226
227
ularning hammasini bir xil mulohaza yuritishga undaydigan asar
haqidagi talqini mavjud. O‘qituvchi bu talqinga to‘xtalmagani, hat
-
to, uni bolalarga o‘qishga bermagani ma’qul. Asarni o‘quvchilar
bilan birga tahlil qilib bo‘lingandan so‘ng ular o‘z xulosa va qa-
rashlarini darslik mualliflariniki bilan taqqoslab ko‘rishlari mum
-
kin. O‘qituvchi bu ham ularga o‘xshagan bir kitobxonning fikri
ekani, bu talqin bolalar qarashlari va xulosalarini yo‘qqa chiqarish
uchun asos bo‘lolmasligi, hamma o‘z fikrida qolishi mumkinligi
-
ni ta’kidlashni unutmagani ma’qul. Hikoya tahlilini boshlashdan
oldin asardagi tushunilishi qiyinroq bo‘lgan so‘zlar (Sim,
Devonai
Bahouddin, G‘avsula’zam, izvosh, oq podsho) darstaxtaga yozilib,
izohlanadi: «Sim – Farg‘ona shahrining eski nomi; devonai Ba
-
houddin – Muhammad ibn Muhammad Bahouddin an-Naqshband
al- Buxoriy (xalq orasida xo‘ja Bahouddin balogardon nomi bilan
mashhur) – mashhur avliyo.U Muhammad s.a.v. avlodlariga man
-
sub sayyidzodalardan; G‘avsula’zam – pir; izvosh – ot qo‘shilgan
arava; oq podsho – o‘sha davrdagi Rossiyaning podshosi».
So‘ng o‘quvchilar bilan birgalikda, o‘qituvchi o‘zi
uyda tu-
zib kelgan hamda darslikda berilgan savol-topshiriqlar yordamida
asar tahliliga o‘tiladi. Eng avvalo, badiiy asarning nomiga diqqat
qaratiladi. Uning matn mazmuniga qay darajada mosligi haqida
o‘quvchilar fikri so‘raladi, mulohazalari eshitiladi. Asar mazmu
-
nidan kelib chiqib, hikoyaga boshqacha nom berishni so‘rash ham
mumkin. O‘quvchilar faqat
sarlavha taklif qilib qolmay, asarga
nima uchun shunday nom berayotganini asoslashni so‘rash kerak
bo‘ladi. Ular topgan sarlavhalarga o‘rtoqlari tomonidan munosa-
bat bildirilsa, yana-da yaxshi bo‘ladi. So‘ng epigrafga nazar tash-
lanadi. «Osmon yiroq, yer qattiq» maqolining mazmuni va uning
hikoyaga daxldorlik darajasi so‘raladi. Bundan tashqari, hikoya
matnidagi: «...yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi» maqoliga ham
e’tibor qaratilib, o‘quvchilar uni qanday tushungani, asar matniga
nima maqsadda
kiritilgani, ayni shu maqol bo‘lmasa hikoya nima
yutqizadi-yu, kiritilganda nima yutgani so‘raladi.
Inson hayotida quvonchli va qayg‘uli kunlar mavjud. Ba’zan
odam shodlikdan dunyoga sig‘may ketsa, ba’zida qayg‘u-
g‘amning zo‘ridan dunyo unga tor bo‘lib ketadi. Issiq jon isitma-
siz bo‘lmaganidan, odam turli darajadagi kasalliklarga yo‘liqishi
mumkin. Yana shunday holatlar bo‘ladiki, moddiy tanglik, qo‘li
227
kaltalik ham insonni nochor ahvolga solib qo‘yadi. Bunday ho-
latdan chiqish uchun ba’zan inson yo‘l topolmay qoladi. «Osmon
yiroq, yer qattiq» maqoli xalq tomonidan shunday vaziyatga tushib
qolgan kishilarning holatini ifodalashga xizmat qiladi. O‘quvchilar
shuni anglagan holda o‘z fikrlarini aytishlari mumkin. Asar matni
-
dagi «Yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichga uziladi» maqoli esa uning maz
-
muniga sezilmaydigan darajada yedirib yuborilgan. Bu to‘rttagina
so‘zdan iborat maqol sahifa-sahifa bayonning vazifasini uddalab,
bir dunyo jumlalar ishini umumlashtirib bajarganini o‘quvchilar
bilan birgalikda ishlab ularga yetkazish zarur.
Tahlil jarayonida tarbiyalanuvchilarning
diqqati asar matni
-
dagi ixcham jumlalarga qaratiladi. Bu jumlalar tashigan botiniy
ma’nolar xususida fikr yuritishga harakat qilinadi. Yozuvchi qisqa
jumlalarda g‘oyat lo‘nda va ixcham tarzda ifodalagan fikrni savol
-
larga javob berayotgan yoki fikr bildirayotgan o‘quvchilar nechta
gap bilan bayon etishlariga o‘qituvchi diqqat qilishi, bunga sinfda
-
gi boshqa bolalarning ham e’tiborini tortishi hamda adibning so‘z
qo‘llash mahoratini birgalikda tadqiq etishlari zarur. Hikoya matni-
ga tayangan holda tahlil etilgani, asarga berkitilgan hayotiy,
badiiy
haqiqatlarni bolalar o‘zlari kashf etganlari ma’qul.
O‘quvchilar e’tibori, avvalo, xotini og‘rib qolganda Sotiboldi
ko‘rgan birinchi tadbirga qaratiladi. Mazkur holat hikoyada shun
-
day ifodalangan: «
Do'stlaringiz bilan baham: