345
mak, kitobxonlik – o‘qilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, bal-
ki u tushunib o‘qish, ya’ni maqsadli o‘qishdir
»
154
, –
deydi metodist
S. Matjonov.
Insonning ma’naviy to‘kislik sari intilishi – tabiiy jarayon.
Shu tabiiy taraqqiyotga tayangan holda fuqarolari erkinligini
ta’minlash, xalqining ham moddiy, ham ma’naviy to‘kisligiga
erishish har qan
day mamlakatning kuchli bo‘lishi garovidir. Shu
ma’noda, mamlakat ta’lim-tarbiya tizimida ham pedagogik tafak-
kur sharoiti yangilandi, o‘z qarashiga ega bo‘lgan, e’tiqodi sog‘lom
fuqaroni shakl
lantirish yo‘lida ish olib borilmoqda. Ya’ni inson
ma’naviyatining sog‘lomlashuviga, uning yaxshi sifatlar bilan
to‘yinishiga birlamchi yumush sifatida yondashish ustuvor ahami
-
yat kasb eta boshladi.
O‘quv-tarbiya amaliyotida ham, garchi juda sekin bo‘lsa-da,
o‘zgarishlar sodir bo‘layotir. Ta’lim kechimi insoniylashdi, maz
-
muni insonparvarlashdi. O‘qitish jarayoni oliy maktabga kiruvchi
abituriyent yoki bo‘lajak mutaxassis tayyorlashdan barkamol shaxs
shakllantirishdek, sog‘lom ma’naviyatli odamni tarbiyalashday
keng qamrovli maqsadga yo‘naltirildi. Tarbiyalanuvchilar o‘zgalar
tomonidan o‘qitilishi kerak bo‘lgan ta’lim obyektidan o‘qitish va
tarbiyalash kechimida o‘zi bevosita faol ishtirok etadigan subyekt
darajasiga ko‘tarilmoqda. Ya’ni tarbiyalanuvchi xuddi o‘qituvchi
singari dars jarayonining ijrochisiga aylanib bormoqda.
Ma’lumki, ma’naviy barkamollik insonda qaror
topgan ijti-
moiy tafakkurga tayanadi. Har bir insonning ijtimoiylashuvi, jami-
yatga aralashuvi, birinchi navbatda, oila bag‘rida, uyda yuz beradi.
Bu jarayonning badiiy asarlar ko‘magida olib borilishi juda ko‘p
va xo‘p samara beradi. Chunki badiiy asar kishining tafakkuri bilan
birga sezimlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Tafakkur yordamida bilib
olingan tushuncha va haqiqatlar tuyg‘ular yordamida shaxsning ta
-
biatiga singdirilib, e’tiqodga evrilishi mumkin. Shuning uchun ham
har bir shaxsning ijtimoiylashuvida badiiy adabiyot hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi.
Xalqning fikrini uyg‘otish, ko‘zini ochish, atrof olam, jamiyat
va o‘zi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishdan
tashqari, ommani faoliyatga
undash, harakatga da’vat etish kabi ijtimoiy-siyosiy funksiyalar ning
barcha sini adabiyot amalga
oshirishi mumkin. Hamma zamonlarda
154
Safo Matjon. Kitob o‘qishni bilasizmi? – T.: O‘qituvchi, 1993. 26-bet.
346
347
ham badiiy asarda ijtimoiy munosabatlar, turmush muammolari,
ro‘zg‘oriy yumushlar ham aks ettiriladi. Negaki,
odam ijtimoiy
mohiyatga ega va ijtimoiylashgandagina o‘zini namoyon eta oladi-
gan yaratiq sifatida shunday munosabatlar qurshovida bo‘lishga,
binobarin, adabiyot ham insonni shunday muammo-munosabatlar
og‘ushida tasvirlashga mahkum. Har qanday katta-kichik hayotiy
muammoga inson ko‘ngil holatini anglatish,
uning ruhiyati tovlan-
ishlarini tasvirlash vositasi sifatida qaralsa, adabiyotning asl tabiatini
anglash mumkin bo‘ladi.
Keyingi paytlarda ziyolilar orasida «yoshlar kitob o‘qimay
qo‘ydi» degan fikr hukumronlik qilib qoldi. Buning o‘ziga yarasha
asoslari ham bor, albatta. Ya’ni bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdan
ikkinchisiga o‘tish asnosida nafaqat mamlakat siyosiy-ijtimoiy
hayotida, balki fuqarolar ma’naviyatida ham keskin o‘zgarishlar
sodir bo‘ldi.
Mustaqil ong, yangicha tafakkur tizimi shakllanib
ulgurmay jamiyat ahli ruhiyatida ma’lum bo‘shliq yuzaga kelib
qoldi. Qolaversa, mamlakatda imloning o‘zgarishi ham bu
jarayonga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Shu sabab millat
ma’naviy taraqqi yotida kamida o‘n yillarga kechikish sodir bo‘ldi.
Yana shuni ham tan olish kerakki, kechagi jamiyatda ham hamma
kitob o‘qiyvermagan. O‘qiydigan oilalarda, garchi ular kam bo‘lsa-
da, hamisha o‘qilgan, o‘qilyapti, o‘qiladi.
Bolalarni ko‘rkam asar o‘qishga
qiziqtirish, badiiy so‘zni tu-
yish, undan ta’sirlanish va zavq ola bilishga yo‘naltirish ularning
ko‘ngillarini injalashtiradi, tabiatini tozalaydi. Ko‘pchilik ota-
onalar, ta’lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar,
hatto millat ziyolilari yosh avlodda badiiy kitob o‘qishga bo‘lgan
qiziqishni saqlab qolish va uni yana-da rivojlantirish yo‘lida
qayg‘urmoqda.
Badiiy asar qog‘oz-kitob ko‘rinishida bo‘ladimi, elektron
shakl da o‘qiladimi, bundan qat’i nazar uning beradigan ma’naviy
ozuqasi o‘zgarmaydi. Ayonki, kichik yoshdagi har qanday bolaning
ruhiyati da ertak eshitishga moyillik bor. Sog‘lom fikrli ota-onaning
bolasi kelajagi uchun qayg‘urib Eynshteynning: «Bolangiz yaxshi
odam bo‘lishini istasangiz kitob o‘qib bering. Bolangiz yana-da
yaxshiroq odam bo‘lishini istasangiz, yana-da ko‘proq kitob o‘qib
bering», – degan maslahatiga amal qilgan holda har kuni uxlash-
dan oldin unga ertak o‘qib berishi bolada
kitobga muhabbat hissini
uyg‘otishdagi dastlabki qadami bo‘ladi.
347
Xullas, yosh avlod ma’naviy takomilini ta’minlashda kitob-
dan oqilona foydalanish, buni to‘g‘ri tashkil eta bilish esa oilada
ota-onaning, ta’lim muassasalarida tarbiyachi va o‘qituvchilarning
burchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: