar ilg‘ay olishiga erishmoq zarur. Haqiqatdan
chilyosindan so‘ng shunday bo‘ldimi yoki buning boshqa sababi
bormi? Chilyosin marosimining ko‘p
hollarda shu tarzda natija
beri shi, dahriylik avj nuqtasiga yetgan zamonlarda bu haqda shu
taxlit yozish jasorat ekanligi borasida ham o‘quvchilarga tushuncha
berish ortiqchalik qilmaydi. Kasal onaning eridan qizchasini
saharlari uyg‘otmasligini so‘rashga undagan sabab nima ekanligini
aniqlash ham o‘quvchilarning e’tiboridan chetda qolmasligi kerak.
Bemorning o‘limi tasvirlangan so‘nggi xatboshi va o‘limdan
bexabar qizchaning duosi bolalar ko‘nglida qanday tuyg‘ular
uyg‘otganligi haqida fikrlashish, hikoyadagi har bir tasviriy ifodaga
munosabat bildirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Hikoya qahramonlarining xatti-harakatlari tasviridan kelib
chiqib: «Sotiboldi tabiatan qanday odam? Abdug‘aniboy yomon
odammi? Kampirning mushtday go‘dakni saharlari uyg‘otishni
maslahat berganiga qanday qaraysiz?» singari har bir perso-
najning shaxsiyatiga xos sifatlar, xarakteriga mos
xususiyatlar va
ularning asarda qay yo‘sin ifoda etilganligi haqida o‘quvchilarni
o‘ylatadigan, munosabat bildirishga majbur etadigan savollar
qo‘yish lozim.
Hikoya tahlili so‘ngida badiiy asar tili haqida nazariy ma’lumot
berish ham ko‘zda tutilgan. Asar boshdan-oxir til mahoratini
232
233
ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lganligi uchun ham ilmiy-nazariy
xulosalar «Bemor» hikoyasi misolida amalga oshirilishi maqsadga
muvofiqdir. Unda kampir nutqining Sotiboldinikidan, qizcha nut-
qining Abdug‘aniboynikidan, boy tilining gadoy nutqidan tamo-
mila farq qilishi natijasida hikoyaning o‘qishliligi ortgani xususida
o‘quvchilar bilan fikrlashish zarur bo‘ladi. Til ruhiyat ko‘zgusi
ekanligi, odamga xos juda ko‘p yashirin jihatlar aynan tilda yorqin
namoyon bo‘lishi misollar asosida isbotlab berilsa, foydali bo‘ladi.
Hikoya tahlilidan so‘ng uy vazifasi sifatida asarni davom et-
tirish vazifasini topshirish mumkin. Asar qahramonlari keyingi
hayotini o‘quvchilar o‘zlaricha
tasavvur qilishlari, qarashlarini
qog‘ozga tushirishlari ularning fikr kishisi bo‘lib shakllanishlariga
ko‘maklashadi.
Xullas, epik asar tahlilida obrazlar tasviri, voqealar rivoji, tili,
unda ko‘tarilgan yetakchi g‘oyalarga e’tibor qaratiladi. Matn maz
-
munidan badiiy hayotiy xulosalar chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: