343
mohiyatiga chuqur kirib uni o‘zlashtirib
olish emas, balki uni
umumiy tarzda ilg‘ab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘qish
turi ham o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari va sinfda o‘qituvchi
bilan birgalikda muhokama qilish uchun tavsiya etiladi. Shu
maqsad asosida o‘qilgan asarning muhokamasi, u bilan bog‘liq
yozma ishlar uyushtiriladi va bir qator turlari mavjud
148
.
Bundan tashqari, ta’lim amaliyotida, o‘qitish tizimining qaysi
bosqichida bo‘lishidan qat’i nazar o‘qish jarayoniga u yoki bu da
-
rajada daxldor bo‘lgan darsdan tashqari ishlar ham mavjud:
–
ayrim yozuvchi va shoirlar, olimlar bilan uchrashuvlarga
bag‘ishlangan adabiy kechalar, bayram tadbirlari va hk.lardir.
Bunday tadbirlar: ommaviy tartibdagi ishlar: kitoblar ko‘rgazmasi;
san’at asarlari ko‘rgazmasi, fotolavhalar, til bayramlari, til oyligi
va h.k;
– ommaviy tanlovlar: ifodali o‘qish, viktorinalar (topqirlar
bahsi), chaynvord, boshqotirmalar ko‘rgazmasi.
– ommaviy tadbirlar: karnaval, festival, forum, xalq sayillari,
ommaviy sayohatlar, madaniy
yurishlar, ziyoratlar, hasharlar, xalq
o‘yinlari.
– guruhiy tadbirlar: to‘garaklar, klublar, folklorchilar jami
-
yati, jurnalistlar jamiyati, tarjimonlar to‘garagi, o‘lkashunoslar
uyushmasi. Yakka tartibdagi tadbirlar: fan olimpiadalari, tanlovlar,
musobaqalar, sust o‘zlashtiradigan o‘quvchilar bilan ishlash
149
va
hk.
Bularga qo‘shimcha ravishda devoriy gazetalar chop etish,
ertaklar olamiga sayohat, badiiy
asarlarni sahnalashtirish, og‘zaki
jurnal, intermediya, latifachilik, filmlar muhokamasi, «O‘yla, izla,
top» o‘yinlari
150
ham o‘quvchilarning kitob o‘qishlariga ma’lum
darajada turtki beradigan tadbirlardir.
O‘quvchilarga darsdan tashqari o‘qish uchun tavsiya etiladi
-
gan asarlarning hajmi haqida adabiyot o‘qitish metodikasida turli-
148
Азимов Э. Г., Щукин А. Н. Новый словарь методических терминов и по
-
нятий (теория и практика обучения языкам). – Москва: «ИКАР», 2009. – С. 345
– 347.
149
Muhammadjonova G. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda rusiyzabon
o‘quvchilarning o‘zbekcha nutqini o‘stirish metodikasi (5 – 9-sinflar misolida). Ped.
fan.nom.diss. avtoref. – T.: 2003. 20 – 24-b.
150
O‘sha asar, 22-b.
344
345
cha fikr
lar bor. L. A. Sheymanning tavsiyasiga ko‘ra, II – IV sin-
flarda 5 – 20 bet (II sinfda 5 – 10, III sinfda 10 – 15, IV sinfda 15
– 20); V – VII sinflarda 20 – 70 bet (V sinfda 20 – 30, VI sinfda 30
– 45, VII sinfda 45 – 70); VIII – X sinflarda 70 – 150 (VIII sinfda
70 – 90, IX sinfda 90
– 120)
151
. Muallifning e’tirof etishicha, bular
me’yoriy ko‘rsatkichlar emas, balki chamalardir. Umuman, uyda
kamida bir soat mobaynida biror kitobni o‘qish inson ma’naviy ka-
molotida muhim ahamiyat kasb etadi. Uzluksizlik har kuni o‘qish
orqali ta’minlanadi. Shu
ningdek, masalaning boshqa
qirrasi ham
bor: hajmi kattaroq parchalarning dastlabkisida so‘z o‘rganishga
e’tibor ko‘proq qaratilsa, ke
yingilarida takror ishlatilish xususi-
yatiga ko‘ra avvalgi leksika jadal o‘zlashadi, notanish so‘zlar esa
kamayib boradi. Natijada asta-sekin matnlar ham hajman kattala-
shadi. Albatta, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari
mutolaa qiladigan o‘quv fanlari ko‘p. Biz
ningcha, haftada 2 – 3
kun bir soatdan o‘qish bilan shug‘ullanilsa, shuning o‘zi
kifoya
qiladi. Bunda dastlab asarni o‘qib, lug‘atdan foydalanib mazmunini
tushunishga erishish bilan bog‘liq ishlar bajariladi. So‘ngra savol
va topshiriqlar ustida ish olib boriladi. «
Do'stlaringiz bilan baham: