Savol va topshiriqlar:
1. Mustaqil ishlarning kundalik yuritish, maktublar bitish sin-
gari turlarining o‘ziga xos jihatlarini internet yoki qo‘shimcha ada
-
biyotlardan toping. Topgan ma’lumotingizni kursdoshlaringiz bi-
lan o‘rtoqlashing.
2. Mustaqil ishlarning har biriga munosib ta’rif toping.
Ta’rifning manbasini kshrsatishni unutmang.
3.
Taniqli metodist S. Matjonovning mustaqil ishlarga
bag‘ishlangan qarashlarini alohida o‘rganib chiqing. Tahlilga tor-
ting. Qarashlaringizni asoslang.
4. Mustaqil o‘qish va sinfdan tashqari o‘qish singari mustaqil
ish turlarini farqlang. Xulosalaringizni asoslang.
5. O‘z ijodingiz namunalari bilan (ijod bilan shug‘ullanadiganlar,
albatta) o‘rtoqlashing. Ijod namunalarini tahlilga torting.
6. «Derazamdagi manzara» mavzusida esse yozing. Har birin-
giz o‘z ishingizni o‘rtoqlaringiz muhokamasiga qo‘ying.
333
ADABIYOT O‘QITISHIDA INSHONING O‘RNI VA UNI
TASHKIL ETISH YO‘LLARI
Reja:
1. Insho o‘q
uvchilarda yozma nutqini takomillashtirish omili.
2. Insho va uning turlari.
3. Inshoga tayyorgarlik jarayonini tashkil etish yo‘llari.
4. Inshoni baholash me’yorlari va tahlil qilish.
Ma’lumki, odam hamisha o‘zining og‘zaki va yozma nutqini
takomillashtirish bilan qiziqib kelgan. Aynan nutqiy imkoniyatlari
orqali inson o‘z ichki olamini namoyon etadi. Adabiyot esa inson
nutqining takomilini ta’minlaydi. Insonning nutqi uning fikrlash ja
-
rayoni va o‘ziga xos jihatlari tizimini namoyish etadi.
O‘qituvchi adabiyot darslarida o‘quvchilarning ijodiy nutqiy
faoliyatini tizimga solish uchun har xil metod va usullardan foyda
-
lanishi mumkin. Adabiyot darslarida nutq o‘stirishning asosiy
yo‘nalishlaridan biri matnning o‘quv tahlili bo‘lib, u har xil nutqiy
vaziyatlarni hosil qilish, dialogik muloqot uchun vaziyat yaratish, ada
-
biy mavzularda monologik nutq turlaridan foydalanishga o‘rgatish
orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilar nutqining rivojlanganligini
tekshirish mezonlari aktiv leksikaga, terminologiyaga, tasviriy
ifodalarga egalik, nutqni mazmunli, ma’lumotlarga boy qilish,
chiqishlarni mantiqiy aniqlik va xulosalarning mustaqilligi bilan
boyitish va hk.lar bilan belgilanadi. O‘quvchilarning yozma va
og‘zaki nutqi darajasi bugungi kunda nafaqat metodik, balki
jamiyat miqyosidagi ijtimoiy muammolardan biri bo‘lib turibdi.
Kommunikativ muloqot ishtirokchilarining ko‘pchiligi o‘z fik
-
rini aniq va ravon ifodalashga, fikrlarini ma’lum bir tizimda bayon
etish qobiliyatiga, ifoda izchilligiga ega emaslar. Buni nafaqat ada-
biyot darslarida, balki ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, bar
-
cha o‘quv fanlari tizimida kuzatish mumkin. Ta’lim amaliyotida,
asosan adabiyot darslarida fikr ifodalashning nozik tomonlari,
uning rang-barangligi va emotsionalligiga erishishga e’tibor qara-
tiladi. Nutq ifodalashda bunday ko‘nikmalarni egallash va og‘zaki
nutqni takomillashtirish suhbat, muhokama, qayta hikoyalash, dia-
loglar, ma’ruzalar asnosida amalga oshiriladi.
334
335
O‘quvchilarni
ng og‘zaki nutqi bilan bog‘liq holda ularning
yozma nutqini rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, yozma nutqning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. U
kommunikativ jarayonda bevosita ishtirok etmaydi. Agar og‘zaki
nutqda jumla yoki so‘zlarning to‘liq ifodalanmasligi, ayrim
qo‘shimchalarning tushirib qoldirilishi, almashinishi singari ho
-
latlar yuz berishi mumkin bo‘lsa, yozma nutqda fikr ifodalashda
mantiqiy izchillik, so‘z va iboralar
ning tizimliligi taqozo etiladi.
O‘quvchi yozma nutqini takomillishtirishning keng tarqalgan usu
-
li turfa janrlardagi va har xil adabiy mav
zularda insho va esselar
yozdirishga undashdir. O‘quvchilarning boshqa turdagi mustaqil
ishlari, yozma bajariladigan uy vazifalari ham o‘quvchilar yozma
nutqining rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Milliy ta’lim tizimiga Botish (Evropa) usullari, rivojlangan
mamlakatlar ta’limi yutuqlari kirib kelishining o‘ziga xos ijobiy
tomonlari mavjuddir. Lekin ta’limni tashkil etishda bizning min-
glab yillik tarixga ega o‘zbeklar ekanligimiz hamisha ko‘zda tu-
tilishi kerak. Chiqish (Sharq)da azal-azaldan ko‘ngil tarbiyasi
ustuvorlik qilib kelgan. Ma’naviy yetuklik baland martabada
bo‘lgan. Bilimlarni o‘zlashtirishga, fanda kashfiyotlar qilishga ruhiy
bezovtalik, ma’naviy kamolotga intilish orqali chiqilgan. Shuning
uchun ham maktablarda, avval badiiy adabiyotni o‘qitish, so‘zdan
ta’sirlanishga o‘rgatish amalga oshirilgan. Ruhiyatni uyg‘otishga
harakat qilingan. Bezovta qalbgina izlanishga qodir ekanini bobo-
lar yaxshi tushunishgan.
Zamonaviy milliy ta’limda sog‘lom ma’naviyatni tarbiyalash
bosh maqsad qilib belgilangani holda amalga oshirilayotgan ish-
lar hozircha yetarli bo‘lmayotir. Botish ta’lim tizimining xususi
-
yatlarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirish emas, ular erishgan yutuqlarning
o‘quvchi milliy xususiyatlari, ruhiy o‘ziga xosligi, real jihatlariga
mos keladigan tomonlarini o‘zlashtirishgina samara berishi mum-
kin. Aks holda, chet el tarbiyashunosligidagi tashqi jihatlargina
o‘zlashtirilib, qilingan harakatlar samarasiz ketadi. O‘quvchining
erkin va mustaqil mulohazasiga asoslanadigan mustaqil yoz-
ma ishlarni o‘quv yilining boshida, badiiy asar tahliliga bir oz
o‘rganilgandan keyin, o‘quv yili o‘rtalarida va oxirida olish bo-
lalarning mustaqil fikrlashini o‘stiradi. Shu bilan birga, ulardagi
fikr m
ustaqiligining o‘sishini nazorat qi
lishga imkon beradi.
335
Sinfda asar mutolaasi davomida o‘quvchilarga insho yozishda
qo‘l keladigan muhim so‘z va iboralarni belgilab borishni o‘rgatish
ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu narsa o‘quvchilarni asarni
o‘qish davomida insho yozishga ruhan tayyorlaydi. Asar matnidagi
muhimni nomuhimdan farqlashga o‘rgatadi. Masalan, «Qodiriy-
ning ijodida men qadrlaydigan jihatlar» mavzusida insho yozdirish
uchun, avvalo, Abdulla Qodiriyning asarini o‘quvchi sevib qola
oladigan darajada tahlil qilish kerak. Asardagi o‘quvchi qalbini
titratadigan o‘rinlarni kashf qildirish kerak. Mana shu kashfiyot,
o‘quvchiga lazzat bag‘ishlagan topildiqlargina adibni kitobxon
-
ga sevdiradi. U yozuvchini asarlarining go‘zal uslubi, ko‘ngilga
borib o‘rnashadigan tuyg‘ular tasviri tufayli sevib qoladi. Bu sevgi
o‘quvchining inshosida o‘z aksini topadi.
Bunday mavzularda ko‘nglida o‘yi, aytar gapi bor
o‘quvchilargina insho yozishlari mumkin. Bu insholar maktabda
o‘rganiladigan shoir yoki yozuvchi ijodiga o‘quvchining chi
-
nakam muhabbatini ko‘rsatadigan, muallifning aqliy va ruhiy ho-
latini kashf etishga bag‘ishlangan, chinakam mustaqil, o‘zgalardan
ko‘chirilmagan ish bo‘ladi. Bunday insho yozishda o‘quvchiga
berilgan erkinlik va imkoniyat uni mustaqil fikrlashga, kechinma
-
larini so‘z bilan ifodalashga odatlantiradi. Bu xil yozma ishlarda
kitobiy so‘z va iboralar
ning bo‘lishi ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchilar
uchun tabiiy hol, albatta. Asosiy e’tiborni o‘quvchining darslik
muallifi yoki o‘qituvchi aytganlarni takrorlamayotganiga qaratish
lozim.
Shuni aytish mumkinki, bugun ham o‘quvchilarning ko‘pchiligi
o‘z fikrini aytishga tortinadi yoki buni istamaydi. Achinarlisi, ular
-
ning ko‘pchiligida aytishga arzigulik fikrning o‘zi yo‘q. Agar mak
-
tab adabiy ta’limi yuqorida tavsiya etilgan yo‘sinda tashkil etilsa,
fikr kishilari ko‘payishi muqarrar. Yuqorida aytilgan usullarda
o‘quvchilar an’anaviy yo‘sindagidan ko‘ra yaxshiroq yozishadi.
Shu tarzda o‘quvchilar matnni qayta hikoyalashdan qutula bora
-
dilar, insholarida o‘z munosabati, tintilishlari, fikr, tuyg‘u va is
-
taklarini ifodalay borishadi. Bevosita o‘quvchi shaxsiga qaratilgan
insholar uni ijod qilishga, o‘ylashga o‘rgatadi.
O‘qituvchining qarashlari, kitob va qo‘llanmalardagi fikrlar
o‘quvchi ishida qo‘llanilishi, tabiiy. Faqat ularning o‘rinli bo‘lishi,
336
337
bolaning qarashlarini asoslashga xizmat qilishi sezilib turishi zarur.
O‘quvchiga bir emas bir nechta parchani taqdim etish kerak, toki
unda o‘ziga yoqqanini, o‘zining darajasiga mos keladiganini tan-
lash imkoni bo‘lsin. Ana shunda har darsda chinakam ijod ruhi
hukmron bo‘ladi.
Adabiyot darslarida o‘quvchini badiiy asarda nima aytilganiga
emas, balki qanday aytilganiga ham diqqat qaratishga o‘rgatish
lozim. U tabiat tasviri go‘zalligi, qahramonlar ichki kechinmalari
ifo
Do'stlaringiz bilan baham: |