O„qish 4 Texnologik xaritalardan o„qish darslarida foydalanish



Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/305
Sana26.02.2022
Hajmi4,62 Mb.
#468935
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   305
Bog'liq
4 sinf oqish yangi konspekt

Darsning borishi: 
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. Davomatni aniqlash. 


167 
O‗quvchilarning darsga hozirligini tekshirish. 
Fasl haqida suhbat o‗tkazish. 
II. Uy vazifasini so„rash va o„tilgan mavzuni mustahkamlash. 
O‗quvchilar Rahim Bekniyozning «Mo‗jiza» hikoyasini «O‗zaro tekshiruv» 
usulida o‗qiydilar. Bunda o‗quvchilar juftliklarda bir-birlariga navbat bilan 
hikoyaning o‗zlari xohlagan bir qismini o‗qib beradilar. Shundan so‗ng o‗qituvchi 
ulardan juftiga qo‗ygan bahoni so‗raydi. Ular qo‗ygan baholarini qisqacha izohi 
bilan aytadilar.
O‗tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o‗quvchilar hikoya mazmunini 
shaxsini o‗zgartirgan holda muallif nomidan so‗zlab beradilar . 
III. Yangi mavzuni tushuntirish. 
«Rebus»o„yini 
O‗quvchilarning topqirlik, ziyraklik kabi 
xislatlarini 
shakllantirish, 
mantiqiy 
fikrlash 
qobiliyatlarini 
rivojlantirish 
maqsadida 
rebus 
yechiladi. Bunda o‗quvchilarga rasmdan keyin 
turgan vergullar shu so‗zdan nechta harfni olib 
tashlash, «s=sh» kabi yozuv esa «s» harfi o‗rniga 
«sh» harfi o‗qilishi lozimligi haqida eslatma beriladi.
-
Aziz o‗quvchilar, hozir biz siz bilan «Rebus»o‗yinini o‗ynaymiz. Agar siz 
bu rebusni to‗g‗ri yechsangiz, bugungi darsimiz mavzusini bilib olasiz.
Yangi mavzu e‘lon qilinadi.
«Xatarli uchrashuv». (Pirimqul Qodirov).
O‗qituvchi hikoya muallifi Pirimqul Qodirov haqida qisqacha ma‘lumot 
beradi. 

Pirimqul Qodirov 1928-yil 25-oktabrda Turkiston tizma togʻi 
etagidagi Kengqoʻl qishlogʻida tugʻildi. 1951-yildan Oʻrta Osiyo 
Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) sharqshunoslik fakultetini va 
1954-yili Moskvadagi Adabiyot institutining aspiranturasini bitirgan. 
Filologiya fanlari nomzodi. Birinchi kitobi — «Studentlar» 1950-
yilda chop etilgan. 1958-yilda yozilgan «Uch ildiz» romani 1959-yilda Moskvada 
rus tilida chop etildi.
Yozuvchi tugʻilgan togʻli qishloq hayoti «Qora koʻzlar» (1966) romanida aks 
ettirilgan. 
Pirimqul 
Qodirov «Qadrim» (1963), «Erk» (1969), «Meros» (1975) 
qissalari, «Olmos kamar»(1977) romani muallifi. Xalqning tarixiy xotirasini 
uygʻotadigan «Yulduzli tunlar» (1978), «Avlodlar dovoni» (1988), «Ona lochin 
vidosi» (2001) nomli tarixiy romanlarni chop ettirdi. Bobur haqidagi roman oʻzbek 
tilida 6 marta, rus tilida 5 marta katta nusxada chop etildi. U hind, urdu, bengal, 
turk, qozoq, uygʻur, turkman tillariga oʻgirilgan. Olim Pirimqul Qodirov «Til va 
dil» (1973), «Xalq tili va realistik proza» (1974) singari ilmiy,  «Oʻylar»  (1971), 
 «Qalb gavhari» (2001) badia kitoblar muallifi. Pirimqul Qodirov L. Tolstoyning
«Kazaklar» qissasi, K. Fedinning «Ilk sevinchlar», X.Deryaevning «Qismat»  
romanini oʻzbekchaga tarjima qilgan. Pirimqul Qodirov 1990—2000-yillarda 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining fan, taʼlim va madaniyat qoʻmitasining 


168 
raisi, rais oʻrinbosari vazifasida faoliyat koʻrsatdi. 1988-yilda Pirimqul 
Qodirovga «Oʻzbekiston 
xalq 
yozuvchisi» unvoni, 
1998-yilda «El-yurt 
hurmati» ordeni berildi. Pirimqul Qodirov 2010-yil 20-dekabrda vafot etdi. 
O‗qituvchi o‗quvchilarga savollar bilan murojaat etadi: 
- Qanday yovvoyi hayvonlarni bilasiz? 
Turli yovvoyi hayvonlarning suratlari ko‗rsatiladi. 
- Bo‗rilar haqida nimalarni bilasiz? 
Hikoya mazmuniga mos animatsiyanamoyish qilinadi va kadr ortidan
matn o‗qiladi. 
Hikoyada uchragan notanish so‗zlar yuzasidan lugʻat ishi o‗tkaziladi. 

Download 4,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish