dasi nozikligi, muallif tilining injaligini ham kuzatsin, sezsin.
Ada
biyot darslarida, asar tahlili mobaynida shunday narsalarga
e’tiborli bo‘lgan o‘quvchi ijod jarayoni bo‘lmish insho bitishda
ham o‘ylanadi, izlanadi, bilganlaridan foydalanadi. Bola shularni
tuysa, ma’naviyati to‘kisroq shakllanadi. Zero, o‘quvchilarda dun
-
yoqarash shakllanishi ayni shu yoshga to‘g‘ri keladi.
O‘quvchi yozgan ishlarning mazmunli bo‘lishida asarning
qaysi o‘rinlari muvaffaqiyatli chiqqanini bilishi muhim ahamiyat
kasb etadi. Ularda bunday topqirlikni shakllantirish va rivojlantirish
o‘qituvchining burchi hisoblanadi. Bunga «Asarni o‘qishdan tuy
-
ganlarim», «Asardagi menga eng yoqqan jihatlar» singari mavzu-
larda insho yozdirishi bilan erishish mumkin. O‘quvchilar inshoda
kitobdan, o‘qituvchi ma’ruzalaridan olgan bilimlarini mustaqil ra-
vishda amaliyotda qo‘llashi ham mumkin. Bu bilimlar o‘quvchiga
yo‘nalish berib, fikrlarini tizimga solishga ko‘maklashadi. Aks
holda, bunday insho to‘la mustaqil fikrlash mahsuli bo‘la olmay
-
di. O‘zi kashf qilish boshqa, o‘zgalarning yo‘nalishi bilan fikr
yuritish boshqa, albatta. Lekin o‘zgalar bergan yo‘nalish asosida
bo‘lsa-da, fikrlay boshlagan o‘quvchi ma’lum vaqt o‘tgach, albatta,
mustaqil fikrlashga o‘tadi. Mustaqil ish muallifi unda o‘z fikrini
ifodalashi yoki o‘zgalarning aytganlariga qo‘shilish-qo‘shilmasligi
sabablarini izohlashi kerak. Biror fikrni yoqlash yoki inkor etish
ham mustaqil tafakkurni talab qiladi. O‘quvchi o‘z fikrlarini ifo
-
dalashni, ularga ishlov berishni bilishi, o‘qituvchi esa darslik yoki
qo‘llanmalardan olingan qolipdagi ishni emas, aynan inshoni, ijod
mahsulini tekshirishi kerak. Yomon baho bilan yoniq ruhlarni
so‘ndirish emas, balki o‘quvchilarni ijodga undash yo‘llarini topish
lozim. O‘quvchilarning inshoda bildirgan fikrlarini hurmat qilish,
yozma ishlardagi biror tasvirni e’tiborsiz qoldirish mumkin emas.
337
Muvaffa
qiyatli chiqqan fikr va xulosalarni ko‘rsatish, noto‘g‘ri
ifodalar haqida jiddiy mulohazalar aytish, ular
ning o‘rinsizligiga
o‘quvchilarni ishontirish zarur.
Asar ustida ishlayotgan o‘quvchilarga so‘zga ehtiyotkorlik
bilan yondashishni o‘rgatish kerak. O‘smirlar yozuvchining badiiy
so‘zi chin mo‘jiza ekanini tushunishi, his qilishi zarur. Muallif
qo‘llagan so‘z tagida qanday fikr mavjudligiga e’tibor berishni
o‘rgatish ada
biyot o‘qituvchisining burchidir. Uni qiynayotgan
narsalarni o‘zgalarni ham qiynaydigan tarzda ifodalashga, unda
tug‘ilgan fikr
ni boshqa bir kishiga ta’sir qiladigan yo‘sinda bayon
eta bilishga o‘quvchini undash lozim. Shunda o‘quvchilar etyud,
kichikroq hikoya, she’r yoki insholarida o‘zini bezovta qilayotgan
tuyg‘ularni o‘zgalarga ham yuqadigan tarzda ifodalashga harakat
qilishadi. Shu tariqa so‘zning qudrati, ijodning mashaqqat va
lazzatini his qiladilar. Adabiyot o‘quvchini odamlar dunyosiga olib
kiradi, unda shu olamga mansublik jihatlarini kuchaytiradi. Bu,
o‘z navbatida, unga o‘zligini anglatadi. O‘quvchi ijod jarayonida
hayotda mavjud narsani o‘zi uchun o‘zi qayta kashf etishi va buning
lazzatini tuyishi kerak. Yuksak tuyg‘ularni his qilish gashtini
hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Inson omadsizliklar,
mag‘lubiyatlar, iztiroblar ketidan erishilgan kashfiyot, g‘alaba
lazzatini tuyib ko‘rishi kerak. O‘quvchilarning uyg‘onishi, ruhiy
muvozanatdan chiqishi, ixtiyoriy ravishda ham aqliy, ham ruhiy
zo‘riqishi yaxshi darsning muhim belgisidir.
Adabiy-ijodiy mavzulardagi insholar bilan bir qatorda be-
vosita o‘quvchi shaxsiga qaratilgan erkin insholar ham yozdirili
-
shi kerak. Bu insholar bolalarning yosh xususiyati va badiiy didiga
mos kelsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, «O‘rtog‘imning
tavsifi», «Men suygan suyukli» singari mavzulardagi ishlar sir
saqlanishi kerak. O‘quvchining o‘qituvchiga ishonchi ham uning
ijodidagi samimiylikka garovdir. Chinakam fikr mustaqilligi, ta
-
fakkur yetukligi, mulohazalarning samimiyligi hayot, badiiy so‘z
hamda san’at hodisalarini chuqur tahlil qila bilishda ko‘rinadi.
Tafakkur mustaqilligining bunday darajasiga o‘quvchilar oldiga
murakkab masalalar qo‘yish bilan, asta-sekin erishiladi. Hech qan
-
day fikrning yo‘qligidan, noto‘g‘ri bo‘lsa-da, fikrning bori ma’qul.
Yo‘q narsani yaratishdan ko‘ra, borining yo‘nalishi yoki shaklini,
mazmunini o‘zgartirish osonroq.
338
339
Do'stlaringiz bilan baham: |